• 10.1.Nasos qurilmalari.
  • 10.2. Quduqni shtangali nasos qurilmasi bilan ishlatish
  • - MARUZA Mavzu: Quduqni cho’qurlik nasoslar yordamida ishlatish




    Download 5.78 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet30/43
    Sana27.02.2023
    Hajmi5.78 Mb.
    #43606
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   43
    Bog'liq
    Neft va gaz qazib olish texnologiyasi va texnikasi fanidan
    73-26-PB
    10 - MARUZA
    Mavzu: Quduqni cho’qurlik nasoslar yordamida ishlatish.
    Reja:
    10.1.Nasos qurilmalari.
    10.2.Quduqni shtangali nasos qurilmasi bilan ishlatish.
    10.3.SHtangali cho’qurlik nasoslari.
    10.4.Nasosli quduqlar usti jixozlari.
    10.5.Tebratma - dastgox
    10.1.Nasos qurilmalari.
    Quduqni nasos yordamida ishlatishda suyuqlikni er yuzasiga chiqarish
    xar-xil turdagi nasos qurilmalari yordamida amalga oshiriladi:
    1)SHtangali nasos qurilmasi, unda quduqka cho’qurlik nasosi tushirilgan
    bo’lib, er yuzasiga joylashtirilgan dvigatel xarakatni nasos shtangalari tizmasi
    yordamida uzatadi, suyuqlikni eryuzasiga chiqarish uchun shtangali cho’qurlik
    nasoslari qo’llaniladi.
    2)SHtangasiz nasos qurilmasi, unda nasos dvigatel bilan birgalikda
    tushirilib, ular bir butun agregat hisoblanadi. Agregat quduqka nasos quvurlari
    o’rdamida tushirilib, nasos shtangasi ishlatilmaydi. Bu usulda qo’llaniladigan
    nasoslarni shtangasiz cho’kma nasoslar deb ataladi.
    SHtangasiz cho’kma nasoslar o’z navbatida markazdanqochma
    elektronasoslar va gidravlik porshenli nasoslarga bo’linadi. SHtangali va
    shtangasiz nasoslar bilan ishlatish texnalogiyasi xar-xil bo’ladi.
    10.2. Quduqni shtangali nasos qurilmasi bilan ishlatish
    Jaxon neft’ sanoatida neft’ kazib olish usullaridan eng keng tarqalgani
    quduqdan neft’ni shtangali cho’qurlik nasoslari yordamida kazib olish usulidir.
    Neft’
    qatlamiga kazilgan quduqlar, kazish tugatilgandan birdaniga nasos usulida
    ishlatib boshlanadi.
    Neft sanoatida umumiy kazib olingan neftning 25 %i shtangali nasos
    qurilmasi yordamida kazib olinadi. Quduqni shtangali nasos qurilmasi bilan
    ishlatishning keng tarkalishiga sabab, uning tuzilishining oddiyligi, unga xizmat
    ko’rsatishning osonligi va iktisodiy tomondan kam xarajatliligidadir.
    Bunday qurilma yordamida Ø 146 mm bo’lgan ishlatish quvurlari


