• 10.4 - jadval N- metilpirrolidonning fizik-kimyoviy xossalari.
  • Neft va gazkondensatni qayta ishlash texnologiyasi




    Download 3,46 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet69/115
    Sana06.06.2024
    Hajmi3,46 Mb.
    #260912
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   115
    Bog'liq
    Axrorovga

    10.3 - jadval
    Furfurolning fiz-kimyoviy xossalari. 

    Zichligi, 20
    0
    Sda, kg/m
    3
    1160 

    Molekulyar og‘irlik 
    96,09 

    Sindirish ko‘rsatkichi, 41
    0

    1,5261 

    Kritik harorat, 
    0

    396 

    Kritik bosim, MPa 
    5,43 

    Issiqlik sig‘imi, 45
    0
    Sda, kJ/(kg∙grad) 
    1,59 


    132 

    Qovushqoqlik, 45
    0
    Sda 

    Kinematik, mm
    2
    /s 
    0,907 

    Dinamik, Puaz 
    1,02 
    10 Harorat,
    0

    11 Chaqnash 
    59 
    12 Atmosfera bosimida qaynash 
    162 
    13 Erish 
    -39 
    14 Suvda eruvchanlik %, 
    0

    15 Furfurol suvda 
    5,9 
    16 Suv furfurolda 
    4,5 
    17 Bug‘lanish entalpiyasi, kJ/mol 
    44 
    18 Suv bilan azeotorp aralashmaning qaynash harorati, 
    0

    97,5 
    19 Azeotrop aralashmadagi furfurolning tarkibi % 
    35 
    20 Dipol momenti, Kl.m 
    3,57 
    N- metilpirrolidon erituvchisi. 
    N- metilpirrolidon - qiyin uchuvchan erituvchi bo‘lib, ijobiy ekologik va 
    toksikologik xarakterga ega. Qulay eruvchanligi va yuqori tanlash xossasiga 
    ega bo‘lgani uchun, u neft va kimyo sanoatida keng ko‘lamda ishlatilmoqda. 
    10.4 - jadval
    N- metilpirrolidonning fizik-kimyoviy xossalari. 

    Zichligi, 20
    0
    S da, kg/m
    3
    1028 

    Molekulyar og‘irlik 
    99,13 

    Kritik harorat, 
    0

    451 

    Kritik bosim, MPa 
    4,78 

    Harorat,
    0

    Yonish nuqtasi 
    Atmosfera bosimida qaynashi 
    Erishi 
    245 
    204,3 
    -23,6 

    Bug‘lanish entalpiyasi, kJ/mol 
    550 

    Kritik hajmi 
    0,316 


    133 

    Sirt tarangligi 
    0,041 

    Portlash chegarasi, hajmiy ulushda, % 
    Pasti 
    yuqorisi 
    1,3 
    9,5 
    10 Dipol momenti 
    1,7 
    N- metilpirrolidon kuchli qutbli erituvchi hisoblanadi. U rangsiz, 
    harakatchan suyuqlik bo‘lib, kuchsiz aminosulfatli hidi bor. N- metilpirrolidon 
    cheksiz proportsiyada suv va ko‘pgina organik erituvchilar bilan aralashishi 
    mumkin. N- metilpirrolidon suv bilan azeotropik aralashma hosil qilmaydi va 
    termik barqaror hisoblanadi. Moylar ishlab chiqarishda yarim tayyor 
    mahsulotlardan tozalashda N- metilpirrolidon aromatik uglevodorodlarni va 
    geterobirikmalarni, jumladan organik oltingugurtni tanlab eritadi. Parafin 
    uglevodorodlarni eritishda inert bo‘lgani uchun u furfurolga va ayniqsa fenolga 
    raqobat bardoshli hisoblanadi. 
    Moylarni selektiv erituvchilar bilan tozalash jarayoni uchun quyidagi 
    omillar muhimdir: 
    1. Jarayonning harorati. 
    2. Moy fraksiyasini erituvchida eruvchanligining kritik harorati. 
    3. Xom-ashyo va erituvchilarning nisbati. 
    4. Erituvchini xom-ashyo bilan o‘zaro ta’siri. 
    Bosim ostida suyultirilgan gazlarni erituvchi sifatida ishlatilishi.
    Erituvchini moy eritmasidan va kerak bo‘lmagan komponentlar eritmasidan 
    regeneratsiyalash bir necha bosqichda amalga oshiriladi: 
    - erituvchi yuqori haroratda va atmosfera bosimida haydab ajratiladi; 
    - suv bug‘i bilan haydab olinadi; 
    - vakuum ostida haydab olinadi; 
    Tozalangan mahsulotda erituvchining qoldiq miqdori 0,005-0,02% dan ortiq 
    bo‘lmasligi kerak. Moylarning qimmatbaho uglevodorodlari gach yoki 
    ekstraktga o‘tib ketishi mumkin. Bu asosan, erituvchining etarli darajada 
    selektiv bo‘lmaganligi sababli yuz beradi. Buning natijasida qimmatbaho va 
    keraksiz komponentlar orasida turgan uglevodorodlar yo‘qoladi. Bu 


    134 
    komponentlar ichki rafinat deyiladi. Bu komponentlarning yo‘qolishi asosiy 
    mahsulot chiqishini pasaytiradi. 
    Eng ko‘p tarqalgan tozalash mujassamlashgan qurilmalarda fenol va 
    furfurol yordamida o‘tkaziladi. Bunday qurilmalarning ahamiyatli tomoni 
    shundaki, ularda bir vaqtning o‘zida distillyatli va qoldiq xom-ashyoni qayta 
    ishlash imkoniyati mavjud. 
    Rafinat chiqishini oshirish va ekstrakt bilan birgalikda chiquvchi kerakli 
    komponentlar yo‘qolishini kamaytirish uchun, shuningdek turli tarkib va 
    xususiyatdagi ikki rafinatlarni olish maqsadida ikki bosqichli fenolli tozalash 
    qo‘llaniladi. Xom-ashyoni birinchi kiritilishida tozalash uchun talab etilgan 
    fenolni taxminan yarim miqdori beriladi. Ekstraktsion kolonna yuqorisidan 
    og‘irlashtirilgan rafinat ikkinchi bosiqch tozalash uchun ikkinchi ekstraktsion 
    kolonnaga yuboriladi va bu erga qolgan qism fenol kiritiladi. 
    Ikkinchi kolonna yuqorisidan yakuniy rafinatli eritma erituvchini qayta ishlash 
    jihoziga kiritiladi. Tozalashdagi 1 va 2-bosqich ekstraktli eritmalarni fenolli 
    qayta tiklash tizimiga yuboriladi. 
    Kam qovushqoqli past haroratda qotuvchi moylarni olish uchun engil 
    distillyatlarni tozalash nisbatan past haroratlarda (35-40
    0
    C) amalga oshiriladi. 
    Qurilma texnologik sxemasida sovutish tizimi tushirilgan. Sovutish tizimi 
    ekstraktsiya kolonnasi pastki qismidan retsirkulyatsiyalanuvchi xom-ashyo va 
    ekstraktli eritma uchun sovutgichlarda foydalaniladigan suvni 3-8
    0
    C ga sovutib 
    berishga mo‘ljallangan.

    Download 3,46 Mb.
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   115




    Download 3,46 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Neft va gazkondensatni qayta ishlash texnologiyasi

    Download 3,46 Mb.
    Pdf ko'rish