|
Nazariy ma’lumotlar
|
bet | 8/9 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 184,5 Kb. | | #134215 |
Bog'liq Asadbek RejabboevNazorat savollari:
1.RS -trigger qanday ishlaydi?
2.T - triggerning ishlash prinsipi qanday?
3.Impuls kirishi deganda nimani tushunasiz?
4.«1» va «0» sathli kirishlar deganda nimani tushunasiz?
5.Sinxron yoki taktli triggerni oddiy triggerdan farqini tushuntirib bering.
Adabiyotlar 1.Laboratornyu rabota po osnovam promshshennoy elektronika. Pod. rod. V.G. Gerasimova.M.«V.Sh.»,1989. 2.Osnova promshlennoy elektronika. Pod. rod. V.G. Gerasimova. M. «V.Sh.», 1989. 3.Integralnoye mikrosxema. Spravochnik. Pod. rod. B.V. Tarabrina. M. :Radio svyaz, 1984.
4.Nig’matov X. Radioelektronika asoslari. Toshkent. O’qituvchi, 1994, 3676.
5.S.S. Junaidov, A.N.Salohiddinov,X.M.Norkorayev. Radioelektronika kursidan nazorat savollari. Sam DU nashriyoti, 1995.
Laboratoriya ishi № 4
Sonlarni ikkilik tizimda kodlash va arifmetik qayta
ishlashni o’rganish.
Raqamli qurilmalarda sonlarni hamda dasturlash jarayonida turli axborotni ifodalash uchun turli sanoq tizimlaridan foydalaniladi. Sanoq tizimlari pozisiyali va pozisiyasiz bo’ladi. Masalan; Rim sanoq tizimi bazasiz sanoq tizimi hisoblanadi. Bu tizimda XXX sonidagi X-o’rnidan qat’iy nazar 10 ni bildiradi. Pozisiyali sanoq tizimida sonning qiymati turgan pozisiyaning o’rniga bog’liq holda o’zgaradi. Masalan: 252,2 sonida 2 raqamii 3 marta qayta yozilgan, lekin ularning qiymati turlicha; chap tomondagi 2-yuzliklar sonini, verguldan oldingi 2 birliklar sonini, o’ng tomondagi 2-esa, o’ndan bir ulushlar sonini bildiradi. Boshqacha qilib aytganda, 252,2 2*102+5*101+2*100+2*10-1 yozuvining qisqartirilgan ko’rinishidir. Ixtiyoriy x sonini o’nli ko’rinishdagi
anan-1-……a1a0a-1……a-m
ifodasi uni quyidagi ko’rinishda ifodalashga asoslangan
X=an*10n+an-1*10n-1+……+a1*101+a0*100+a-1*10-1+……+a-m10-m+…… (1) bu yerda a- koeffisiyentlar, 10- pozisiyali sanoq tizimining asosi (r) deyiladi (o’nli sanoq tizimining asosi -10). Sanoq tizimining asosi –r raqamning bazasi hisoblangan butun sonlarni ifodalashda ishlatiladi.
Ixtiyoriy X sonini berilgan r asosli pozisiyali sanoq tizimida ifodalash quyidagi ko’phad ko’rinishida bo’ladi:
X=anpn+an-1p1+……+a0+a-1p-1+a-2p-2…… (2)
Uni qisqacha ko’rinishda ko’phadning koeffisiyentlari orqali ifodalash mumkin:
X=anan-1……a0a-1a-2……
Son qaysi tizimda yozilganini ifodalash uchun uning indeksida tizim asosini ko’rsatish kerak: 12,438.
Odatda raqamli hisoblash mashinalari ikkili tizimdagi sonlar bilan ish ko’radi. Bu tizimda faqat 0 va 1 raqamlari ishtirok etadi. 0 va 1 lar bitlar deyiladi .(dinory digit-raqamli ma’lumot) Fizikaviy nuqtai nazardan 0 bit quyi (low) kuchlanish,1bit yuqori (high) kuchlanishga mos keladi. Ikkili tizimda asos hisoblangan 2 raqami “10” kabi ifodalanadi. Ixtiyoriy X son esa,
X=εn*2n+εn-1*2n-1+……+ε1*21+ε0*20+ε-1*2-1……… (3)
kabi ifodalanadi. Bu yerda ε-i nol yoki 1 qiymatni qabul qilishi mumkin bo’lgan koeffisiyent. Qisqacha ko’rinishda bu sonni quyidagicha ifodalash mumkin:
X=εnεn-1……ε1ε0ε-1………
Sonlarni ikkili tizimda ifodalashga misollar ko’rib chiqamiz. Bu uchun quyidagi jadvaldan foydalanamiz.
|
| |