3.Ta’lim metodlarining mohiyati va mazmuni.
Hikoya
- o‘qituvchi tomonidan mavzuga oid dalil, hodisa va voqealarning yaxlit yoki qismlarga
bo‘lib, tasviriy vositalar yordamida obrazli tasvirlash yo‘li bilan ixcham, qisqa va izchil bayon qilinishi.
Metodning samarasi ko‘p jihatdan o‘qituvchining nuqt mahorati, so‘zlarni o‘z o‘rnida, ifodali bayon
qilishi, shuningdek, o‘quvchilarning yoshi, rivojlanish darajasini inobatga olgan holda yondashuviga
bog‘liq. Shu bois hikoya mazmuni o‘quvchilarning mavjud bilimlariga tayanishi, ularni kengaytirishga
xizmat qilishi zarur. Hikoyaning axborotlar bilan boyitilishi maqsadga muvofiqdir.
Hikoya qilinayotgan materialni samaralash maxsus reja asosida amalga oshiriladi. O‘qituvchi har bir
darsda uning maqsadini aniq belgilab oladi, undagi asosiy tushunchalarga alohida urg‘u berishga
e’tiborni qaratadi.
Suhbat
- savol va javob shaklidagi dialogik ta’lim metodi bo‘lib, u fanga qadimdan ma’lum, xatto
undan o‘z faoliyatida Suqrot ham mohirona foydalangan. Suhbat ta’lim jarayonida ko‘p funktsiyalar
(aqliy fikrlash, hozirjavoblik, muloqot madaniyati va boshqa sifatlarni shakllantiradi) bajaradi, ammo
asosiysi o‘quvchida faollikni yuzaga keltiradi. Suhbat o‘qituvchi fikriga mos harakat qilish, natijada
yangi bilimlarni bosqichma-bosqich egallashga imkon beradi.
Suhbat - faoliyatni endigina boshlagan o‘qituvchi uchun murakkab ta’lim metodi hisoblanadi,
binobarin, savollarni tayyorlash, ularning ketma-ketligini ta’minlash ko‘p vaqt talab etadi, uni tashkil
etishda esa barcha o‘quvchilarning diqqatini jalb etish talab qilinadi. O‘qituvchi oddiy savollar berishi,
o‘quvchilarga ular yuzasidan batafsil o‘ylash uchun vaqt ajratishi, o‘quvchilarning javoblarini esa diqqat
bilan tinglashi, zarur o‘rinlarda ularni sharhlashi lozim. Shu bois suhbatda bilish deduktiv yoki induktiv
yo‘l bilan amalga oshadi. Deduktiv suhbat o‘quvchilarga oldindan ma’lum bo‘lgan qoidalar,
tushunchalar, hodisalar, jarayonlar asosida tashkil etilib, o‘quvchilar tahlil yordamida xususiy xulosalarga
keladilar. Suhbatning induktiv shaklida alohida dalillar, tushunchalarning tahlil asosida umumiy xulosaga
kelinadi.
Suhbat ko‘proq o‘quvchilarni yangi bilimlar bilan tanishtirish, bilimlarni tizimlashtirish va
mustahkamlash, nazoratni tashkil etish hamda o‘zlashtirilgan bilimlarni tashxislashda ijobiy natijalarni
beradi. Suhbat turli ko‘rinishlarda, ya’ni, kirish, yakuniy, individual va guruhli suhbattarzida tashkil
etiladi.