• Maishiy iste’molchilarga elektr energiyaning uzatilishi.
  • Kundalik turmushda va sanoatda elektr energiyaning tutgan o’rni




    Download 46,62 Kb.
    bet5/8
    Sana09.12.2023
    Hajmi46,62 Kb.
    #114483
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Navoiy davlat konchilik instituti energo-mexanika fakulteti elek-fayllar.org

    Kundalik turmushda va sanoatda elektr energiyaning tutgan o’rni.
    Ertalab turib, xonadagi elektr lampani yoqamiz, elektr plitaga choygumni qo‘yib choy qaynatamiz va vannaga kirib kranni burab, iliq suvda yuvinamiz. Xonaning bir chekkasidagi elektr energiya hisoblagichi esa barcha sarf bulayotgan elektr energiyani jimgina hisoblab boraveradi. Bo‘lardan tashqari xonamizda yana qanday elektr asboblar bor?


    Maishiy iste’molchilarga elektr energiyaning uzatilishi.
    Maishiy elektr asboblar. Bu elektr asboblarning umumiy soni turt yuzdan oshib ketgan. Hozirga kelib, deyarli har bir xonadonda televizor, radiopriemnik, audio – va videomagnitofonlar, elektrokondentsioner, ventilyator, elektr dazmol, kir yuvadigan mashina, sovutkish, mikrotulqinli pech va boshqa maishiy elektr asboblar bor desak muboliga bo‘lmaydi. Oshxonada elektr plita, elektrogril, mikser, elektr gusht maydalagich, oshxona havosini yangilovchi ventilyator, elektr kofe qaynatkich va yana turli elektr asboblar sizning turmushingizni engillashtirishga xizmat qiladi. YUqori sur’at bilan xonadonimizga shaxsiy kompyuterlar kirib kelmoqda. Hayotimizni elektrsiz tasavur qilishimiz qiyin.

    Agar barcha elektr asboblarning quvvatlarini hisobga oladigan bo‘lsak, u holda bu qiymat bir muncha katta sonni tashkil etib qoladi. Har bir elektr asbobning quvvati vattlarda ulchansa ham katta shaharlarda minglab xonadonlarda shu asboblarning birdan ishga tushishining energetika tizimlariga ta’siri so‘zsiz katta bo‘ladi. Faraz qiling, shahar qora bulut bilan qoplanganda xonadonlarda va ish joylarida yoritilganlik darajasi tezda yomonlashdi. Garchi bitta lampochkaning quvvati katta bulmasa ham hamma joylarda yoritish vositalari keng kulamda elektr tarmogiga ulanadi va elektr tarmogida yuklanish oshib ketadi. Tajribalar shuni kursatadiki, tabiiy yoritilganlikning pasayishi elektr tarmogida yuklanishning tez ushishiga olib keladi. Qora bulutlar tarqagandan so‘ng tabiiy yoritilganlik darajasi oshadi, yoritish vositalariga bo‘lgan ehtiyo`j kamayadi va asta sekin tarmoqdagi yuklanish pasaya boshlaydi. Xuddi shuningdek, televizorda qiziqarli biror dastur kursatilayotgan bo‘lsa (masalan, Olimpiada uyinlari kursatilayotgan pallalarda) televizorlarning keng kulamda ishlashi ruy berib, yana shu holat qaytariladi va energiya tizimida yuklanishning oshishi ko‘zatiladi.


    Shunday qilib, har birimiz elektr energiya iste’molchigina emas, balki to‘g‘ridan – to‘g‘ri energiya tizimining yuklanishiga ta’sir qila oluvchi yuklanish rostlagichi hamdirmiz.


    Download 46,62 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 46,62 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kundalik turmushda va sanoatda elektr energiyaning tutgan o’rni

    Download 46,62 Kb.