Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti fizika-matematika fakulteti




Download 0.5 Mb.
bet8/10
Sana16.05.2022
Hajmi0.5 Mb.
#21211
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Nizomiy nomidagi toshkent davlat
Bioxilma-xillikni saqlash masalalari. Reja, Tat, Makroiqtisodiyot tahlili va pragnozlash, MENGA JUDA ZARUR, курс иши баённомаси (1), ЮТУҚЛАР РЎЙХАТИ , 4-kurslarga buyruqdan ko\'chirma (5), Andijon davlat universiteti rektori, METHODOLOGY GUIDE, iqtisodda tezis, 11-sinf darslik 2018, sintaktik aloqa, pratsedura, foydalanuvchim prat va funk
3. To`lqin – zarra dualizmi

Biz yuqorida elektromagnit nurlanish ( jumladan, yorug`lik ) elektromagnit maydon zarralari – fotonlar ko`rinishida chiqarilishi, tarqalishi va modda tomonidan yutilishiga guvoh bo`ladigan bir qator hodisalar – fotoeffekt, issiqlik nurlanishi kabi hodisalar bilan tanishdik. Tajribadan olingan dalillar yorug`likning kvant tabiatiga ega ekanligini tasdiqlaydi va uning kvant nazariyasini yaratish uchun asos bo`lib xizmat qiladi.


Boshqa hodisalar, masalan, yorug`likning interferensiyasi, difraksiyasi, dispersiyasi va qutblanishi bizni elektromagnit nurlanish to`lqin xarakteriga ega, deb ishontiradi. “Interferensiya hodisasida to`lqin nazariya ulkan g`alabaga erishdi” deb aytgan edi mashhur ingliz fizigi Sh.Reley. Ingliz fizigi L.Bregg esa : “Nahotki, dushanba, seshanba va chorshanba kunlari fotoeffekt va Kompton effekti bilan tajriba o`tkazayotganimizda yorug`lik korpuskulalardan tashkil topgan deb, va payshanba, juma va shanba kunlari difraksiya va interferensiya hodisalari bilan ishlayotganimizda yorug`lik to`lqinlardan iborat deb tasavvur qilishimiz kerak”, degan savolni qo`yadi. L.Bregg tomonidan bu tarzda qo`yilgan savolni quyidagicha ifodalash mumkin: yorug`lik o`zi nimadan iborat? Manbadan nurlanayotgan uzluksiz elektromagnit to`lqinlarmi yoki manbadan tartibsiz chiqarilayotgan va vakuumda c tezlik bilan harakatlanadigan diskret fotonlar oqimimi?
Yorug`likka bir tomondan kvant, korpuskulyar xossalarni, ikkinchi tomondan to`lqin xossalarni berish zaruriyati yorug`lik haqidagi bilimlarimiz mukammal emas, degan taassurot qoldirishi mumkin. Eksperimental dalillarni tushuntirishda turlicha, lekin shu bilan birga, go`yo bir-birini inkor etuvchi tasavvurlardan foydalanish zaruriyati sun’iydek tuyuladi. To`lqinlar va zarralarning qator belgilari haqiqatan ham qarama-qarshidir. Masalan, harakatdagi zarra ( fotonlar ) fazoning aniq sohalarida bo`ladi, tarqalayotgan to`lqinni esa fazoda “yoyilgan” to`lqin sifatida ko`rish kerak va yuguruvchi to`lqinning fazoning biror aniq sohasidagi manzili haqida gapirish mumkin emas.
XX asrda fizikaning eng ulkan yutuqlaridan biri yorug`likning to`lqin va kvant xossalarini bir-biriga qarama-qarshi qo`yishga intilish xato ekanligiga asta-sekin ishonch hosil qilishdan iborat bo`ldi. Elektromagnit to`lqinlarga xarakterli bo`lgan uzluksizlik xossalari yorug`lik kvantlari – fotonlarga xarakterli bo`lgan diskretlik xossalarni inkor etmaydi. Yorug`lik to`lqin ham, zarra ham emas, u murakkab tabiatga ega bo`lib, bir vaqtning o`zida ham uzluksiz elektromagnit to`lqinlar xossalariga, ham diskret fotonlar xossalariga ega. Shunday qilib, yorug`lik bu ikki qarama-qarshi xossalarning dialektik birligidan iboratdir.
Haqiqatan ham qator hollarda, masalan, yorug`likning bosimi, sinishi, qaytishi kabi xossalarni to`lqin nuqtayi nazaridan ham, kvant tasavvurlar nuqtayi nazaridan ham bir xilda yaxshi tushunish va tushuntirish mumkin. Shuningdek, yorug`likning interferensiya va difraksiya hodisalarini bayon qilishda to`lqin tasavvurlarni qo`llagan holda, interferension va difraksion manzaralarni fotoelement yordamida qayd qilishda biz yorug`likning to`lqin xossalarini oshkor qilish uchun uning kvant xossalaridan foydalanishimizning o`zi yorug`lik ikkiyoqlama xossaga ega ekanligiga ishonch hosil qiladi. Yorug`likning ham to`lqin, ham korpuskulyar xossalarga egalik dalilini korpuskulyar - to`lqin dualizmi deb ataladi.
Yorug`likning to`lqin va kvant xossalarining birligi kvant fizikaning asosiy formulalari:
E = հν = հc/𝜆 va p = hν/c = h/𝜆
da ham o`z aksini topgan. Bu formulalarda E energiya, p impuls va հ Plank doimiysi yorug`likni fotonlar oqimi sifatida xarakterlaydi, ν chastota va 𝜆 to`lqin uzunlik esa to`lqin sifatida xarakterlaydi. Yorug`likning to`lqin va kvant xossalari bir-birini inkor etmaydi, aksincha bir-birini o`zaro to`ldiradi.
Elektromagnit nurlanish ( yorug`lik ) ning tashqi ko`rinishidan bunday bir-biriga zid xossalarida juda qiziq va juda muhim qonuniyat bor: to`lqin uzunlik qancha kichik bo`lsa, kvant qonuniyatlar shuncha yorqin va aksincha, to`lqin uzunlik qancha katta bo`lsa, nurlanishning to`lqin xosalari shuncha yorqin namoyon bo`ladi. Elektromagnit to`lqinlar shkalasi bo`yicha uzun to`lqinlar sohasidan qisqa to`lqinlar sohasiga siljib borilsa, elektromagnit nurlanishning to`lqin xossalari borgan sari yorqin namoyon bo`lib borayotgan kvant xossalariga asta-sekin o`z o`rnini beradi.
Shunday qilib, yorug`lik tabiatining ikkiyoqlamaligini materiyaning turli-tuman xossalarini aks ettiradigan obyektiv reallik deb qabul qilish kerak.



Download 0.5 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 0.5 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti fizika-matematika fakulteti

Download 0.5 Mb.