Didaktik
vositalar his qilish, sezish uchun foydalanishiga ko‘ra ham tasnif qilinadi. Bunday
bog‘liqlikka ko‘ra didaktik vositalar vizual (ko‘rish) - haqiqiy(original) narsalar yoki turli obrazli
ekvivalentlari, diagrammalar,
kartalar; audial(eshitish) - radio, magnitofon, musiqa asboblari;
audioizual(ko‘rish-eshitish) - ovozli filmlar,
televidenie, kompyuterlar, didaktik mashinalar, elektron
darsliklar.
Ta’limning texnik vositalari.
TTV - bu o‘zida o‘quv- axborotlarini ekranli-ovozli
aks ettiruvchi
asbob va moslamalardir. Ularga quyidagilar kiradi: o‘quv kinofilmlari; diafilmlar; kompyuterlar;
magnitofon tasmalari;
radioeshittirish; teleko‘rsatuvlar.
Ta’limning texnik vositalarini quyidagi turlarga ajratish mumkin: axborot; aralash(kombinatsion);
trenajyor; bilimlarni nazorat qilish vositalari; audiovizual vositalar.
Ta’ limning texnik vositalari quyidagi funktsiyalarni bajaradi:
•
ta’limning sifati va samaradorligini oshiradi;
•
o‘quv jarayonining jadallashuvini ta’minlaydi;
•
o‘quvchilarni idrok qilishga yo‘naltiradi;
•
o‘quvchilarda bilimlarni egallashga nisbatan katta qiziqish hosil qiladi;
•
dunyoqarashni, ishonchni, o‘quvchilarning axloqiy qiyofasini shakllantirishga yordam beradi;
•
o‘quv ishiga nisbatan o‘quvchilarda emotsional munosabatni oshirishni ta’minlaydi;
•
bilimlarni nazorat, o‘zini-o‘zi nazorat qilishni ta’minlaydi.