• II BOB MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI BADIIY ESTETIK TARBIYALASHDA QURISH YASASHDAN FOYDALANISHNING AMALIYOTDAGI HOLATI...........................................................................……
  • XULOSA………………………………………………………………………….. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI…………………………… KIRISH
  • Kurs ishining maqsadi
  • Kurs ishining ob’ekti
  • Kurs ishining tuzilishi
  • MUNDARIJA KIRISH……………………………………………………………………………




    Download 128,04 Kb.
    bet2/10
    Sana29.05.2024
    Hajmi128,04 Kb.
    #257154
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Axatova Elmira kurs ishi. tayyor

    MUNDARIJA
    KIRISH…………………………………………………………………………….4
    I.BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI BADIIY ESTETIK TARBIYALASHDA QURISH YASASHNING NAZARIY ASOSLARI ...........7
    1.1 Maktabgacha yoshdagi bolalarni badiiy estetik ruhda tarbiyalashning mazmun mohiyati.....................................................................................................................7
    1.2. Maktabgacha ta’lim muosassalarida bolalarga estetik tarbiya berish da qurish-yasashdan foydalanishning o‘ziga hos jihatlari…………………………………....18
    II BOB MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI BADIIY ESTETIK TARBIYALASHDA QURISH YASASHDAN FOYDALANISHNING AMALIYOTDAGI HOLATI...........................................................................……

    2.1 Maktabgacha ta’lim muosassalarining yosh guruhlarida bolalarni qurish yasashga o‘rgatishda zamonaviy texnalogiyalardan foydalanish..............................


    2.2. Qurish yasash va uni bolalarning ta’lim tarbiyasida tutgan o‘rni.............................................................................................................................
    XULOSA…………………………………………………………………………..
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI……………………………


