• 2-bob. Asosiy tushunchalar 4.Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: elektron tizim
  • Nizom 1-bob. Umumiy qoidalar




    Download 197.01 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/3
    Sana26.04.2023
    Hajmi197.01 Kb.
    #54074
      1   2   3
    Bog'liq
    Nizom uz



    Xalqaro o‘zbek tili va adabiyoti fan olimpiadasini tashkil etish 
    va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida 
    NIZOM 
    1-bob. Umumiy qoidalar 
    1. Mazkur Nizom umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida 
    o‘tkaziladigan xalqaro o‘zbek tili va adabiyoti onlayn fan olimpiadasini (keyingi o‘rinlarda 
    - Xalqaro olimpiada) tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi. 
    2. Xalqaro olimpiadada xorijiy davlat fuqarosi (millatidan qat’i nazar) bo‘lgan 15-17 
    yoshli umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari ishtirok etadi. 
    3. Xalqaro olimpiada Xalq ta’limi vazirligining Fan olimpiadalari bo‘yicha iqtidorli 
    o‘quvchilar bilan ishlash departamenti tomonidan elektron tizim orqali onlayn shaklda 
    o‘tkaziladi. 
    2-bob. Asosiy tushunchalar 
    4.Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: 
    elektron tizim - Xalq ta’limi vazirligining Fan olimpiadalari bo‘yicha iqtidorli o‘quvchilar 
    bilan ishlash departamenti tomonidan yuritiladigan, onlayn olimpiadalar tashkil etish 
    bo‘yicha veb-sayt
    test topshiriqlari - o‘zbek tili va adabiyoti fani doirasidagi mavzular yuzasidan 
    o‘quvchilarning bilim, malaka va ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan topshiriqlar 
    majmuasi. 
    3-bob. Xalqaro olimpiadaning maqsad va vazifalari 


    5.Xalqaro olimpiadaning maqsadi xorijiy davlatlar bilan fan va ta’lim sohasida 
    hamkorlikni kuchaytirish orqali chet ellik yoshlaming o‘zbek tili va adabiyotiga bo‘lgan 
    qiziqishini, o‘zbek tilining xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirishdan iborat. 
    6.Quyidagilar xalqaro olimpiadaning asosiy vazifalari hisoblanadi: 
    xorijiy davlatlardagi o‘zbek tili va adabiyotini o‘rganayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, 
    eng iqtidorlilarini aniqlash, qobiliyatlarini yanada rivojlantirish
    xorijiy davlatlarda o‘zbek tili va adabiyoti, madaniyatini keng targ‘ib qilish; 
    xorijdagi o‘zbek tilini o‘rganishga intilayotgan o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash va 
    rag‘batlantirish. 

    Download 197.01 Kb.
      1   2   3




    Download 197.01 Kb.
    Pdf ko'rish