Neftni birlamchi qayta ishlash jarayonlari barcha neftni qayta ishlash zavodlarining asosini tashkil qiladi




Download 0.98 Mb.
bet5/21
Sana01.03.2024
Hajmi0.98 Mb.
#165180
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
2019 БАК Ильясова Малика
3-Ma\'ruza, O`QUV QO`LLANMA ZAMONAVIY LOGISTIK TEXNOLOGIYALAR, Zamonaviy logistik texnologiyalar, KEYS, Ташқи тақриз Элмуратов Р, 3-Laboratoriya, Index, Гурух мураббийлиги30,06,21, REG1-51, Uslubiy qo\'llanma TVTvaN kurs ishiga 2015, \'\'Navoiy\'\' va \'\'Bobur\'\'ga tadbir, инф письмо рус ва узбек тилида, ИНваДА (амалий иши), Elementlarning kashf qilinishi, Umumiy va anorganik kimyodan laboratoriya mashg`ulotlari

1.2 Neftni barqarorlashtirish


Neftni qayta ishlash uchun turli xil mahsulotlarni ishlab chiqarish ko‘p jihatdan xom ashyo – neftning sifatiga ham bog‘liq. Ammo hosil bo‘lgan mahsulot sifatida qayta ishlash uchun texnologik jarayonlarni tanlash ham, har bir jarayonning sifati ham muhim rol o‘ynaydi.
Neft xom asyosidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bitta jarayon orqali birorta ham neft mahsulotini (gazlardan tashqari) eksport yoki import qilish mumkin emas, ularning barchasi bir nechta qurilmalarda ketma-ket qayta ishlash orqali sotuvga chiqariladi. Ushbu ketma-ketlikning birinchi bosqichi har doim ELOU-AVT qurilmasi orqali o‘tib, texnologik tizimning boshqa barcha bo‘g‘inlarining ishlab chiqarish unumdorligi va mahsulot sifati ushbu birinchi qayta ishlash xom ashyosining sifatiga bog‘liq bo‘ladi.
Bizga ma’lumki, neft, gaz va gaz-kondensati konlardan burg‘ilash yo‘li bilan o‘z bosimi ostida yoki nasoslar yordamida yer qa’ridan qazib olinadi. Dunyo olimlarining fikriga ko‘ra neft, gaz va gaz-kondensati organik moddalar mahsuli sifatida qaraladi. Ular dastlab dengiz loyihalari orasida qolib ketgan o‘simliklarning kimyoviy o‘zgarishlari orqali vujudga kelganligi qayd qilinadi. Neft bir jinsli suyuqlik bo‘lmay, balki tartibida turli molekula og‘irligiga ega bo‘lgan uglevodorodlar aralashmasidan iboratdir. Tartibi ham har xil bo‘lib, undagi oltingugurtli, azotli, kislorodli va smolasimon moddalar miqdori bilan farq qiladi.
Konlardan qazib chiqarilayotgan neft o‘zi bilan birgalikda yo‘ldosh gazlar, qum yoki tuz kristallari va suvni olib chiqadi. Neftdagi yo‘ldosh va erigan gazlar separatorlarda quduq bosimidan, atmosfera bosimigacha pasaytirish yo‘li bilan ajratiladi. Separator yuqori qismidan ajratilgan gaz qisman kondensatdan ajratilib, gazni qayta ishlash zavodlariga yoki qatlam bosimini saqlash maqsadida quduqqa qayta uzatiladi. Neft separatorlardan o‘tgandan keyin ham uning tarkibida erigan gazlar qoladi, ya’ni ularning miqdori 4 % (massa bo‘yicha) gacha yetadi. Separatorlarda gazlarni ajratish bilan bir vaqtda neftdagi mexanik jinslar va suv katta miqdorda ajraladi. Shuning uchun separatorlarni tindirish qurilmasi ham deb ataladi. Separatorlardan ajratib olingan neft 30-50 ming. m3 hajmli tindirgichli saqlagichlarda saqlanadi va u yerdan ELOU qurilmasiga, neftdan tuz va suvni ajratish uchun uzatiladi.
Neftni qayta ishlash zavodlariga beriladigan neftlar GOST 9965-62 ga muvofiq undagi xloridlar, suv va qo‘shimchalar miqdori quyidagi jadvalda keltirilgan.
1-jadval

Xloridlar, mg/litr

40 mg/litr

Suv, % (massa)

0,1 % (massa)

Mexanik qo‘shimchalar, % (massa)

0,05 % (massa)

Biroq ushbu talabni hamma vaqt ham bajarish imkoni bo‘lmaydi, ayniqsa yangi konlar uchun, shunga ko‘ra 1971 yil 1-yanvardan neftni qayta ishlash zavodlariga neftni quyidagi me’yorlarga ko‘ra yetkazib beriladi.


2-jadval


Download 0.98 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Download 0.98 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Neftni birlamchi qayta ishlash jarayonlari barcha neftni qayta ishlash zavodlarining asosini tashkil qiladi

Download 0.98 Mb.