-rasm. Neftni barqarorlashtirish qurilmasining texnologik sxemasi




Download 0.98 Mb.
bet7/21
Sana01.03.2024
Hajmi0.98 Mb.
#165180
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
Bog'liq
2019 БАК Ильясова Малика
3-Ma\'ruza, O`QUV QO`LLANMA ZAMONAVIY LOGISTIK TEXNOLOGIYALAR, Zamonaviy logistik texnologiyalar, KEYS, Ташқи тақриз Элмуратов Р, 3-Laboratoriya, Index, Гурух мураббийлиги30,06,21, REG1-51, Uslubiy qo\'llanma TVTvaN kurs ishiga 2015, \'\'Navoiy\'\' va \'\'Bobur\'\'ga tadbir, инф письмо рус ва узбек тилида, ИНваДА (амалий иши), Elementlarning kashf qilinishi, Umumiy va anorganik kimyodan laboratoriya mashg`ulotlari
9-rasm. Neftni barqarorlashtirish qurilmasining texnologik sxemasi
1-quvurli pech; 2-13-kolonnalar ; 3,5,4,11,20-nasoslar; 6,17-issiqlik almashtirgichlar; 7-qizdirgich; 8,14-sovutgich kondensatorlar; 9-gaz-suv ajratgich; 10,16-reduksion klapanlar; 12-qaynatgich; 15-gaz separatori; 18-sovutgich; 19-havoli sovutgich.





Gaz chiqarish quvuriga redukstion klapan 10 o‘rnatish orqali kolonna 2 da va gaz-suv ajratgich 9 da bosim barqarorligi saqlanadi. Gaz-suv ajratgich vertikal ustunlarga bo‘lingan bo‘lib, qurilmaning pastki qismidan suv chiqariladi. Ikkinchi yarimidan uglevodorodlar aralashmasidan iborat kondensat nasos 11 yordamida issiqlik almashgich 17 orqali uzatiladi. Bu yerda aralashma taxminan 70 °C gacha qizdiriladi va shu haroratda barqarorlashtiruvchi kolonna 13 ning bug‘latish qismiga kiritiladi. Kolonna 30-32 ta yo‘laksimon tarelkaga ega bo‘lib, undagi bosim 1,3-1,5 MPa da tutib turiladi. Kolonna 13 ning yuqori qismidan chiqayotgan gazlarni (propan C3H8, butan C4H10) og‘ir qismi suvli sovutgich kondensator 14 da kondensatsiyalanib, gaz-separator 15 da kondensatsiyalanmaydigan qismidan ajratib olinadi.
Kondensatsiyalanmagan gaz gaz-separator 15 yuqorisidan chiqishda redukstion klapan 16 dan o‘tadi va gaz-suv ajratgich 9 dan kelayotgan gazlar oqimi bilan birlashadi. Kolonna 13 dagi bosim redukstion klapan 16 yordamida 1,2-1,5 MPa bosimda ushlab turiladi. Gaz-ajratgich 15 ning pastidan ajraladigan suyultirilgan gaz nasos 20 orqali mahsulotning bir qismi mahsulot sifatida mahsulot omboriga uzatiladi. Bir qismi esa kolonna 13 ning yuqori tarelkasidan sovuq oqimni hosil qilish uchun qayta kolonnaga quyiladi. Kolonna yuqorisidagi harorat 40-50 °C da ushlab turiladi. Erigan gazlarni to‘la ajralishiga erishish uchun kolonna pastidagi harorat 120-130 °C da bo‘lishi kerak. Bunday haroratni ta’minlash maqsadida barqaror benzin resirkulyasiyasini qaynatgich 12 orqali bug‘ yordamida qizdirish orqali erishiladi.
Qaynatgichda benzin 160-180 °C gacha suv bug‘i bilan qizdiriladi (0,3-0,5 MPa bosimda). Qaynatgichda hosil bo‘lgan bug‘lar kolonna 13 da, suyuq barqaror qismi esa qaynatgich 12 ning ichki to‘siqlari orqali sizib o‘tib, tizimning bosimi ostida issiqlik almashgich 17 dan o‘tib, sovutgich 18 da sovutiladi. So‘ngra barqaror benzin saqlanadigan mahsulot omboriga jo‘natiladi.
Yengil neftni barqarorlashtirish natijasida uning tarkibidan metan, etan va propan 95% gacha ajratiladi. Neftni 40 °C dagi to‘yingan bug‘lar bosimi 0,55 dan 0,03 MPa gacha pasayadi, bu esa neftni tashish va saqlashda uning doimiy fraksion tarkibda qolishini kafolatlaydi.

Download 0.98 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Download 0.98 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Neftni barqarorlashtirish qurilmasining texnologik sxemasi

Download 0.98 Mb.