    tushirilgan quduqladan bir sutkada 1 tn dan 500 tn gacha suyuqlik kazib olish
    mumkin.
    SHtangali nasos qurilmasi tarxi.
    55-rasmda shtangali nasos qurilmasining tarxi keltirilgan. Quduqka nasos
    quvuri tizmasi 16 bilan suyuqlik satxidan pastrokka nasos silindri 19 tushirilgan,
    maxsus nasos shtangasi 17 bilan nasos quvuri ichiga plunjer 20
    tushirilib nasos silindriga o’rnatiladi. Nasos shtangalari tizmasi tebratma-
    dastgox balansiri 6 ni boshchasi 5 ga osiladi.
    Nasos silindri pastki uchiga suruvchi sharikli klapan 22 ko’zgalmas qilib
    o’rnatilgan bo’lib, uni qabul kiluvchi klapan deb ham atashimiz mumkin. Plunjer
    pastki (yoki yuqori) uchiga haydovchi (chiqaruvchi) klapan 21 o’rnatilgan bo’lib uni
    suruvchi klapan deb ham ataymiz. Plunjer nasos shtangalari tizmasiga maxsus katak
    18 yordamida maxkamlanadi. SHtanga tizmasi yuqori uchi sillik shtok orqali
    osuvchi moslama 4 yordamida tebratma dastgox balansiri boshchasiga ulanadi.
    Tebratma – dastgox balansiri tirgaklarga maxkamlangan tayanch 7 da
    tebranadi. Balansir tebranma xarakati quyidagicha ro’y beradi: elektrodvigatel 9
    ning shkividan aylanma xarakat uzatma tasma orqali tebratma dastgox redo’qtori
    11 ning valiga o’rnatilgan shkiv 12 ga uzatadi. Redo’qtor tishli uzatma bo’lib,
    uning gildiraklari yog bilan to’ldirilgan metall korobkaga joylashtirilgan bo’ladi.
    Tebratma- dastgox redo’qtori uzatma vali aylanma xarakatni tishli gildirak
    yordamida krivoship valiga uzatadi. Krivoship vali uchiga krivoship 13 o’rnatilgan
    bo’lib, u shatun 10 bilan sharnirli biriktirilgan. Xar- bir shatunning ikkinchi uchi
    balansir traversi 8 bilan sharnirli ulangan. Krivoship aylanishi bilan shatun
    yordamida balansir tebranma xarkatga keladi. Nasos shtangasi uchiga o’rnatilgan
    plunjer balansir bilan birgalikda pastga va yuqoriga tebrana boshlaydi. SHtanga
    xarakatida, agar plunjer yuqoriga xarakatlansa silindrda vakuum holati sodir
    bo’ladi va pastdan bosim bilan sharik ko’tariladi klapan 22 orqali silindr
    suyuqlikka to’ladi. Bu vaqtda yuqori haydovchi klapan 21 yuqorisidagi suyuqlik
    ustuni bosim ta’sirida yopiladi. Plunjer pastga xarakatlanganda suruvchi klapan 22
    suyuqlik ustuni bosimi ta’sirida yopiladi, yuqori klapan
    21 ochiladi suyuqlik plunjerdan o’tib nasos quvuriga tushadi. Bu xarakat
    kayta takrorlanib NKK suyuqlikdan to’ladi natijada quduqdan maxsulot er yuzasiga
    uchlik 2 orqali chiqariladi. Uchlikda salnik joylashtirilgan bo’lib u orqali sillik shtok
    3 o’tadi. Uchlik va salnik bosim ostidagi suyuqlik va gazning okib chiqishini oldini
    oladi.
    Nasos quvuri tizmasining yuqori quvuriga maxkamlangan flanes 1
    (planshayba) yordamida mustahkamlovchi quvurlar tizmasi 15 flansiga osilgan
    bo’ladi. Planshaybaga uchlik 2 ulanib u suyuqlikni chiqarish chizig’iga yo’naltirish
    uchun xizmat qiladi. Neft chiqarish chizig’idan quvurlar orqali guruxiy o’lchov
    qurilmasiga va keyin yiguv punktiga uzatiladi.
    Nasos pastki uchiga maxsus ximoya moslamasi osiladi. Bu moslamalar
    nasosning ishlashiga teskari ta’sir kiluvchi qum va gazni suyuqlikdan ajratuvchi
    filьtrlar va gaz qum yakorlaridir.


    Nasos qurilmalarining barcha jixzlari quyidagilardan tuziladi: 1) er usti
    jixozlari; unga tebratma-dastgox va quduq usti jixozlari kiradi; 2)er osti jixozlari,
    unga nasos quvurlari, cho’qurlik nasoslari nasos shtangalari va ximoya moslamari
    kiradi.
    CHo’qurlik nasoslari maxsuldorligi deganda vakt birligida nasos uzatayotgan
    suyuqlik miqdori tushuniladi. Amaliyotda nasos maxsuldorligi sutka bo’yicha
    olinadi.
    Agar plunjer diametrini D bilan belgilasak, uning yurish uzunligini l bilan
    belgilasak unda plunjerning bir borib kelishdagi xajmi quyidagiga teng:
    [m
    3
    ] (10.1)
    Nasosning 1 minutdagi maxsuldorligi quyidagi
    aniqlanadi
    (10.2)
    CHo’qurlik nasosining bir sutkadagi ogirligi buyicha maxsuldorligi
    quyidagiga teng:
    (10.3)
    buerda D – plunjer diametri, m
    l – plunjer yurish uzunligi, m
    n – bir minutda borib kelishlar soni
    ρ – xaydalayotgan suyuqlik zichligi, kg/m
    3

    Download 5.78 Mb.
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   43




    Download 5.78 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    - MARUZA Mavzu: Quduqni cho’qurlik nasoslar yordamida ishlatish

    Download 5.78 Mb.
    Pdf ko'rish