• Jadval. Maishiy asbob-texnikalarning quvvati va nominal kuchlanishi
  • Elektrlashtirish jamiyatning turmush darajasini oshirishga xizmat qiladi.
  • Bilvosita ishlovchi elektr yoy pechlari
  • Bevosita ishlovchi elektr yoy pechlari
  • Vakuum yoy pechlari
  • Maishiy xayotda elektr energiya iste’moli




    Download 46,62 Kb.
    bet6/8
    Sana09.12.2023
    Hajmi46,62 Kb.
    #114483
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Navoiy davlat konchilik instituti energo-mexanika fakulteti elek-fayllar.org

    Maishiy xayotda elektr energiya iste’moli
    Maishiy elektr asboblarning takomillashtirilishi.
    Elektr energiyadan oqilona foydalanish kundagi ishimiz bo‘lishi kerak. Elektr asboblarning xilma – xilligi elektr energiyadan foydalanishda yanada tejamkor bulishni talab qiladi. Ayni paytda kerak bulmagan asboblar elektr tarmoqdan uchirib quyilishi kerak. Sutkaning soat 18 dan to 20 gacha bo‘lgan vaqtida kamroq elektr asboblarni elektr tarmogiga ulash tavsiya etiladi. SHunki xuddi shu vaqt oraligida sanoat korxonalari elektr energiya tarmogidan eng ko‘p elektr energiya iste’mol qiladigan vaqt ekanligini unutmaslik kerak. Maishiy ehtiyojlar va xizmat kursatish sohalarining elektr energiya bilan ta’minlanishi jadallik bilan tez oshib bormoqda. Oxirgi yillarda O‘zbekiston buyicha ishlab chiqarilayotgan elektr energiyaning deyarli 15% mana shu sohaga sarf bulmoqda. Ammo aholinig yangi turdagi elektr asboblar bilan ta’minlanish darajasi tinmay son jihatdan va sifat jihatdan ham yuqori sur’atlar bilan oshib bormoqda.
    Jadval. Maishiy asbob-texnikalarning quvvati va nominal kuchlanishi

    Jixoz nomi


    Rn, kVt
    (1 donasi)


    Un, V Tarmoqda


    CHo‘lg‘amli lampa


    0,04…0,10


    220

    Lyuminessent lampa

    0,04

    220

    Svetodiodli lampa iyprlinыitelielnoynergii


    0,02

    220

    Galogen lampa


    0,04

    220

    Rozetka

    0,1

    220

    Xolodilnik

    0,5

    220

    Elektri plita


    4

    220

    Oshxona xavo tortgichi


    0,3

    220

    Idish yuvish mashinasi


    1,5

    220

    Plitani elektr yokqish moslamasi


    0,1

    220

    Aerogril


    1,2

    220

    Elektr choynak


    2,3

    220

    Kofemashina


    2,0

    220

    Kir yuvish mashinasi


    1,5

    220

    Duxovka

    1,2

    220

    SVCH-pech

    1,3

    220

    Sauna

    6,0

    380

    Elektr qozon

    6-24

    380

    Issiqxonaning nasos qurilmasi


    0,8

    220

    Darvoza yuritmasi


    0,4

    220

    Televizor «Plazma»


