I BOB. UMUMIY QISM 1.1 Neft va gaz kondensatni qayta ishlashga tayyorlash




Download 0.98 Mb.
bet2/21
Sana01.03.2024
Hajmi0.98 Mb.
#165180
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
2019 БАК Ильясова Малика
3-Ma\'ruza, O`QUV QO`LLANMA ZAMONAVIY LOGISTIK TEXNOLOGIYALAR, Zamonaviy logistik texnologiyalar, KEYS, Ташқи тақриз Элмуратов Р, 3-Laboratoriya, Index, Гурух мураббийлиги30,06,21, REG1-51, Uslubiy qo\'llanma TVTvaN kurs ishiga 2015, \'\'Navoiy\'\' va \'\'Bobur\'\'ga tadbir, инф письмо рус ва узбек тилида, ИНваДА (амалий иши), Elementlarning kashf qilinishi, Umumiy va anorganik kimyodan laboratoriya mashg`ulotlari

I BOB. UMUMIY QISM

1.1 Neft va gaz kondensatni qayta ishlashga tayyorlash

1.1.1 Uglevodorodli xomashyoni yig‘ish va qayta ishlashga tayyorlash


Konlarda neft va gazni yig‘ish tizimi quduqdan to neft yoki gazni tayyorlash qurilmalarigacha bo‘lgan quvurlar, o‘lchov asboblari va yig‘ish punktlarini o‘z ichiga oladi.
Neftni quduqlardan yig‘ish va tayyorlashning bir necha tizimlari mavjud. Baronyan - Vezirov yig‘ish tizimi 1946-yilda Bokulik muhandislar tomonidan yaratilgan bo‘lib, bu tizim birinchi to‘liq yopiq holda ishlangan neft yig‘ish va tayyorlash tizimi bo‘lib hisoblanadi (1-rasm). Bu tizimda neftni yig‘ish uchun quduqlar (1, 12, 13) boshidagi bosimni 0,5-0,6 MPa atrofida saqlab turishi kerak bo‘ladi. Bunday bosim neftni boshlang‘ich yig‘ish va o‘lchash punktlaridagi asboblarga (3), undan keyin esa neftni tayoyrlash uskunalarigacha yetib borishini ta’minlaydi.

1-rasm. Baronyan-Vezirov neft yig‘ish tizimi. 1, 12, 13 – quduq; 2, 10 – gaz-separator; 3-4 – yig‘uvchi-tindirgich; 5 – ajratgich; 6 – tindirgich; 7 – katta hajmli saqlagich; 9, 11 – kompressor.
Agar quduqlar boshidagi bosim 0,6 MPa dan oshiq bo‘lsa, u holda bunday quduq oldida maхsus gazajratkichlar (2) o‘rnatilib, bu yerda neftdagi erigan gaz ajratib olinib gaz yig‘ish tizimiga yo‘naltiriladi.
Neft quduqlardan chiqib yo‘naltiruvchi quvurlar orqali o‘lchash asbobiga yetib keladi. Bu yerda har bir quduq xom ashyo miqdori navbatma-navbat o‘lchanadi. Bir o‘lchov asbobiga yettitagacha quduq ulanishi mumkin. O‘lchov asbobidan o‘tgandan keyin ajratilgan gaz maхsus ajratkichga (5) yuborilib, u yerda 0,1 MPa bosimgacha gazdan neft tomchilari ajratib olinadi va gaz gazquritkichga yo‘naltiriladi. Bu yerda gaz quritilib, tozalangandan so‘ng yuqori bosimli kompressorlarga (11) yo‘naltiriladi. Kompressorlarda (11) gaz yuqori bosimgacha siqiladi va gazdagi kondensatni ajratib olish uchun yana bir gazajratkichga (10) yo‘naltiriladi. Bu yerdan chiqqan to‘liq tozalangan gaz, gazni qayta ishlash zavodiga yoki gaz ko‘targich usuli bilan ishlayotgan quduqlarga yuboriladi.
Qurilmalardan chiqqan neft tindirgichlarga (6) yo‘naltiriladi. Bu tindirgichlarda (6) neftdan suv va qattiq moddalar (qum) ajratib olinadi. Tozalangan neft katta hajmdagi maхsus neft saqlagichlarga (7) yuboriladi. Tayyor mahsulot holdagi neft saqlagichlardan (7) neftni qayta ishlash zavodiga yoki temir yo‘ldagi neft quyish estakadalariga neft quvurlari orqali nasos stansiyasi yordamida haydaladi.
Tindirgichlardan (6) ajratib olingan suv va qum birgalikda qumajratkichga kelib tushadi. Bu yerda qum suvdan ajratib olinadi, suvni maхsus suv yig‘iladigan hovuzlarga jo‘natiladi. U yerda suv yuzida yig‘ilgan neft nasoslar orqali tortib olinib tindirgichlarga yuboriladi.
Baronyan - Vezirov yig‘ish tizimi Ozarbayjon, Turkmaniston kabi davlatlardagi konlarda hozirgacha saqlanib qolgan.
Grozniy neft institutining yig‘ish tizimi o‘z ichiga to‘rt yirik butlangan tizimlarni biriktirgan bo‘lib, Baronyan - Vezirov yig‘ish tizimidan zamonaviyligi, qulayliklari va mahsulot yo‘qotilishlar minimumgacha kamaytirilganligi bilan farq qiladi (2-rasm).
To‘rt yirik butlangan tizimga guruhlar bo‘yicha o‘lchagich qurilmasi, birinchi bosqich gazsizlantirish qurilmasi (kerak bo‘lgan hollarda), markaziy gazsizlantirish qurilmalari va neftni mujassam tayyorlash qurilmalari kiradi.



Download 0.98 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Download 0.98 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I BOB. UMUMIY QISM 1.1 Neft va gaz kondensatni qayta ishlashga tayyorlash

Download 0.98 Mb.