• 1. Yorug`likning to`lqin tabiatini isbotlovchi hodisalar
  • Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti fizika-matematika fakulteti




    Download 0.5 Mb.
    bet2/10
    Sana16.05.2022
    Hajmi0.5 Mb.
    #21211
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Nizomiy nomidagi toshkent davlat
    Bioxilma-xillikni saqlash masalalari. Reja, Tat, Makroiqtisodiyot tahlili va pragnozlash, MENGA JUDA ZARUR, курс иши баённомаси (1), ЮТУҚЛАР РЎЙХАТИ , 4-kurslarga buyruqdan ko\'chirma (5), Andijon davlat universiteti rektori, METHODOLOGY GUIDE, iqtisodda tezis, 11-sinf darslik 2018, sintaktik aloqa, pratsedura, foydalanuvchim prat va funk
    Kurs ishi maqsadi. “To`lqin – zarra dualizmi” mavzusi va unga oid ma’lumotlarni yig`ish, o`rganish va tahlil qilish.
    Kurs ishi obyekti. Umumiy fizika kursining “To`lqin – zarra dualizmi” mavzusi.
    Kurs ishi predmeti. “To`lqin – zarra dualizmi” mavzusini o`qitish usullari, metodlari va vositalari.
    Kurs ishi vazifasi:
    1. “To`lqin – zarra dualizmi” bo`limiga doir ma’lumotlar yig`ish;
    2. “To`lqin – zarra dualizmi” mavzusining ilmiy metodik tahlili;
    3. “To`lqin – zarra dualizmi” mavzusini o`tish metodikasini o’rganish.
    1. Yorug`likning to`lqin tabiatini isbotlovchi hodisalar
    Yorug`likning tabiati haqidagi birinchi fikrlar qadim zamonlardan ma’lum. Keyingi ikki yarim asr davomida yorug`likning tabiati haqidagi tasavvurlar juda katta o`zgarishlarga duch keldi. XVII asrning oxirida yorug`likning tabiati haqida ikkita prinsipial qarama-qarshi nazariya maydonga keldi: bulardan birinchisi, 1675-yilda ingliz olimi Isaak Nyuton yaratgan korpuskulyar nazariya va ikkinchisi, 1690-yilda yaratilgan gollandiyalik olim Gyuygensning to`lqin nazariyasidir. Korpuskulyar nazariyaga muvofiq, yorug`lik tez harakatlanuvchi juda kichik moddiy zarralar – korpuskulalar oqimidan iborat bo`lib, ularni nur sochayotgan jism chiqaradi va ular ko`zga tushib, ko`rish sezgisini uyg`otadi. Bu nazariyaga muvofiq, yorug`likning qaytishi korpuskulalarning qaytaruvchi sirtdan xuddi elastik sharchalarning qattiq sirtdan qaytish qonunlari singari qonunlarga ko`ra itarilishi deb tushuntiriladi. Ranglarning farq qilishi korpuskulalarning kattaligiga bog`liq bo`lib, eng yirik korpuskulalar qizil rang, eng maydalari binafsha rang sezgisi uyg`otadi, deb tushuntiriladi.
    To`lqin nazariyaga muvofiq esa yorug`lik yorug`lik manbayidan chiquvchi va butun Koinotni uzluksiz to`ldirgan qo`zg`almas elastik muhit – “dunyo efiri” da katta tezlik bilan tarqaluvchi to`lqindan iboratdir. Ko`p olimlar, jumladan, M.V.Lomonosov ham yorug`lik tabiatiga shu nuqtayi nazardan qarashar edi.
    Bu nazariyada yorug`likning qaytish hodisasi barcha to`lqinlar uchun o`rinli bo`lgan qonunga muvofiq tushuntiriladi. Ranglarning farq qilishi, xuddi tovush tonlari farqi tovush to`lqinlari uzunligiga bog`liq bo`lgani singari, yorug`lik to`lqini uzunliklarining farqiga bog`liq deb tushuntiriladi.
    To`lqin nazariyaning zaif tomoni undagi “dunyo efiri” bo`lib, uning real mavjud ekanligi g`oyat shubha tug`dirar edi.
    To`lqin nazariyaga asosan yorug`likning tarqalishi, havodagi tovush tebranishlariga o`xshash, efirning mexanik elastik tebranishlari tarqalish deb tasavvur qilinadi. Biroq yorug`likning tabiati va tarqalishiga oid bunday qarash efir haqidagi mexanik tasavvurlar doirasida hal qilinishi mumkin bo`lmagan qator qiyinchiliklarga duch keldi.
    Astronom Ryomer Yupiter yo`ldoshlarining tutilishini kuzatib, yorug`likning tezligini hisoblab chiqdi, bu tezlik taxminan 300 000 km/s ga yaqindir. Holbuki, tovushning havodagi tezligi bundan deyarli 1 mln marta kichik. “Dunyo efiri” ning elastik tebranishlari haqidagi mexanik tasavvurlarga ko`ra 300 000 km/s tezlik olish uchun efirning elastikligi eng yaxshi nav po`latning elastikligidan bir necha yuz marta katta bo`lishi kerak. Shu bilan bir vaqtda osmon jismlarining juda ulkan va doimiy tezliklar bilan (qarshiliksiz) harakatlanishi ma’lum edi, bunday bo`lishi uchun esa “dunyo efiri” ning zichligi haddan tashqari kichik ekan deb taxmin qilish kerak.
    Bu ziddiyatni “dunyo efiri” haqidagi mexanik tasavvurlarga asoslanib hal qilish mumkin emas edi. 1881-yilda amerikalik olim Maykelson “dunyo efiri” mavjud emasligini tajribada isbot qildi.
    1873-yilda ingliz fizigi J.Maksvell vakuumda 300 000 km/s tezlik bilan tarqaluvchi elektromagnit to`lqinlar tabiatda mavjud ekanligini nazariy ravishda isbot qildi. Bundan yorug`likning elektromagnit to`lqin ekanligi kelib chiqadi. Shunday qilib, XIX asrning oxirida yorug`likning tabiati haqida to`lqin nazariyasi rivojlanib, yorug`likning elektromagnit nazariyasiga aylanadi. Bu nazariyani G. Gers eksperimentda tasdiqladi. J. Maksvell yorug`likning elektromagnit nazariyasini yaratib, yorug`likning yorug`lik tushayotgan jismlarga bosim berishini ko`rsatib berdi. Bu bosimning kattaligini rus olimi P. N. Lebedev tajribada aniqladi va uning tajribalari yorug`likning elektromagnit nazariyasini tasdiqladi.
    Endi yorug`likning to`lqin xossalari namoyon bo`ladigan optik hodisalar: yorug`likning interferensiyasi, difraksiyasi, dispersiyasi, qutblanishi kabilar bilan tanishib chiqamiz. Bu hodisalarning fizik mohiyatini yorug`likning elektromagnit nazariyasi asosida tavsiflashga harakat qilamiz.

    Download 0.5 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 0.5 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti fizika-matematika fakulteti

    Download 0.5 Mb.