Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti fizika-matematika fakulteti




Download 0.5 Mb.
bet4/10
Sana16.05.2022
Hajmi0.5 Mb.
#21211
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Nizomiy nomidagi toshkent davlat
Bioxilma-xillikni saqlash masalalari. Reja, Tat, Makroiqtisodiyot tahlili va pragnozlash, MENGA JUDA ZARUR, курс иши баённомаси (1), ЮТУҚЛАР РЎЙХАТИ , 4-kurslarga buyruqdan ko\'chirma (5), Andijon davlat universiteti rektori, METHODOLOGY GUIDE, iqtisodda tezis, 11-sinf darslik 2018, sintaktik aloqa, pratsedura, foydalanuvchim prat va funk
Yorug`lik difraksiyasi
Yorug‘likning to‘lqin tabiatiga ega ekanligini tavsiflovchi hodisalardan biri yorug‘likning difraksiyasidir. Yorug‘lik to‘lqinlarining to‘siqlarni aylanib o‘tishi va geometrik soya sohasi tomoniga og‘ishi difraksiya deb ataladi. Yorug‘lik to‘lqinlarining difraksiyasini kuzatish uchun ma’lum bir shart-sharoit yaratish kerak. Xususan, yorug‘likning to‘lqin uzunligi (  ) ekrandagi to‘siq (tirqish) o‘lchami bilan o‘lchovdosh bo‘lgandagina juda aniq difraksiya kuzatiladi. Yorug‘likning difraksiyalanishini quyidagi tajribalarda yaqqol kuzatish mumkin: dumaloq teshikning diametri d bo‘lgan tiniqmas B to‘siqqa yorug‘lik nuri S manbadan tushayotgan bo‘lsin. To‘siq orqasida joylashtirilgan A ekranda aniq soya bilan chegaralangan yorug‘ dog‘ paydo bo‘ladi (2- a rasm).

2 - rasm
Bu yorug‘lik nurining to‘g‘ri chiziq bo‘ylab tarqalishining buzilmaganligini ko‘rsatadi. Shundan so‘ng teshik diametrini kamaytirib borsak, soyaning chegarasi buziladi, ya’ni aniq bo‘lmasligi namoyon bo‘la boshlaydi. A ekrandagi dog‘ navbatlashib boruvchi yorug‘ va qorong‘i konsentrik aylanalar (halqalar) ko‘rinishiga ega bo‘lib, asta – sekin geometrik soyani egallab boradi (2- b rasm). Agar ekran B ga tushayotgan yorug‘lik to‘lqini monoxromatik bo‘lsa (  = const), halqalar almashinib boruvchi yorug‘ va qorong‘i aylanalar ko‘rinishiga ega bo‘ladi. Agar ekranga tushayotgan yorug‘lik nomonoxromatik to‘lqin (  ≠ const) bo‘lsa, ekranda kamalak rangdagi manzara kuzatiladi. Bu difraksion manzara deyiladi. Difraksion manzarani tabiiy sharoitlarda ham kuzatish mumkin: tuman (muzlagan) yoki terlagan deraza oynasi orqali qaralsa, kuzatilayotgan yorug‘lik manbayi atrofida rangli halqalarni ko‘rish mumkin. Bu yorug‘likning juda kichik to‘siq vazifasini bajaruvchi tomchilardagi difraksiyasidir. Yorug‘likning difraksiyasini tajribalar asosida chuqur o‘rgangan va uning nazariyasini yaratgan fransiyalik Frenel dumaloq diskdan, dumaloq teshikdan va ingichka sim toladan bo‘ladigan difraksiyalarni kuzatadi. 1818 – yili yorug‘likning korpuskular nazariyasi tarafdorlari bilan to‘lqin tabiati nazariyasi tarafdorlari o‘rtasida Parij Fanlar akademiyasidagi tortishuvda Frenel tarafdorlari g‘olib chiqadi va oliy mukofotga sazovor bo‘lishadi. Bunda quyidagi e’tiroz bildirilgan edi: agar yorug‘lik to‘lqin tabiatiga ega bo‘lsa, dumaloq diskda kuzatilayotgan difraksiya markazida yorug‘ dog‘ paydo bo‘lishi kerak. Shu zahotiyoq qorong‘i joyda tajriba o‘tkazilib, haqiqatdan ham, diskning qoq markaziga to‘g‘ri kelgan ekranda yorug‘ dog‘ paydo bo‘lganligi kuzatiladi. To‘lqinlar difraksiyasi hodisasini Gyuygens prinsipi yordamida sifat jihatdan tushuntirish mumkin. Ammo turli yo‘nalishlarda tarqalayotgan to‘lqinlarning intensivligi (I ~ A2 ) haqida Gyuygens prinsipi hech qanday ma’lumot bermaydi. Bu kamchilikni Frenel tuzatdi va u Gyuygens prinsipini ikkilamchi to‘lqinlar interferensiyasi haqidagi g‘oya bilan to‘ldirdi hamda bu prinsipga fizik ma’no berdi. Shu tariqa Frenel—Gyuygens prinsipi vujudga keldi va u to‘lqin optikaning asosiy prinsipi bo‘lib qoldi: yorug‘lik to‘lqini yetib borgan har bir nuqta ikkilamchi yorug‘lik manbayi bo‘lishi bilan birga, ular kogerent yorug‘lik manbalariga aylanadi va ulardan chiqqan nurlar kelib tushgan har bir nuqtada interferensiya hodisasi yuzaga keladi.



Download 0.5 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 0.5 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti fizika-matematika fakulteti

Download 0.5 Mb.