• 10-rasm. Suv tomchisi emulsiyasi.
  • 1 1-rasm. Elektrodemineralizatorning printsipial tizimi
  • Neftni tuzsizlantirish va suvsizlantirish




    Download 0.98 Mb.
    bet8/21
    Sana01.03.2024
    Hajmi0.98 Mb.
    #165180
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
    Bog'liq
    2019 БАК Ильясова Малика
    3-Ma\'ruza, O`QUV QO`LLANMA ZAMONAVIY LOGISTIK TEXNOLOGIYALAR, Zamonaviy logistik texnologiyalar, KEYS, Ташқи тақриз Элмуратов Р, 3-Laboratoriya, Index, Гурух мураббийлиги30,06,21, REG1-51, Uslubiy qo\'llanma TVTvaN kurs ishiga 2015, \'\'Navoiy\'\' va \'\'Bobur\'\'ga tadbir, инф письмо рус ва узбек тилида, ИНваДА (амалий иши), Elementlarning kashf qilinishi, Umumiy va anorganik kimyodan laboratoriya mashg`ulotlari
    1.3 Neftni tuzsizlantirish va suvsizlantirish
    Neftni qayta ishlash zavodlariga keladigan neftlardagi suvning katta qismi 2-5 mkm diametrdagi suv tomchilaridan hosil bo‘lgan emulsiya ko‘rinishida bo‘ladi. Neftli muhitdan tomchi yuzasiga smolasimon moddalar, asfaltenlar, organik kislotalar va ularni neftda erigan tuzlari adsorbsiyalanadi. Shuningdek, qiyin suyuqlanadigan parafinlarni yuqori dispers zarralari neftga aralashgan bo‘ladi. Vaqt o‘tishi bilan adsorbsiya qavati qalinlashib, uning mexanik mustahkamligi ortadi va emulsiya susayishi kuzatiladi. Bu holatni oldini olish maqsadida ko‘pgina konlarda neftga deemulgator qo‘shiladi. Deemulgatorlardan neftni suvsizlantirishni termokimyoviy va elektrokimyoviy usullarida foydalaniladi. Deemulgatorlar sarfi har bir tonna neft uchun 0,002 - 0,005 % (massa) oralig‘ida bo‘ladi.
    Neftni deminerallash – uning korrozion aktivligini kamaytirishning asosiy usullaridan biri bo‘lib, xom ashyo holidagi neft tarkibidagi mineral tuzlarni maksimal darajada ajratib olishdir.
    10-rasm. Suv tomchisi emulsiyasi. 1 – neft, 2 – suv
    Neft tarkibidagi mineral tuzlar ikki ko‘rinishda:
    1) uglevodorodlar bilan aralashgan kristallar;
    2) neft tarkibidagi suvda erigan tuzlarning emulsiyasi ko‘rinishida bo‘ladi.
    Neft tarkibidagi mineral tuzlar erigan suv tomchisi (emulsiya) o‘lchami 1/10 mikron bo‘lib, u emulsiya zarrachasi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi va emulgator zarrachalari yordamida barqarorlashgandir.
    1
    1-rasm. Elektrodemineralizatorning printsipial tizimi

    Neft tarkibidagi emulgatorlar qatoriga quyidagilar kiradi:
    -naftenatlar;
    -asfalten yoki oleatlar (organik kislota tuzlari);
    -temir sulfidi.
    Emulsiya yadrosini o‘rab turuvchi qatlam murakkab, ko‘p qavatli tuzilishiga ega ekanligi sababli tomchilarni o‘zaro bir-biriga qo‘shilib ketishi (dekantatsiyasi)ga qarshilik qiladi.
    Emulsiyaning “yoshi” qanchalik katta bo‘lsa, uning buzilishi shunchalik qiyin va barqarorligi yuqori bo‘ladi. Deminerallash jarayoni maqsadi – neft xomashyosi tarkibidagi barcha mineral tuzlaridan ajratish jarayoni. Bu jarayon demineralizatorda amalga oshirilib, quyidagi o‘zaro ketma-ket boruvchi bosqichlardan iborat:

    • “neft-suv” yupqa qatlami orqali mineral tuzlarni “deminerallash suvi”ga o‘tkazish;

    • elektr maydoni ta’sirida tuzga to‘yingan suv tomchilarini elektrokoalestsentsiya yo‘li bilan yiriklashtirish;

    • gravitasiya kuchlari ta’sirida neft xomashyosi tarkibidagi suvni ajratish.

    Demineralizatorning umumiy ko‘rinishi (8-rasmda) keltirilgan.
    Uning ishlash prinsipi:
    Neft tarkibidagi tuzlarni suvda diffuziyalanishini ta’minlash. Buning uchun qaynoq suv bir necha joydan neft tarkibiga purkaladi va emulsiyalangan “neft – suv” aralashmasi demineralizatorga yuboriladi. Suvning umumiy miqdori 3 - 6% ni tashkil etib, aralashtirgich yordamida aralashtirilib turiladi.
    a) Suv tomchilarini elektrokoalestsentsiyalash. Suvning neftdagi emulsiyasi uzluksiz neft fazasida suv tomchilarining tarqalishidan hosil bo‘lgan 1/9 mikron o‘lchamdagi zarrachalardan iborat. Bu zarrachalarni neft tarkibidan ajratish (separatsiyalash) uchun gravitatsion ta’sir tufayli yiriklashtirilib, suv qatlam holiga o‘tkaziladi (dekantasiyalanadi).

    Download 0.98 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




    Download 0.98 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Neftni tuzsizlantirish va suvsizlantirish

    Download 0.98 Mb.