b) sharoitga qarab (2 ochko);
v) ko’pincha (1 ochko).
Taksida ketayotganingizda haydovchiga yo’l harakatiga taalluqli bo’lgan
biror qoidani o’rgatasizmi?
a) hech qachon (1 ochko);
b) ha, agarda u uzoq bir masofani tanlab yursa (2 ochko);
v) avtomashinani boshqarishda mening asabimga tegadigan nojo’ya manyovr qilsa, noroziligimni bildiraman (3 ochko).
Siz o’zingizni ulfatlaringizning jonu dili deb hisoblaysizmi?
a) ba’zan (2 ochko);
b) doimo (3 ochko);
v) yo’q (1 ochko).
Siz hamisha odamlarga nisbatan e’tiborlimisiz?
a) har doim emas (3 ochko);
b) doimo (1 ochko);
v) vaziyatga qarab (2 ochko).
TARQATMA MATERIALLAR
Pedagog imidjini shakllantirish yo’llari.
Pedagog imidji - pedagogning ma’naviy-axloqiy qiyofasi bilan tashqi ko’rinishi o’rtasidagi o’zaro uyg’unlik, mutanosiblikdir.
«O’zini taqdimot qilishning umumiy texnologiyasi»da 4 ta asosiy texnologik jihatlar mavjud:
Qiyofa vizualizastiyasi (tashqi qiyofa).
Kommunikativlik (muloqot qilish).
Verbal effekt (notiqlik).
Flyuid nurlanish (tashqi emostiya).
Qiyofa vizualizastiyasi quyidagilarda namoyon bo’ladi:
o kinetika: tana nafisligi, hatti-harakat va holat elegantligi, ishora san’ati;
kiyinish usuli: erkak va ayollar uchun zamonaviy moda olami tendenstiyalari asosida klassik uslubda kiyinib yurish, aksessuarlar samaraligi;
feysbilding: yuz gigienasi, makiyaj, sochlarni parvarishlash va mos soch turmagini tanlash.
Kommunikativlik deganda, o’zaro to’g’ri muloqot qilish qoidalariga rioya qilish nazarda tutiladi, ya’ni suhbatdoshga hurmat bilan munosabatda bo’lish, shaxsiy jozibadorlikdan foydalash, suhbatdoshga yolg’on mulozamat qilmaslik, haqiqatni noto’g’ri talqin qilmaslik va h.k.
Verbal effekt esa quyidagilarda namoyon bo’ladi:
oyoqlarning yig’ilgan holatda turishi;
qo’llarning me’yorida harakatlanishi;
ovoz tembrining juda yuqori emasligi yoki aksincha yuqoriligi;
ifodali nutqni rivojlantirish;
mazmunli nutq .
Flyuid nurlanish (tashqi emostiya) birinchi taassurot, tanishuvning birinchi soniyalarida namoyon bo’ladi:
yoqimli tashqi ko’rinish;
go’zal xulq-atvor;
ifodali va nafis nutq;
bilim;
xarizmatik ta’sir ;
hurmatni namoyish etish.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlarni mustahkamlash maqsadida mashg’ulotning amaliy qismida talabalar kichik guruhlarga ajratilib, «FSMU» metodi qo’llaniladi.
Ushbu metod munozarali masalalarni hal etishda, bahs-munozara o’tkazishda yoki o’quv reja asosida biron bo’lim o’rganib bo’lingach, qo’llanilishi mumkin, chunki bu metod talabalarni o’z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o’z fikrini boshqalarga o’tkazishga, ochiq holda baxslashishga, shu bilan qatorda ta’lim oluvchilarni o’quv jarayonida egallagan bilimlarni tahlil etishga, qay darajada egallaganliklarini baholashga hamda talabalarni bahslashish madaniyatiga o’rgatadi.
Ushbu metod ta’lim beruvchi tomonidan tarqatilgan qog’ozga talabalarning o’z fikrlarini aniq, qisqa xolatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam beradi.
Bu metod ko’yidagicha amalga oshiriladi:
har bir talaba yakka tartibda berilgan vazifani bajaradi, keyin esa kichik guruhlarda ish olib boradi va mashg’ulot yakunida kichik guruhlar taqdimot qiladilar.
Bunda har bir talabaga FSMU metodining 4-bosqichi yozilgan qog’ozlar tarqatiladi:
F
|
fikringizni bayon eting.
|
S
|
fikringizni bayoniga sabab ko’rsating.
|
M
|
ko’rsatilgan sababingizni isbotlab misol (dalil) keltiring
|
U
|
fikringizni umumlashtiring
|
Har bir talaba yakka tartibda tarqatilgan qog’ozdagi FSMU ning 4 bosqichini o’z fikrlarini yozma bayon etgan holda ifoda etadilar. Vazifani bajarib bo’lgandan keyin, talabalar kichik guruhlarga ajratiladi va guruhlarga FSMU yozilgan tarqatma material beriladi. Kichik guruhda har bir ta’lim oluvchi o’zining yozgan javobini o’qib tanishtiradi, so’ngra guruh azolari birgalikda muhokama qilib, umumiy javoblarini yozadilar va uni himoya qiladilar.
FSMU metodining afzalliklari:
o’z fikrini himoya qilishni o’rganadi;
erkin fikrlash va o’z fikrini boshqalarga o’tkazisha olish qobiliyati rivojlanadi;
ta’lim oluvchilar bahslashish madaniyati shakllanadi.
Ushbu mavzuning amaliy mashg’ulotida talabalar raqamli kartochkalar orqali 6 ta kichik guruhlarga ajratiladi. Har bir kichik guruhga tarqatma materiallar beriladi.
|