-rasm. Grozniy institutining yig‘ish tizimi




Download 0.98 Mb.
bet3/21
Sana01.03.2024
Hajmi0.98 Mb.
#165180
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
2019 БАК Ильясова Малика
3-Ma\'ruza, O`QUV QO`LLANMA ZAMONAVIY LOGISTIK TEXNOLOGIYALAR, Zamonaviy logistik texnologiyalar, KEYS, Ташқи тақриз Элмуратов Р, 3-Laboratoriya, Index, Гурух мураббийлиги30,06,21, REG1-51, Uslubiy qo\'llanma TVTvaN kurs ishiga 2015, \'\'Navoiy\'\' va \'\'Bobur\'\'ga tadbir, инф письмо рус ва узбек тилида, ИНваДА (амалий иши), Elementlarning kashf qilinishi, Umumiy va anorganik kimyodan laboratoriya mashg`ulotlari
2
-rasm. Grozniy institutining yig‘ish tizimi.
1 – quduq; 2 – guruhlar bo‘yicha o‘lchagich; 3 – neftni tayyorlash tizimi; 4 – gazni qayta ishlash; 5 – gazsislantirish; 6 – neftni barqarorlashtirish.
Bu yig‘ish tizimida yuqori bosimidagi favvora usuli bilan ishlayotgan quduqlar (1) boshida 6-7 MPa bosim saqlanib turiladi, buning natijasida neft guruhiy o‘lchagich qurilmasigacha (2) va undan keyin birinchi bosqich gazsizlantirish qurilmasiga (3) hamda neftni tayyorlash tizimlarigacha o‘z bosimi bilan yetib borishi ta’minlanadi. Quduqlar boshidan 6-7 MPa bosim saqlab turilishi neftni tayyorlash tizimini 100 km masofagacha uzoqlikda o‘rnatish imkoniyatini beradi.
Guruhiy o‘lchagich qurilmasida (2) 14 tagacha quduqlarni xomashyo miqdori o‘lchash mumkin. Guruhiy o‘lchagich qurilmasidan neft, agar erigan gaz miqdori juda ko‘p bo‘lsa, birinchi bosqich gazsizlantirgichga yo‘naltiriladi. Bu yerda dastlabki ajratib olingan gaz to‘g‘ri gazni qayta ishlash zavodi (4)ga yoki boshqa bir iste’molchiga yuboriladi. Neft birinchi bosqich gazsizlantirgichdan o‘tgandan so‘ng markaziy gazsizlantirish qurilmalariga (5) yo‘naltiriladi. Bu yerda neft uch bosqichli gazsizlantirish jaryonidan o‘tadi. Ajratib olingan gazni o‘zi ham unda erigan holda bo‘lgan og‘ir karbonsuvlardan (kondensat, neft zarrachalari) tozalandi, quritiladi va gazni qayta ishlash zavodiga (4) yoki iste’molchiga yuboriladi. Gazsizlantirilgan neft esa neftni barqarorlashtirish qurilmalariga (6) yetib keladi. Bu yerda suv va qum zarrachalaridan tozalanib, tayyor mahsulot holiga keltiriladi va bu yerdan neftni qayta ishlash zavodlariga yoki temir yo‘l neft quyish estakadalariga quvur orqali jo‘natiladi.
Grozniy neft institutining yig‘ish tizimini o‘ziga хosligi bu quduqdan chiqayotgan neft, gaz va suvli suyuqlik bir katta quvur orqali uzoq masofaga (100 km. gacha) uzatilishi bo‘lib, bunday uzatishda quvurdagi oqimni uzluksizligiga, oqimni uzatish tarziga katta ahamiyat beriladi.
Bunday tizimdagi neft yig‘ish, uzatish va tayyorlash Shimoliy Kavkaz va Ukraina konlarida ko‘proq qo‘llaniladi.
Bu tizimning yana bir afzalligi 100 km radiusda joylashgan bir necha konlar uchun tayyorlash tizimlarini bir joyda butlangan holda qurish mumkinligidadir.
Yig‘ishning Giprovostok tizimi neft yig‘ish va tayyorlash jarayonlarini yanada yiriklashtirish, bir yerda mujassamlashtirish va mahsulotlarni (neft, gaz, kondensat) bosim yetarli bo‘lmagan holda alohida jo‘natish uchun yaratilgan (3-rasm).

Download 0.98 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Download 0.98 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Grozniy institutining yig‘ish tizimi

Download 0.98 Mb.