|
Nigmatov XBog'liq Nigmatov XSimvolli ma’lumotlar
. Matnlarni ishlashda, ma’lumotlar bazalarini
boshqarishda va boshqa shularga o‘xshash xollarda simvolli ma’lumotlar bilan
ishlashga to‘g‘ri keladi. Simvolli ma’lumotlarga misol qilib ASCII (American
Standard Code for Information Interchange) va UNICODE kodlarini keltirish
mumkin. Ularning uzunliklari mos xolda 7 (8) va 16 razryadli bo‘lishi mumkin (1.1-
jadval).
Qatorlar ko‘rinishidagi ma’lumotlar
yoki qatorlar ko‘rinishidagi
o‘zgaruvchilar. Bu xildagi ma’lumotlarning oxirida maxsus belgi yoki qatorning
uzunligini ko‘rsatuvchi qismi mavjud bo‘ladi. Kompyuterda ushbu qatorlar ustida –
ko‘chirib yozish, qidirib topish va ularni tahrirlash amallarini bajaruvchi buyruqlar
mavjud.
Mantiqiy ma’lumotlar
. Mantiqiy ma’lumotlar esa ikkita qiymatga ega bo‘lishi
mumkin: rost yoki yolg‘on (true yoki falshe), ya’ni 1 yoki 0.
1.1-jadval. ASCII simvollariga to‘g‘ri keladigan kodlarning jadvali.
34
Pentium 4 protsessorida qo‘llaniladigan ma’lumotlarning xillari
.
Pentium 4 protsessori IEEE 754 standartiga asoslangan - ikkilik ishorali va ishorasiz
butun sonlarni, ikkilik-o‘nlik sanoq sistemasidagi sonlarni va suriluvchi nuqtali
sonlarni ifodalay oladi [16]. Bu protsessor asosida qurilgan kompyuter 8/16 –
razryadli kompyuter hisoblanib, shunday uzunlikka ega bo‘lgan butun sonlar bilan
ishlay oladi (1.2-jadval). Unda ko‘p sonli arifmetik buyruqlarni, bul amallarini va
taqqoslash amallarini bajarish mumkin. Pentium 4 protsessori 8-razryadli ASCII
simvollari bilan ishlay oladi, unda simvollardan iborat bo‘lgan qatorlarni ko‘chirib
yozish va qidirib topish kabi maxsus buyruqlar ham mavjud.
1.2-jadval. Pentium 4 protsessori raqamli ma’lumotlarining xillari.
|
| |