To`lqin – zarra dualizmining umumiy o`rta ta’lim maktablarda o`qitilishi




Download 0.5 Mb.
bet9/10
Sana16.05.2022
Hajmi0.5 Mb.
#21211
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Nizomiy nomidagi toshkent davlat
Bioxilma-xillikni saqlash masalalari. Reja, Tat, Makroiqtisodiyot tahlili va pragnozlash, MENGA JUDA ZARUR, курс иши баённомаси (1), ЮТУҚЛАР РЎЙХАТИ , 4-kurslarga buyruqdan ko\'chirma (5), Andijon davlat universiteti rektori, METHODOLOGY GUIDE, iqtisodda tezis, 11-sinf darslik 2018, sintaktik aloqa, pratsedura, foydalanuvchim prat va funk
4. To`lqin – zarra dualizmining umumiy o`rta ta’lim maktablarda o`qitilishi

Biz yuqorida yorug`likning to`lqin tabiatiga ega ekanligini va uning to`lqin tabiatini isbotlovchi bir qator hodisalarni, jumladan, yorug`lik interferensiyasi, difraksiyasi, dispersiyasi, yorug`likning qutblanishi kabi hodisalarni ko`rib chiqdik, shu bilan birga yorug`likning korpuskulyar tabiatga ega ekanligini va bu nazariyani isbotlovchi amaliy tajribalar, ya’ni issiqlikning nurlanishi, fotoelektrik effekt, Kompton effekti kabi tajribalarni alohida rejalar asosida yoritishga harakat qildik. Shu bilan bir qatorda yuqorida sanab o`tilgan hodisalarni kashf etgan olimlarning, jumladan, mashhur ingliz olimi Isaak Nyuton, amerikalik olim Maykelson, Gyuygens, Gers, Frenel, Malyus, Rentgen, Maksvell, Plank, Eynshteyn, Stoletev va boshqa bir qancha olimlarning yorug`likning tabiatini o`rganish maqsadida o`tkazgan tajribalari, ulardan kelib chiqadigan xulosalari, umuman olganda, ilm – fan rivojiga qo`shgan munosib hissalari bilan tanishib chiqdik. Ko`rilgan ma’lumotlar asosida esa yorug`likning bir vaqtning o`zida ham to`lqin, ham zarra tabiatiga ega ekanligini, ya’ni to`lqin – zarra dualizmining vujudga kelganligining guvohi bo`ldik. Olingan ushbu ma’lumotlar akademik litsey, kasb – hunar kollejlari, texnikumlar, umumiy o`rta ta’lim maktablarining yuqori sinf o`quvchilariga mavzu yuzasidan kengroq tushunchalar berish uchun yetarli deb hisoblaymiz.


