Tushunchalar tahlili metodi
Tushunchalar
Tushunchalar mazmuni
Hikoya
o‘qituvchi tomonidan mavzuga oid dalil, hodisa va voqealarning yaxlit yoki
qismlarga bo‘lib, tasviriy vositalar yordamida obrazli tasvirlash yo‘li bilan ixcham,
qisqa va izchil bayon qilinishi.
Didaktik o‘yin
o‘rganilayotgan ob’yekt, hodisa va jarayonlarni modellashtirish asosida
o‘quvchining bilishga bo‘lgan qiziqishi va faollik darajasini rag‘batlantiruvchi
o‘quv faoliyati turi. Ayni vaqtda o‘yin ham ijtimoiy faoliyat ko‘rinishi sanaladi.
Tushuntirish
o‘quv materiali mazmunini isbot, tahlil, umumlashma, taqqoslash asosida bayon
qilishdir. Bu metod hikoyaga nisbatan birmuncha keng qo‘llaniladi. Undan odatda,
nazariy materiallar hamda murakkab masalalarni o‘rganishda foydalaniladi.
Ta’limning texnik
vositalari
TTV - bu o‘zida o‘quv- axborotlarini ekranli-ovozli aks ettiruvchi asbob va
moslamalardir. Ularga quyidagilar kiradi: o‘quv kinofilmlari; diafilmlar;
kompyuterlar; magnitofon tasmalari; radioeshittirish; teleko‘rsatuvlar.
Ta’lim metodlari
o‘rganilayotgan materialni egallashga qaratilgan turli didaktik vazifalarni hal etish
bo‘yicha o‘qituvchining o‘rgatuvchi ishi va o‘quvchilarning o‘quv-bilish
faoliyatini tashkil etish usullari yig‘indisi tushuniladi.
Ta’lim usullsri
ta’lim metodining tarkibiy qismi yoki alohida tomoni. Metodlar bilan usullar
munosabati o‘zaro bir-biriga bog‘langan. Usul va metod butun va qism sifatida bir-
biriga bog‘lanadi. Usullar yordamida faqat pedagogik yoki o‘quv vazifasining bir
qismi hal qilinadi.
NAZORAT UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1.Ta’lim metodlarini tanlab olish shartlari qaysilar?
2.Ta’lim vositalari va ularning vazifalari nimalardan iborat?
3.Ta’lim metodlari tasnifini izohlang.
4.Ta’lim vositalari deganda nima tushuniladi?
|