|
Kichik guruhlarda qurish-yasashga o‘rgatishning vazifalari
|
bet | 8/10 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 128,04 Kb. | | #257154 |
Bog'liq Axatova Elmira kurs ishi. tayyorKichik guruhlarda qurish-yasashga o‘rgatishning vazifalari.
Bolalarga qurilish materiali – kubik, g‘ishtcha, turli xil shakldagi formalar bilan, ularning qanday holatda joylashganligi (g‘ishtcha yotibdi, turibdi) bilan tanishtiriladi. Bundan tashqari kubiklarni gorizontal holda joylashtirish, bir-birini ustiga qo‘yish, darvoza, uycha qurish kabilar ham o‘rgatiladi. Tarbiyachi qurilmalar va tevarak olamdagi tanish predmetlar o‘rtasidagi o‘xshashlikni topishni bolalardan so‘raydi.
Bolalarga asosiy qurilish materiallarini (kubik, g‘ishtcha, plastilin) farqlash bilan birga ularni nomini aytish, katta, kichik, uzun, qisqa, baland, past kabi so‘zlarni ma’nosini tushunib aytish, g‘ishtchalarni orasini teng masofada joylashtirish kerakligi tushuntiriladi.
2.2.Qurish yasash va uni bolalarning ta’lim tarbiyasida tutgan o‘rni.
«Qurish-yasash» lotin tilidan olingan bo‘lib, turli predmetlarni, qism va elementlarni ma'lum bir holatga keltirish, degan ma'noni bildiradi. Bolalarni qurish-yasashida qurilish materiallaridan, qog'ozdan, karton, daraxt va boshqa materiallardan turli xil o‘yinchoqlar yasash o‘rgatiladi. O‘z xarakteriga ko‘ra bolalar qurish-yasashi ko‘pincha tasviriy va o‘yin faoliyati bilan o‘xshashdir, bu tevarak-atrofda aks etadi. Bolalarning yasagan narsalari asosan amaliyotda ishlatiladi.
Katta maktabgacha yoshdagi bolalar mashg'ulotdan tashqari vaqtda
turli xil konstruktorlardan: yog'ochli, platmassali va metalldan
tayyorlangan konstruktorlardan foydalanadilar. Bolalar bu to`plamlar
yordamida detallarning joylashtirilishi ancha murakkab bo`lgan
qurilmalar yasaydilar. Tarbiyachi rahbarligi ostida bolalar yangi
birlashtirish yo‘llarini va turli xil xarakterdagi konstruksiyalarni rasmga
chizmaga qarab yaratishga o‘rganadilar. Bu ishlarni bolalarga taklil
etishdan oldin, tarbiyachining o‘zi bu konstruktorlar, ularga berilgan
metodik ko‘rsatmalar bilan yaxshilab tanishib, o‘rganib chiqishi zarur.
Bolalarga qurilish materiallari va konstruktorlar to‘plarni hammasi
birdaniga berilmaydi, balki asta-sekin, ketma-ket bolalarning
o‘zlashtirishlariga qarab beriladi. .
Birinchi va ikkinchi kichik guruhlarda qurish-yasashga orgatishning vazifalari.
I kichik guruh. Bolalarga qurilish materiali-kubik, g`ishtcha, turli xil shakldagi shakllar bilan, ularning qanday holatda joylashganligi (g'ishtcha yotibdi, turibdi) bilan tanishtiriladi. Bundan tashqari, kubiklarni gorizontal holda joylashtirish, bir-birining ustiga qo yish, darvoza, uycha qurish kabilar ham o‘rgatiladi. Tarbiyachi qurilmalar va tevarak olamdagi tanish predmetlar o‘rtasidagi o‘xshashlikni topishni bolalardan so‘raydi.
|
| |