Umumiy o`rta ta’lim maktablarining 11-sinflari uchun chiqarilgan fizika darsligi bilan tanishib chiqqanimizda esa ushbu mavzuga doir ma’lumotlarning biroz kamligi, aniqrog`i aynan to`lqin – zarra dualizmiga yetarlicha urg`u berilmagani e’tiborimizni tortdi. Shuni ham alohida ta’kidlash joizki, yorug`lik o`zini ham to`lqin, ham zarra ko`rinishida namoyon qilishi qisqa satrlarda bo`lsa-da aytib o`tilgan, biroq ushbu xulosaga kelgunga qadar fan taraqqiyotida bo`lgan o`zgarishlar, olimlarning tajribalari, ularning fikrlari xususida to`xtalib o`tilmagan. Fan rivojiga o`zlarining munosib hissalarini qo`shgan olimlarning shaxsi bilan tanishish, ularning olib borgan ilmiy tadqiqodlaridan oz bo`lsa-da boxabar bo`lish o`quvchilarda fizika faniga nisbatan, qolaversa, mavzuga nisbatan qiziqishlarini oshirgan bo`lardi, deb o`ylaymiz. Yorug`likning to`lqin tabiatini ko`rsatuvchi hodisalar: interferensiya, difraksiya, dispersiya, qutblanish va shu kabi optik hodisalar hamda korpuskulyar tabiatini isbotlovchi – fotoeffekt, issiqlik nurlanishi hodisalari maktab o`quvchilarining yoshi va aqliy salohiyatlarini hisobga olgan holda yoritilganligini ham aytib o`tishimiz kerak.
Akademik litseylar uchun mo`ljallangan fizika darsligida esa yorug`likning to`lqin – zarra dualizmi mavzusiga alohida e’tibor qaratilgan. O`quvchilarga bu mavzu alohida paragraf sifatida berilgan. Bungacha bo`lgan ma’lumotlar, ya’ni yorug`likning dastavval zarralar oqimidan iborat deb qaralganligi, odamlar qariyb yuz yillar davomida shunday fikrda yashaganliklari, keyinchalik esa yorug`likning to`lqin tabiatini ko`rsatib beruvchi hodisalarning kashf etilishi, yorug`lik to`lqindan iborat degan nazariyaning yaratilishi uning korpuskulyar xossasini yana yuz yillar unutilishiga sabab bo`lishi hamda XX asrga kelib, va nihoyat, yorug`likning ikkiyoqlama tabiatga ega ekanligining olimlar tomonidan tan olinishi darslikda batafsil yoritilgan. Yorug`likning to`lqin va zarra xossalarini ko`rsatib beruvchi optik hodisalarga doir ma’lumotlar ham yetarli darajada. Shuni ham ta’kidlab o`tishimiz kerakki, maktab darsligida ham, akademik litsey va kasb – hunar kollejlari o`quvchilari uchun mo`ljallangan darsliklarda ham yuqoridagi hodisalarga doir masalar keltirilgan. Bir qator masalalar uchun masala yechish namunalari hamda mavzuga oid mustaqil yechish uchun masalalar berilgan.
XULOSA

Ushbu kurs ishi mavzusini yoritishda biz ko`plab qiziqarli ma’lumotlar, tajribalar, olimlarning nazariy xulosalari, elektromagnit to`lqinlar, shu jumladan, yorug`lik to`lqinlari hamda kvantlari – fotonning biz bilmagan xossalari bilan tanishdik. O`z navbatida, mavzuga oid bilimlarimizni takrorlab oldik va yanada mustahkamladik. Yorug`likning ikkiyoqlama tabiatga ega ekanligini o`quvchilarga qanday qilib oson tushuntirish mumkinligini o`zimiz uchun belgilab oldik. Bunda:


1 – usul ektromagnit to`lqinlar shkalasidan foydalanish, ya’ni to`lqin uzunlik kamayib borgan sari nurlanishning kvant xossalari yorqinroq namoyon bo`lib boradi, xuddi shunday yorug`lik to`lqinlarida ham uzun to`lqinlar sohasidan qisqa to`lqinlar sohasiga siljigan sari yorug`likning korpuskulyar tabiati asosiy o`ringa chiqib olishini tushuntirib, o`quvchilarda mavzuga oid tasavvurlarni nisbatan oson hosil qilishdir.
2 – usul esa foton energiyasi va impulsining yorug`likning to`lqin uzunligi hamda chastotasi orqali ifodalanishidan kelib chiqqan holda tushuntirishdir. Bunda yorug`likning to`lqin va zarra tabiatlari bir – biriga zid emas, aksincha, ular bir – birini to`ldirib turishini o`quvchilar ongiga singdirish maqsadga muvofiq bo`ladi, deb o`ylaymiz. Bundan tashqari, yorug`likning tabiatini o`rganish borasida ko`plab ilmiy ishlar va izlanishlar olib borgan olimlarning shaxsi hamda fan rivojiga qo`shgan ulkan hissalari to`g`risidagi ma’lumotlarning berilishi o`quvchilar uchun katta ibrat maktabi bo`ladi, desak mubolag`a qilmagan bo`lamiz.
Ushbu kurs ishidan umumiy o`rta ta’lim maktablari, o`rta maxsus kasb – hunar ta’limi muassasalari o`quvchilari va o`qituvchilari hamda bakalavriatda ta’lim olayotgan talabalar metodik ko`rsatma sifatida foydalanishlari mumkin.



Download 0.5 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 0.5 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



To`lqin – zarra dualizmining umumiy o`rta ta’lim maktablarda o`qitilishi

Download 0.5 Mb.