• Xususiy-metodik (mezo) daraja.
  • Lokal daraja (mikro).
  • Umumpedagogik (makro) daraja




    Download 438,1 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet3/12
    Sana13.06.2024
    Hajmi438,1 Kb.
    #263179
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    \'ruza matni

    Umumpedagogik (makro) daraja.
    Mazkur darajaga muvofiq keladigan texnologiyalar yaxlit 
    pedagogik jarayonga tegishli bo‘lib, ularga muammoli, tabaqalashtirilgan, integratsion, shaxsga 
    yo‘naltirilgan, rivojlantiruvchi, modulli, masofali o‘qitish texnologiyalarini misol sifatida keltirish 
    mumkin. Mazkur texnologiyalar innovatsiya tavsifiga ega bo‘lib, novator o‘ qituvchilar, olimlar va 
    izlanuvchilar tomonidan ishlab chiqiladi hamda samaradorligi kafolatlanganidan va amaliyotga keng 
    tatbiq etish imkoniyatiga ega bo‘linganidan so‘ng uni amaliyotchi o‘qituvchilar o‘z faoliyatida 
    qo‘llaydilar. 
    Xususiy-metodik (mezo) daraja.
    Ushbu daraja o‘zida ma’lum bir o‘quv fanini o‘qitish jarayonini 
    loyihalash va rejalashtirishni o‘zida aks ettiradi. Masalan, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘qish darsini 
    har safar texnologik modeli va xaritasini tuzib kelishi kerak. Hozir ko‘p ta’kidlanayotgan texnologik 
    model loyihalashga, texnologik xarita rejalashtirishga to‘g‘ri keladi. Natijada har bir fanni o‘ qitish 
    texnologiyasi yuzaga keladi. 
    Lokal daraja (mikro).
    Mazkur darajaga tegishli texnologiyalar o‘quv-tarbiya jarayonining ma’lum 
    tarkibiy qismi, alohida shaxs sifatlarini shakllantirish, maxsus o‘quv ko‘nikma va malakalarini tarkib 
    toptirishga xizmat qiladi. Masalan, o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashini shakllantirish texnologiyasi, 
    o‘quvchilarning aqliy qobiliyatini rivojlantirish texnologiyasi va boshqalar. 
    Metodika 
    - qat’iy ketma-ketlikka (algoritmik xarakterga), ilgari o‘rnatilgan reja (qoida), tizimga aniq 
    rioya qilish bo‘lib, biror bir ishni maqsadga muvofiq o‘tkazish metodlari, yo‘llari majmuasi. “Metodika” 
    tushunchasi turli fanlarni o‘qitish bilan ham bog‘ liqlikda qo‘llanilib, ma’lum sohani o‘qitish jarayoni, 
    mazmuni, qonuniyatlari, tamoyillari, shakl, metod va vositalari yig‘indisini o‘zida ifoda etadi. 
    “Metodika” va “texnologiya” tushunchalarining bahs doirasi bilan ham bog‘liqlikda ayrim farqli 
    jihatlarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Jumladan, metodik tizim “Qanday o‘qitish?”, “Nima uchun 
    o‘qitish?”, “Nimaga o‘rgatish?” kabi savollarga javob izlaydi, texnologiya esa, “Qanday tarzda samarali 
    o‘qitishga erishish mumkin?” degan savolni markazga qo‘yadi. Metodika o‘quv jarayoninin qanday 
    tarzda tashkil etish lozimligini nazarda tutsa, texnologiya qay yo‘sinda o‘quv jarayonini eng qulay, 
    maqbul tarzda amalga oshirishga diqqat-e’ tiborni qaratadi. 

    Download 438,1 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 438,1 Kb.
    Pdf ko'rish