Bilvosita ishlovchi elektr yoy pechlari
Bilvosita elektr yoy pechning sxemasi rasmda keltirilgan. Bir fazali bilvosita elektr yoy pechlarning asosiy qismlari quyidagilardan iborat: 1- ichki qismi yuqori haroratlarga (o‘tga) chidamli material bilan futerovkalangan gorizontal vanna; 2-gorizontal vannaning qarama - qarshi devorlariga o‘rnatilgan elektrodlar. Elektrodlar sarf bo‘lib borishi mobaynida maxsus mexanizm yordamida bir-biriga qarab siljitib boriladi; 3 – eritilayotgan material. Ushbu material vannaga pech korpusi 5 ning yon darchasi orqali yuklanadi; 4-elektr yoyi.
Elektrodlar kuchlanish manbasiga ulangandan so‘ng maxsus mexanizm yordamida uchlari bir-biriga tutashtiriladi va buning oqibatida elektrodlar zanjirida tok hosil bo‘lgach, bir-biridan uzoqlashtiriladi va natijada yoy hosil bo‘ladi. YOyda hosil bo‘lgan issiqlik energiyasi o‘zlashtirilishi hisobiga metallarga issiqlik ishlovi beriladi yoki eritiladi. Metall eritib bo‘lingach, og‘dirish mexanizmi yordamida pech og‘diriladi va eritma maxsus idishlarga thkiladi. Pech quvvati manba tokini va elektrodlarni yaqinlashtirish yoki uzoqlashtirish natijasida yoy uzunligini o‘zgartirish hisobiga boshqariladi.
Pechning asosiy elektr jihozlarini pech transformatori, boshqarish reaktori va elektrodlarni uzatish mexanizmining elektr yuritmasi tashkil etadi.
Bilvosita EYOP lari 0,25 t va 0,5 t sig‘imiga ega. Ular mos ravishda quvvati 175 - 250 va 250 - 400 kV*A ga teng transformatorlar bilan ta’minlangan bo‘lib, bunday pechlarda grafitlashtirilgan elektrodlar qo‘llaniladi.
Bevosita ishlovchi elektr yoy pechlari
Bevosita elektr yoy pechlar asosan keyinchalik prokat sexlarida quyma yombi olish uchun mo‘ljallangan po‘lat eritish uchun belgilangan. SHuningdek, olingan po‘lat mahsuloti mashinasozlik zavodlarida fasonli quyish orqali metallurgik xom ashyo olish uchun ishlatiladi.
Bevosita elektr yoy pechlarining tuzilishi va ishlash prinsipini po‘lat eritish yoy pechlari misolida ko‘ramiz. Po‘lat eritish yoy pechining sxemasi 13-rasmda keltirilgan.
Pechning tuzilishi :
1 - po‘lat kojux; 2 - yuqori haroratga ( o‘tga) chidamli futerovka; 3- o‘tadigan pechning svod qismi 4- elektrodlar 5-elektrodlarni ko‘tarish mexanizmi; 6 - elektr yoyi.
Po‘lat eritish yoy pechlari, shuningdek, metallni kimyoviy tarkibini rostlashga mo‘ljallangan elektromagnit usulda qorishtirish qurilmasi, eritmani to‘kish uchun mo‘l-jallangan pechni og‘dirish mexanizmi, pech svodi (qopqog‘i) ni ko‘tarish va burish hamda elektrodlarni uzatish va ko‘tarish mexanizmlari bilan ta’minlangan.
Elektrotexnik po‘latni eritish jarayoni quyidagi jarayonlar ketma - ketligidan iborat:
- metallom (ruda, skrap) ni eritish;
- qorishmani turli qo‘shilma va gazlardan tozalash;
- metall raskisleniesi(metallni kisloroddan tozalash);
- qorishmaga legirlovchi komponentlar qo‘shish;
- rafinatsiya jarayoni(tozalash,oqlash);
- eritmani avval maxsus chhmichga (kovshga) va undan tegishli formalarga quyish.
Katta xajmdagi pechlarda eritish jarayoni 4-6 soat davom etib, undan 1,5 - 2,5 soati eritishga, 2-4 soati metallni oksidlash va rafinatsiya qilish uchun sarflanadi.
Po‘lat eritish yoy pechning elektr ta’minoti bosh zanjirining sxemasi quyida rasmda keltirilgan. Ushbu sxema
|