|
CD ROM (Compact Disk Read Only Memory)
|
bet | 13/78 | Sana | 16.02.2024 | Hajmi | 2,91 Mb. | | #157845 |
Bog'liq DZwWQ1RQ5RjXoFIzijQp7faOQzd17hCLJY0v7gEQCD ROM (Compact Disk Read Only Memory)–faqat ma’lumotni o`qish uchun mo`ljallangan lazer disk qurilmasi. Uning ishlash prinsipi shundan iboratki, u diskning yuqori ustki qismida joylashgan raqamli ma’lumotlarni lazer nuri yordamida o`qiydi. Ma’lumot tashuvchi sifatida oddiy kompakt–disk CD ishlatiladi. Unga 650 Mbayt hajmdagi ma’lumot sig`ishi hamda uni ishlatish qulayligi bilan alohida etiborga loyiqdir. Bunday katta hajmlar multimediyali axborotlarga xos bo`lgani uchun CD-ROM qurilmasi multimediya uskunalari sarasiga kiradi. Multimediyali axborotlardan tashqari kompakt diskda har xil tizim va amaliy dasturlarni, elektron kitoblarni ham saqlashi mumkin. Kompakt disklarning boshqa turlari ham mavjud, masalan CD Writer, CD–R, CD–RW, DVD va boshqalar.
CD–R (CD-Recordable). U CD-ROM ga o`xshash bo`lib, diskning o`lchami va yozish formati bir xil. Bu kompak diskka faqat bir marta yoziladi va cheksiz marta o`qiladi. Berilganlarni yozish uchun maxsus dasturi ta’minotdan foydalaniladi.
CD–RW (CD-ReWritable). Bu diskga ma’lumotlarni ko`p marotaba yozish mumkin bo`lib, shu bilan birga uning bo`sh joyiga boshqa ma’lumotni ham yozish mumkin. Bundan tashqari diksga to`liq qayta ma’lumot yozish mumkin bo`lib, undagi avvalgi ma’lumotlar yo`qotiladi. Bunda ham xuddi CD–R dagidek ma’lumotlarni yozish uchun maxsus dastur kerak.
DVD (Digital Video Disk)-diskdagi raqamli video yozuvlarni o`qish uchun mo`ljallangan qurilma. DVD–disklar CD-ROM ga o`xshash bo`lib, lekin DVD– diskning bir tomoniga 4,7 Gbaytgacha, ikkala tomoniga esa 9,4 Gbayigacha ma’lumot yozish mumkin. Agar ikki sloyli DVD–disk ishlatilsa, u holda uning bir tomoniga 8,5 Gbaytgacha, mos ravishda ikkala tomoniga 17 Gbaytgacha ma’lumot yozish mumkin bo`ladi. DVD–disklarga ma’lumotlarni qayta yozish mumkin.
Monitor-bu chiqarish qurilmasi bo`lib, kompyuterda matnli va grafikli ma’lumotlarni tasvirlash uchun xizmat qiladi. Monitorlar rangli va rangsiz bo`ladi. Foydalanuvchilarning nuqtai nazariga ko`ra, monitorlarning asosiy xarakteristikalari quyidagilar hisoblanadi:
1.5-rasm
dioganal bo`yicha o`lchami;
tasvirlash qobilyati;
regeneratsiya chastotasi.
Monitor o`lchami. Monitor ekrani dioganal bo`yicha dyumlarda hisoblanadi. O`lchamlar 9 dyumdan (23 sm) to 42 dyum (106 sm) orasida o`zgaradi. Ekran
qancha katta bo`lsa, monitor shuncha qimmat bo`ladi. Hozirda 14, 15, 17, 19 va 21 dyumlilar keng tarqalgan. Katta o`lchamdagi monitorlarni nashiryotda va grafik ishlarda ishlatish qulay bo`lib, ekranda tasvirning barcha detallairni yaqqol ko`rinadi.
Tasvirlash qobilyati. Tasvirlash qobilyati ekranning gorizontali va vertikalidagi nuqtalar soni bilan beriladi. Ya’ni, tasvirlarni hosil qilishda ularni hosil qiluvchi piksellar (nuqtalar) o`lchovining katta–kichikligidir. “Tasvirlash qobilyati 800x600” ifodasi, monitor 600 ta gorizontal qatorning har birida 800 tadan nuqtalarni tasvirlashi mumkinligini anglatadi. Quyidagi tasvirlash qobilyati
rejimlari standart hisoblanadi: 800x600, 1024x786, 1152x864 va yuqori. Monitorning bu xususiyati ekran nuqtalarining o`chovlari bilan aniqlanadi. Tasvirlash qobilyati 800x600 ga teng bo`lgan monitorlarda yaxshi tasvir piksel 0,31 mm ga, 1024x786 ga teng bo`lgan monitorlarda esa piksel 0,28 yoki 0,25 mm ga teng bo`lishi kerak. Tasvirlash qobilyati qancha katta bo`lsa shuncha tasvir sifati oshadi. Monitorning tez ishlashi uning adapteriga bog`liq bo`ladi. Matn rejimida monitorlar nisbatan tez ishlasada, grafik rejimda u sekinroq ishlaydi.
Regeneratsiya chastotasi. U monitor tasvirini ekranda necha sekunda to`liq namoyish etishini ko`rsatadi. Regeneratsiya chastotasi gerslarda (Гц) o`lchanadi. Chastota qancha katta bo`lsa, shuncha ko`p ishlash mumkin va ko`z kam charchaydi. Bu parametr videoadapter xarakteristikasiga ham bog`liqdir.
|
| |