• Rivojlantiruvchi
  • Dars usuli
  • III. O’quv manbalari Darslik
  • Dars bosqichlari Qisqacha tavsif
  • Amaliy
  • Darsning borishi O’tgan mavzularni takrorlash; Hamkorlik usulida
  • Ziyonet
  • Uyga vazifasini mavjudligini tekshirish. “Bilimdon o’quvchi” usulida
  • Yechilishi
  • 4. Mavzuni yoritilishi: Mavzu tayyor taqdimot va elektron resurslar, plakatlar asoisda tushuntiriladi.
  • Navoiy viloyati Uchquduq tumani xtb ga qarashli 7-umumiy o`rta ta`lim maktabi




    Download 1.12 Mb.
    bet2/5
    Sana30.12.2019
    Hajmi1.12 Mb.
    #6447
    1   2   3   4   5

    Dars shiori: Dars muqaddas

    I. O’quv maqsadi:

    А) Ta'limiy maqsad : O’quvchilarga kompyuter yaratilishining qisqacha tarixi, kompyuter qurilmalari va qo’shimcha qurilmalari va ularning vazifalari , qurilmalarning ahamiyati haqida ma’lumotlar berish

    B) Tarbiyaviy: O’quvchilarni hamkorlikda jamoa bo’lib ishlash ko’nikmalarini hosil qilish, axloqiy va estеtik tarbiya bеrish, muntazam ravishda kompyuter va axborot texnologiyalaridan xabardor bo’lishga intilishini rivojlantirish, kompyuter loyihachisi kasbiga yo’naltirish, kompyuter texnikasi bilan ehtiyotkorlikda ishlash, asrab- avaylashga o’rgatish.

    D) Rivojlantiruvchi: O’quvchilarning kompyuter savodxonligi va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ularning dunyoqarashini , kompyuter texnologiyalariga qiziqishini orttirish.

    II. Asosiy shakl va turi

    Dars turi: Yangi bilimlar berish

    Dars uslubi: Nazariya va amaliyot uyg’unligi

    Dars usuli: “Bilimdon o’quvchi”, “Hamkorlik” (o’rganadi-o’rgatadi) , “So’zsiz surat”

    Vositalar: Tayyor prezentatsiya materiallari , 8-sinf informatika darsligi , elektron resurslar , plakatlar, tarqatma materiallar, ko’rgazmalar, kompyuter qurilmasi, proyektor

    Nazorat shakli: Savol- javob, kuzatish, amaliy

    Baholash : Rag’batlantirsh ( 5 ballik reyting tizimida )

    1 ball- O’tilgan mavzuni o’zlashtirishi

    1 ball- Uy ishi bajarganligi

    1 ball –Yangi mavzuni o’zlashtirishi

    1 ball - Kompyuterda mustaqil amallar bajarishi

    1 ball- Test topshirig’ini bajarganligi.

    III. O’quv manbalari


    1. Darslik, metodik qo’llanma

    2. Internet resurslar: Uzedu. Uz, ziyonet. Uz, Axborot .zn.uz , 3quduq7.zn.uz saytlari ;

    3. Elektron : O’qituvchi tomonidan yaratilgan multimedia resursi, slaydlar.

    IV. Dars tafsiloti va texnologik xaritasi


    Dars bosqichlari

    Qisqacha tavsif

    Qo’llaniladigan usullar

    Ajratilgan vaqti

    Tashkiliy qism

    1)Salomlashish

    2)Sinf tozaligi , EHM xonasidagi tеxnika xavfsizligini tеkshirish.

    3)O’quvchilar davomatini va darsga tayyorligini nazorat qilish

    4) Psixologik muhit yaratish. Sinf o’quvchilari ikki jamoaga bo’linadi .

    Baholash mezoni bo’yicha ball yig’ish tartibi tushuntiriladi.

    Ma’naviyat daqiqasi. Respublikamizda axborot texnologiyala-rining rivojlanishiga katta e’tibor berilayotgani, ta’lim sohasida maktablarda yaratilayotgan sharoitlar haqida .

    Muloqot

    -3daqiqa



    Dars rejasi

    1. O’tgan mavzularni takrorlash

    2. Uy ishini tekshirish

    3. Gimnastika

    4 .Yangi mavzuni yoritilishi. .

    5. Kitob bilan ishlash Amaliy ish bajarish . “Interfaol” o’yinlar

    6. Mavzuni mustahkamlash

    7. Dars yakuni .

    8. Uyga vazifa berish



    Musobaqa
    Elektron resurslar

    -10 daqiqa

    -3 daqiqa

    -1 daqiqa

    -7 daqiqa

    -13 daqiqa

    -5 daqiqa

    -2 daqiqa

    -1 daqiqa



    Asosiy qism O’tgan mavzu va uy vazifasi tahlili

    1. O’tgan mavzularni takrorlash;

    Guruhlarda kartochkalar asosida ishlash

    1. Amaliy

    2. Nazariy.

    Musobaqa

    10 daqiqa

    Motivatsiya

    Kompyuter qurilmalari haqidagi to’liq ma’lumotga egamisiz? Yana qanday ma’lumotlarni bilishni xoxlaysiz?