    0,4

    220

    Ko‘chani yoritish


    1,0

    220

    Kompyuter


    0,9

    220

    Elektr issiq pol


    0,1-1,2

    220

    Septik

    0,3-1,0

    220

    Kanalizatsion-bosimli stansiya

    0,3-2,5

    220-380

    Konditsioner


    1,5

    220

    Ventilyasion qurilma


    0,3-7,4

    220-380

    Sauna

    3,8-14

    220-380

    Elektr kamin

    0,3

    220

    Skvajina nasosi


    0,8-5,0



    220-380



    Elektrlashtirish jamiyatning turmush darajasini oshirishga xizmat qiladi.
    Elektr energiya iste’molining oshib borishi sanoatning yangi texnikalar bilan ta’minlanishi, alohida ishlab chiqarish korxonalari va mashinalari quvvatlarining oshishi, ishlab chiqarish jarayonlarining mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, ishlab chiqarish quvvatlarining bir xududda jamlanishi bilan birga kechadi. Qora va rangli metallurgiya, kimyo, neft va tabiiy gazni qayta ishlash, qurilish materiallari ishlab chiqarish, mashinasozlik, engil va oziq – ovqat sanoatlari elektr va issiqlik energiyasini eng ko‘p iste’mol qiluvchi ishlab chiqarish sohalaridir.
    Ayniqsa, O‘zbekiston sanoati uchun mutlaqo yangi bo‘lgan avtomobilsozlik sanoati Mustaqillik sharofati bilan bunyod buldi va «O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan» belgisi bilan chiqayotgan «Neksiya», «Damas», «Tiko» va «Matis» avtomobillari va «Ota yuli» avtobuslar barcha viloyatlarimiz kuchalarida va chet ellarda ham yo`lovchilarning uzogini yaqin qilmoqda. Ma’lumki, O‘zbekistonning tabiiy sharoiti qishloq xo‘jaliginingdeyarli barcha sohalarida yuqori hosil olish imkonini bergani uchun ham keyingi yillarda qishloq xujaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi kichik va urta quvvatli korxonalar respublikamizning deyarli barcha viloyatlarida ochilib, faoliyat kursatmoqda va chet ellarga ham turli meva sharbatlari va konservalariga import qilinmoqda.
    Mehnatning elektr energiya bilan ta’minlanganligi – ishlab chiqarish sur’atini oshirishning aosiy yunalishidir. Jamiyatning ishlab chiqarilayotgan mahsulot va turli xizmat turlariga ushib borayotgan ehtiyojini qondirish maqsadida ishlab chiqarilayotgan har bir mahsulot va xizmatlar uhun sarf bulayotgan mehnat, material, energiya va moddiy mablaglarning sarflarini doimiy ravishda kamaytirib borish zarurdir. Ishlab chiqarishdagi mehnat unumdorligini tez sur’atlar bilan rivojlantirish bu masalaning asosiy echimi bo‘ladi. Mehnat unumdorligini oshirish to‘g‘ridan – to‘g‘ri mehnatning elektrlanganlik darajasiga bog‘liqdir.
    Mehnatning elektr energiya bilan ta’minlanish darajasining oshib borishi va mehnat unumdorligining oshishi quyidagi yunalishlarda amalga oshiriladi:
    – ishlab chiqarishning rivojlanishi elektrotermik va elektrofizik jarayonlarni urganib va ulardan foydalangan holda tubdan yangi texnologiyalar yaratish;
    – yuk kutarish va tashish, transport va shuningdek kuch ishlatilishi kerak bo‘lgan barcha yumishlarni elektrlashtirish;
    – mehnatni tashkil qilishni takomillashtirish.
    Ishlab chiqarishni elektrlashtirish uchun etarli darajada O‘zbekistonda elektr energiya ishlab chiqariladi.
    Ishlab chiqarish turli sohalarining elektrlashtirilganlik va mehnat unumdorlik darajalari turlichadir. Sanoatning ba’zi bir sohalarida, xususan kimyo sanoatining sun’iy tolalar ishlab chiqarish sohasida mahsulot ishlab chiqarishga sarf bulayotgan elektr energiyaning solishtirma sarfi kamayib bormoqda. Bunda ishlab chiqarishda qullanilayotgan yangi texnologiyalarning ahamiyati kattadir.
    Sanoatning qora va rangli metallurgiya sohalarida ishlab chiqarishning elektrlashtirilganlik darajasi tez cur’atlarda oshib bormoqda. Elektr yoy peshlarida oliy navli po‘lat olish jarayonida ko‘p elektr energiya sarf bo‘ladi. Rangli metallurgiyada, ayniqsa alyuminiy, nikel va magniylarni elektroliz qurilmalarida olish jarayonida elektr energiya juda ko‘p sarf bo‘ladi.
    Mashinasozlik sohasi elektr energiya iste’moli buyicha qora metallurgiyadan keyin ikkinchi urinda turadi. Tayyor va yarim tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish sur’ati buyicha mashinasozlik sanoatining barcha sanoat sohalari ichida ilgor bo‘lib kelganligi sababli ham uning energetik potensiali tinmay oshib bormoqda. Mashinasozlikda yarim avtomatik va avtomatik liniyalarning ishlab chiqarishda qullanilishi sanoatning bu sohasida sanoat robotlaridan keng foydalanish imkonini berdi va ish unumdorligining oshishiga omil buldi.
    Ishlab chiqarishning barcha sohalarida ham sanoat robotlari va manipulyatorlarning keng kulamda qullanila boshlanishi mehnat unumdorligini oshirishi bilan bir qatorda tayyorlanayotgan mahsulotga sarf bulayotgan elektr energiya sarfini kamaytirishga olib keladi. YUk ko‘taruvchi va tashuvchi mexanizmlarning va boshqa turdagi kuch ishlatiladigan jarayonlarning mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish darajalarining oshib borishi natijasida unumsiz qul mehnati kamayib, mehnatning elektrlashtirish darajasi oshib bormoqda va bu o‘z navbatida umumiy mehnat unumdorligini oshishiga sabab bulmoqda.
    Elektr yoy pechlari metallurgiya, kimyo, mashinasozlik va sanoatning boshqa jabhalarida qo‘llaniladilar. Ular quyidagi turlarga bo‘linadilar:
    1. Bilvosita ishlovchi elektr yoy pechlari - ularda elektr yoyi issiqlik ishlovi berilayotgan (eritilayotgan) metall ustida joylashgan elektrodlar o‘rtasida hosil qilinadi va bunda elektr yoyi va metall o‘rtasidagi issiqlik almashuvi - nurli issiqlik almashuvi usuli orqali amalga oshiriladi.
    2. Bevosita ishlovchi elektr yoy pechlari - ularda elektr yoyi elektrodlar uchi bilan metall o‘rtasida yonadi va bunda yoydagi issiqlik metallga nurli issiqlik almashuvi, konveksiya va issiqlik o‘tkazuvchanlik orqali uzatiladi.
    3. karshilik elektr yoy pechlari - bunday pechlarda yoy elektr o‘tkazuvchan shixta qatlami ostida yonadi, bunda issiqlik qisman yoy razryadida va qisman shixta orqali tok oqib o‘tishi oqibatida eritilayotgan materialda ajralib chiqadi va pech xajmiga uzatilayotgan issiqlik-issiqlik o‘tkazuvchanlik, nurli issiqlik almashuvi va qisman konveksiya usullarida amalga oshiriladi.
    4. Vakuum yoy pechlari - ularda elektr yoyi inert gazlarda yoki elektrod va suyuq metall vannasi o‘rtasida kichik bosim ostida eritilgan material (metall) parlarida hosil qilinadi (yonadi).
    5. Plazmali pechlar va plazmali - yoy eritish qurilmalari - bunday qurilmalarda metallarga issiqlik ishlovi berish, elektr yoyi va u bilan biriktirilgan inert gazining plazma oqimi yordamida amalga oshiriladi.

    Download 46,62 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 46,62 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Maishiy xayotda elektr energiya iste’moli

    Download 46,62 Kb.