Galvaninik va kimyoviy qoplamlar




Download 320 Kb.
bet11/29
Sana24.03.2017
Hajmi320 Kb.
#2059
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29
2.6.Galvaninik va kimyoviy qoplamlar.

Galvanik usulda olinadigan qoplamalar asosan metallarni korroziyadan himoya qilish uchun qo’llaniladi.Galvanik qoplamalar himoyalash ta’siriga ko’ra anodli yoki katodli qoplamalar bo’lishi mumkin. Katodli galvanik qoplamalar asosiy qoplanadigan metllga nisbatan musbat potensialga, anodli esa manfiy potensialga ega bo’ladi.Masalan; Fe ga nisbatan Cu,Ni,Ag qoplamalar katodli, Zn,Cd, qoplamalari esa anodli hisoblanadi.

Katodli qoplamalar shikastlanganda anodda asosiy metal korroziyasi boshlanadi,anodli qoplamalar o’zi yemirilib asosiy metallni korroziyadan saqlaydi.

Galvanik qoplamalar xromlangan, nikellangan, ruxlangan, kadmiylangan, mislangan, oksidlangan va kombinasiyalashgan usullarda olingan qoplamalarga bo’linadi.

Xromli qoplamalar yuqori kattalikga, korroziyabardoshlik, yemirilishga qarshi xususiyatlarga ega. Xromli qoplamalardan sutsimon usulda olingan korrozion-mexanik shikastlanishlarning oldini olish uchun qo’llaniladi.

Kadmiyli qoplamalar himoya-dekorativ xususiyatlarga ega, Cr li va Zn li qoplamalar birgalikda kombinasiyalashgan usullarda qo’llaniladi.

Oksidli qoplamalar alyuminidan tayyorlangan buyumlarni korroziyadan saqlash uchun ishlatiladi.Shuningdek ketma-ket yoki bir vaqtning o’zida har xil metallar bilan singdirib olingan galvanik qoplamalar ham yuqori darajadagi korroziyadan saqlash xususiyatlarga ega.

Kimyoviy qoplamalar galvanic qoplamalardan farq qilib , tashqi kublanish qo’llanilmasdan , suyuq ishqoriy va kislotali muhitlarda detallarni bitirish yuli bilan olinadi. Kimyoviy qoplamalarning nikelli, oksidli va fosfotli turlari mavjud. Kimyoviy nikelli yoki nikel-fosforli qoplamlar har xil murakkab shakildagi detallarning korroziya bardoshliligini oshirish uchun ishlatiladi .Ayniqsa alyuminiy qotishmalarining elektrokimyoviy korroziyada korroziya bardoshliligi bu usulda yanada oshadi . Kimyoviy oksidli qoplamalarni olish ishqorli va kislotali muhitlarda olib boriladi.Bir vaqtning o’zida elektroizolyasiya va korroziyaga chidamlik zarur bo’gan detallar sirtini qoplash uchun qo’llaniladi .

Po’lat, chuyan , alyuminiy qotishmalari , rux va magniylardan tayyorlanadigan detallarini atmosfera, benzin va kerosin muhitlarda korroziadan saqlash uchun ularning srtlari fosfotli qoplamlar bilan qoplanadi. Kimyoviy qoplamlarning ustidan lakbo’yoq qpolamalarning qo’llanilishi sirtning korroziyasiga chidamliligini yanada oshiradi.

Galvanik va kimyoviy qoplamalarni olish usullari, har xil tuzlar , ishqorlar va kislotalar ishlatilganligi uchun , galvanic jihozlarning ,o’zining korroziyaga uchrashiga sabab bo’ladi va bu usulda ishlov berishda zaruriy mehnat muxofazalari va ekologik e’tiborini talab qiladi. Hozirgi paytda galvanik usulda olingan qoplamalarga nisbatan ustun bo’lgan diffusion qoplamalar olish usullari ishlab chiqilmoqda .



Download 320 Kb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29




Download 320 Kb.