Neftni birlamchi qayta ishlash jarayonlari barcha neftni qayta ishlash zavodlarining asosini tashkil qiladi




Download 0.98 Mb.
bet6/21
Sana01.03.2024
Hajmi0.98 Mb.
#165180
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
2019 БАК Ильясова Малика
3-Ma\'ruza, O`QUV QO`LLANMA ZAMONAVIY LOGISTIK TEXNOLOGIYALAR, Zamonaviy logistik texnologiyalar, KEYS, Ташқи тақриз Элмуратов Р, 3-Laboratoriya, Index, Гурух мураббийлиги30,06,21, REG1-51, Uslubiy qo\'llanma TVTvaN kurs ishiga 2015, \'\'Navoiy\'\' va \'\'Bobur\'\'ga tadbir, инф письмо рус ва узбек тилида, ИНваДА (амалий иши), Elementlarning kashf qilinishi, Umumiy va anorganik kimyodan laboratoriya mashg`ulotlari
Keraksiz komponentlar

Neft navlari

I

II

III

IV

Xloridlar …dan ko‘p emas, mg/l

40

300

1800

3600

Suv …dan ko’p emas, (massa) %

0,2

1,0

1,0

2,0

Mexanik qo‘shimchalar …dan ko‘p emas, (massa) %

0,05

0,05

0,05

0,05

Neftni fizik barqarorlashtirish jarayoni gaz komponentlarini siqib chiqarish uchun mo‘ljallangan. Neft uzatilayotganda atrof-muhit harorati va yuqori bosim ta’sirida gazning to‘yingan bug‘lari o‘zi bilan birga benzin fraksiyasidagi kerakli komponentlarni olib chiqadi. Bunday bug‘lanishlar rezervuarlarda neft va neft mahsulotlarini qo‘yish va bo‘shatishda kuzatiladi. Shuning uchun yo‘qotishlar 5% (massa) gacha bo‘lishi mumkin.Bundan tashqari neft tarkibida gazlarning bo‘lishi quvurlarda bug‘ tiqinlarini hosil qilish xususiyatiga ega bo‘lib, uzatishni qiyinlashtiradi.


Neftni barqarorlashtirish qurilmasi konlarda quriladi va ishlatiladi. Faqat neftni barqarorlashtirish uchun bir kolonnali qurilma qo‘llaniladi. Ikki kolonnali qurilma esa birida neftni ikkinchisida gazli benzinni barqarorlashtirish o‘tkaziladi. Ikki kolonnali qurilmalar asosan tarkibi 1,5 % (massa) dan yuqori bo‘lgan erigan gaz tarkibli neftlar uchun foydalaniladi.
Ikki kolonnali neftni barqarorlashtirish qurilmasi texnologik tizimi (11-rasmda) keltirigan.
ELOU (elektrotuzsizlantirish-suvsizlantirish) qurilmasi orqali tozalangan neft xom ashyosi neft saqlagichlardan nasos 5 yordamida issiqlik almashtirgich 6 orqali uzatilib bug‘li qizdirgich 7 da qizdirilib, 60°C atrofidagi haroratda birinchi barqarorlashtirish kolonnasi 2 ning yuqori tarelkasi ostidan beriladi. Bu kolonna yo‘lakchasimon tipidagi tarelkalar bilan jihozlangan bo‘lib, tarelkalarning soni 16 tadan 26 tagacha bo‘lib, ulardan yuqori tarelka tindirgich va pastki uch tarelka esa aralashtiruvchi vazifasini bajaradi.
Kolonnadagi ortiqcha bosim 0,2-0,4 MPa bo‘lishi suvli sovutgich 8, kondensatorda benzin bug‘larini kondensatsiyalanishi uchun qulay sharoit yaratadi. Neft tarelkadan tarelkaga qo‘yilishida yuqoriga ko‘tarilayotgan qizigan bug‘lar bilan to‘qnashadi va yengil fraksiyalari ajrala boradi. Kolonna pastki qismida temperatura 1-chi pech orqali stirkulyasiyalanayotgan barqarorlashgan neft issiqligi hisobidan 130-105 °C da ushlab turiladi. Barqarorlashgan neft kolonna pasti qismidan nasos 4 yordamida issiqlik almashtirgich 6 orqali uzatiladi va xom ashyo neft shu issiqlik bo’yicha keying bosqichga o‘tadi. So‘ngra barqaror neft havoli sovutgich 19 dan o‘tib, barqaror neft saqlash omboriga va neftni qayta ishlash zavodlariga jo‘natiladi.
Kolonna 2 yuqorisidan chiqayotgan gazlar va bug‘lar aralashmasi sovutgich–kondensator 8 yordamida sovutiladi. Gazlar hosil bo‘lgan kondensat bilan birgalikda gaz-suv ajratgich 9 ga tushadi. Gaz-suv ajratgichning yuqorisidan kondensatsiyalanmagan quruq (metan, etan) gazlar qurilmadan ajratib olinadi.


Download 0.98 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Download 0.98 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Neftni birlamchi qayta ishlash jarayonlari barcha neftni qayta ishlash zavodlarining asosini tashkil qiladi

Download 0.98 Mb.