    KIRISH
    Maktabgacha ta'lim muassasasi uzluksiz ta'limning birinchi qadami bo‘libgina qolmay, balki faol, ijodkor va ma'naviy jihatdan boy shaxsni shakllantiruvchi ilk pog'ona hamdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 sentyabrdagi “Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g'risida”gi farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g'risida”gi Qarori bunga dalildir. Maktabgacha ta'lim muassasa (MTT)larida ta'lim-tarbiya jarayonini yuqori saviyada tashkil etish tarbiyalanuvchilarga ta'limning keyingi bosqichlarida qiynalmasdan davom ettirishga imkoniyatlar yaratadi. Ta'lim samaradorligini ta'minlovchi asosiy shartlardan biri – bolalarning ingliz tiliga ijobiy munosabatini rag'batlantirish va turli xildagi ta'lim vositalaridan foydalanish hisoblanadi. Estetik tarbiya keng ma’noli tushuncha bo‘lib, unga tabiat, mehnat, ijtimoiy hayot, turmush va san’atga estetik munosabatni tarbiyalash kiradi. Estetik tarbiya o‘z navbatida bolalarga har tomonlama tarbiya berishning bir qismi hisoblanadi. U, ayniqsa, axloqiy tarbiya bilan uzviy bog‘liq. San’at va hayot go‘zalligi bilan tanishtirib borish bolaning aqlini, hissini tarbiyalab qolmay, shu bilan bir qatorda uning xayol va fantaziyasini ham rivojlantiradi. Bolalarda go‘zallikni idrok etishni tarbiyalash orqali ularda boshqa kishilarning kechinmalarini his eta bilish: xursandchiliklariga sherik bo‘lish, qayg‘usini birga baham ko‘rish kabi xususiyatlar tarkib toptiriladi. «Estetik tarbiya» tushunchasi bilan bir qatorda «badiiy tarbiya» tushunchasi ham mavjud. Badiiy tarbiya san’at asarlari orqali tarbiyalashdir. Estetik va axloqiy tarbiyaning o‘zaro bog‘liqligi shundaki kishining go‘zallikni idrok etishdan quvonishi uning boshqa kishilarga yaxshilik qilganidan xursand bo‘lishiga o‘xshab ketadi. Aksincha, go‘zallikni ko‘ra bilmaslik, undan zavqlana olmaslik yomon ishlarni qilishga olib keladi. Tarbiyaning bu turi mehnat tarbiyasi bilan ham bog‘liq. Mehnat faoliyati bolalarni quvontiradi, ular biror-bir foydali ishni bajarayotib, o‘zlarining imkoniyatlari o‘sib borayotganligini sezadilar. Estetik va jismoniy tarbiya o‘rtasida o‘zaro boglanish bor. Kishining mustahkam sog‘lig‘i, jismoniy kamolotisiz uning go‘zalligini tasavvur etib bo‘lmaydi. Uning chiroyli gavda tuzilishi, musiqa ostida chiroyli harakatlar qilishi shular jumlasiga kiradi. Bolalarning estetik rivojlanishi ularning kundalik hayoti bilan chambarchas bog‘liq. Ilk yoshdagi bolalarni nazarda tutganda ham ularning estetik tarbiyasi to‘g‘risida emas, balki ularning hissiy va sensor rivojlanishi to‘g‘risida o‘ylash kerak. Bola yaltiroq bo‘yoqdan xursand bo‘ladi, bir maromdagi tovush va harakatlardan huzur qiladi. Bola hayotining birinchi yilida uning sensor-hissiy qabul qiluvchanligi takomillashib boradi. Bunda kattalarning ta’siri alohida o‘rinni egallaydi. Kattalarning ochiq yuz bilan so‘zlashuvlari bolaga buyumlarning xususiyatlariga ijobiy munosabatda bo‘lishlariga yordam beradi. Va aksincha, kattalarning ogohlantiruvchi ovozi, ularning yuzidagi xursandchilik alomati yoki xo‘mrayib qarashlari, jerkib berishlari va hokazolar bolalarda shu buyumga yoki uning sifatiga salbiy munosabatni shakllantiradi.
    Bola hayotining ikkinchi yilida uning idroki sekin-asta takomillashib boradi. Bola endi faqat borliq xususiyatlarini emas, shu bilan birga san’at asarlaridagi ayrim estetik ifoda vositalarini idrok eta boshlaydi. Bu yoshdagi bolalarda musiqaning quvnoq va g‘amginligiga ularning qattiq va sokin ohangiga, ohista va tezligiga javob ta’siri paydo bo‘ladi.
    Kurs ishining maqsadi: Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishini
    har tomonlana o‘rganish va ta’lim-tarbiya jarayonini to‘g’ri tashkil etish
    Kurs ishining vazifasi:
    - Maktabgacha yoshdagi bolalarni badiiy estetik ruhda tarbiyalashning mazmun mohiyati
    - Maktabgacha ta’lim muosassalarida bolalarga estetik tarbiya berish da qurish-yasashdan foydalanishning o‘ziga hos jihatlari
    - Maktabgacha ta’lim muosassalarining yosh guruhlarida bolalarni qurish yasashga o‘rgatishda zamonaviy texnalogiyalardan foydalanish
    - Qurish yasash va uni bolalarning ta’lim tarbiyasida tutgan o‘rni.
    - kurs ishi natijalarini miqdoriy va sifat jihatdan taxlil qilish;
    - xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish.
    Kurs ishining ob’ekti: Maktabgacha yoshdagi bolalarni badiiy estetik ruhda tarbiyalashda tarbiyachining to‘g’ri yondashishi
    Kurs ishining predmeti: Mavzuni yoritib berishda xizmat qilgan adabiyotlar, o‘quv qo‘llanmalar, dissertatsiyalar va ilmiy maqolalar, kurs ishilari predmeti bo‘lib xizmat qiladi
    Kurs ishining tuzilishi: Kirish, 2 bob, 4 paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar.
    Kurs ishi metodlari: Pedagogik, psixalogik, metodik, ilmiy-texnikaviy manbalarni nazariy taxlil etish
    Kurs ishining nazariy va amaliy ahamiyati: Maktabgacha yoshdagi bolalarni badiiy estetik tarbiyalashda qurish yasashning ahamiyatini bilish, kerakli malumotlarni to‘plash va uni o‘rganish.


    Download 128,04 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 128,04 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    MUNDARIJA KIRISH……………………………………………………………………………

    Download 128,04 Kb.