    Davra suhbati

    -1 daqiqa

    Yangi mavzuning qisqacha bayoni

    Kompyuter yaratilish tarixi, avlodlari, turlari, asosiy qurilmalari vazifasi, qo’shimcha qurilmalarining ahamiyati. Ma’lumotlarni saqlash, kompyuterga ma’lumotlarni kiritish- chiqarish qurilmalari haqida asosiy tushunchalarga ega bo’lish

    Nazariya va ko’rgazmali

    7 daqiqa

    Mashqlar bajarish

    1)Kitob bilan ishlash 1-2 mashq

    2) Amaliy. Ko’rgazma asosida



    Amaliy

    12 daqiqa

    Mustahkamlash

    Test topshirig’ini bajarish

    Elektron resurs

    5 daqiqa

    Uy vazifasini belgilash

    Uyga vazifa : 3-darsni o’qish 1-7 topshiriq.




    1 daqiqa

    Darsni yakunlash.

    Dars yakunida o’quvchilarning dars davomda qatnashishi va to’plaga ballari asosida baholash, darsga xulosa yasash

    Munozara

    2 daqiqa

    Darsning borishi

    1. O’tgan mavzularni takrorlash; Hamkorlik usulida Guruhlarda kartochkalar asosida ishlash


    1-guruh Amaliy topshirioqlar:

    1. Word dasturida shu yoshingizgacha foydalangan tabiiy va sun’iy hisoblash vositalari jadvalini tuzing.

    2. Hisoblash texnikasi mashinalarining avlodlarini asosiy elementlariga qarab farqlovchi jadval tuzing va ularni kiritish chiqarish qurilmalarini taqqoslang.

    3. Power Point dasturida “Kompyuter” nomli taqdimot yarating va unda asosiy va qo’shimcha qurilmalarni ro’yxatini yarating.

    4. Paint grafik muhariridan foydalanib kompyuter qurilmasini tasvirini yarating.

    5. Internet tarmog’idan qidiruv tizimi yordamida hisoblash texnikasiga oid ma’lumot izlang.

    6. Ziyonet tarmog’idan O’zbekiston kibernetika maktabining asoschisi Vosil Qobilov haqida referat izlang.

    7. Kompyuterdagi kalkulatoridan foydalanib hisoblang:112+178+1A16-2510=




    2-guruh . Savol-javob

    1.Informatika fani nimani o’rganadi va asosiy tushunchalari nimalar?

    2. Kompyuter nima?

    3. Hisoblash texnikasi rivojlanish tarixi necha davrni o’z ichiga oladi?

    4.Birinchi hisoblash vositalariga misollar keltiring.

    5. Birinchi hisoblash mashinasiga tarif keltiring.

    6. Kompyuterning apparatli ta’minoti nimalardan tashkil topgan?

    7. Asosiy plata haqida nimalar bilasiz?

    8. Tezkor xotira nima?




    1. Uyga vazifasini mavjudligini tekshirish. “Bilimdon o’quvchi” usulida

    O’tgan mavzu bo’yicha uyga vazifa 2- mavzu 16 bet

    2- mashq . Ekran sohasi 800x600 nuqtali har bir nuqta 256 rangdan iborat .Shu sohani saqlash uchun kerak bo’ladigan eng kam videxotira hajmini Kbda ifodalang.

    Yechilishi : 2n=256 => n=8bit

    n·800·600= 8·800·600=3840000bit

    3840000:8:1024=468,75 KBt javob: 468,75 KBt

    3. Asosiy tushunchalar:

    Kompyuter qurilmalari, yordamchi qurilmalar, ma’lumotlarni kiritish-chiqarish qurilmalari, vinchester, printer, plotter, trekbol, sichqoncha, joystik, skaner



    4. Mavzuni yoritilishi:

    Mavzu tayyor taqdimot va elektron resurslar, plakatlar asoisda tushuntiriladi.

    Zamonaviy kompyuterlarni xotiraning qattiq disk (ing. HDD, Hard - qattiq, Disk - disk, Drive - dvigatel) deb ataluvchi turisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Bu xotirani asosiy xotira qurilmasi deb ham atash mumkin. Chunki, birinchidan: qattiq disklar, odatda, kompyuterning sistema bloki ichiga joylashtirilib, asosiy platada shleyf orqali ulanadigan maxsus joyi bor (shuning uchun axborot almashinuvi juda tez); ikkinchidan: kompyuterga operatsion sistema o'rnatilayotganda shu kompyuterga mos parametrlar operatsion sistemaga bog'lab, qattiq diskka yozib saqlanadi. Bundan tashqari shu kompyuter foydalanuvchilarining amaliy dasturlari, hujjatlari va boshqa turdagi ma'lumotlari ham shu diskda saqlanadi. Qattiq disklarga axborotni yozish va o'qish magnitlash asosida bo'lganligi uchun qattiq magnit disk ham deb atashadi. Bu qurilma umumiy korpusga joylashtirilgan elektrodvigatel, magnit kallak, pozitsiyalash qurilmasi va magnit qatlamga ega bo'lgan bir nechta diskdan (shu bois, ko'potar miltiq nomiga moslab "vinchester" deb ham atashadi) iboratdir.

    Birinchi vinchester 1973- yilda IBM firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan.




    Download 1.12 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 1.12 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Navoiy viloyati Uchquduq tumani xtb ga qarashli 7-umumiy o`rta ta`lim maktabi

    Download 1.12 Mb.