• Kolpoq“ tipidagi pech
  • Elevator tipidagi pech
  • - rasmda quyidagi belgilanishlar qo‘llanilgan




    Download 46,62 Kb.
    bet3/8
    Sana09.12.2023
    Hajmi46,62 Kb.
    #114483
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Navoiy davlat konchilik instituti energo-mexanika fakulteti elek-fayllar.org

    2 - rasmda quyidagi belgilanishlar qo‘llanilgan:
    1 - maxsulot o‘rnatiladigan stend;
    2 - pech kamerasi;
    3 - yuqori haroratga chidamli mufel ;
    4 - qizdiruvchi elementlar;
    5 - qizdirilayotgan mahsulot;
    6 - pechning pastga tushiriladigan tubi;
    7 - ko‘taruvchi qurilma;
    8 - pech qopqog‘i.
    Kolpoq“ tipidagi pech - futerovkalangan (yuqori haroratga chidamli) va qo‘zg‘almas stendga qizdiriluvchi mahsulot o‘rnatilgan bo‘lib, ustidan avval o‘tga chidamli mufel o‘rnatilib, so‘ngra mahsulotni qizdirish uchun mo‘ljallangan kizitish elementi bilan ta’minlangan “qolpoq“ o‘rnatiladi.Kizitish elementlari qolpoqning ichki yon devorlariga o‘rnatilgan. kizitish elementlari elektr energiyasi manbasiga egiluvchan kabel va shtepsel ajratgichlari yordamida ulanadi. Mahsulot va “qolpoq” ko‘tarish kranlari yordamida stendga yuklanadi va tushiriladi. Issiqlik energiyasidan foydalanish effektivligi va ishlab chiqaruvchanligini oshirish maqsadida mahsulotga issiqlik ishlovi berish uchun bitta “qolpoq“ dan foydalaniladi (birinchi stenddagi mahsulot qizdirib bo‘lingach, “qolpoq“ kran yordamida ikkinchi va so‘ngra uchinchi stendga olib o‘rnatiladi, bunda mahsulotni sovutish jarayoni mufel ichida davom ettiriladi va oqibatda bor yo‘g‘i mufel va qolpoqda yig‘ilgan va 10 - 15 % ni tashkil qilgan miqdordagi issiqlik energiyasi yo‘qolishiga erishiladi). Bunday Elektr karshilik pechlarining ishchi harorati 350 oS dan 1250 oS gachani tashkil etadi. Misol uchun, 1,5x2,0x6,0 m kattalikdagi va massasi 100 tonna bo‘lgan mahsulotni qizdirish pechining quvvati 570 kVt ni tashkil etsa, bundan 500 kVt “qolpoq” quvvatini 70 kVt stend quvvatini tashkil etadi.

    Elevator tipidagi pech tubi ochiq qo‘zg‘almas kamera va pastga tushiriladigan qismga (tubga) ega. Kamera silindr yoki to‘rtburchak shaklga ega bo‘lib, 3-4 m balandlikka ega bo‘lgan ustunlarga o‘rnatilgan. Pechning tubi gidravlik yoki elektromexanik ko‘tarish qurilmasi yordamida tushiriladi va yangi mahsulot yuklangach, kameragacha ko‘tariladi. Pechning ishchi harorati 700, 1000, 1250 oS ni tashkil qiladi, quvvati 600 kVt ni tashkil etadi va o‘nlab tonna mahsulotga bir vaqtning o‘zida issiqlik ishlovi beradi.

    Download 46,62 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 46,62 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    - rasmda quyidagi belgilanishlar qo‘llanilgan

    Download 46,62 Kb.