• 1.2. Maktabgacha ta’lim muosassalarida bolalarga estetik tarbiya berish da qurish-yasashdan foydalanishning o‘ziga hos jihatlari
  • Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti “Tasdiqlayman”




    Download 128,04 Kb.
    bet4/10
    Sana29.05.2024
    Hajmi128,04 Kb.
    #257154
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Axatova Elmira kurs ishi. tayyor

    Estetik tarbiya vositalari - talaba-yoshlarni estetik tarbiyalash maqsadida tevarak-atrofdagi tanlab olingan turmush, tabiat, san'at estetikasi va yoshlarning badiiy ijodi namunalari hamda yuqorida qayd etilgan vositalar majmuasidan iboratdir. Bunda san'at asarlari va turlari, xususan, musiqa faoliyatiga doir ijrochilik, qo‘shiq, boshqa musiqaviy harakatlar, tasviriy san'at asarlari, musiqa va rasm darslarida pedagog-o‘qituvchilarda mustaqil izlanish, ijod qilishga doir ko‘nikmalari muhim ahamiyat kasb etadi.
    Estetik tarbiyaning vazifalari tarbiyaning umumiy maqsadidan kelib chiqib, bolaning yosh imkoniyatlarini e’tiborga olgan holda belgilanadi:
    1. Bolalarni hayotdagi go‘zallikni tushunishga, sevishga, tabiatda, turmushda, yaratuvchanlik mehnatida, ijtimoiy hayotda, kishilaming xattiharakatlarida bolalarga tushunarli bo‘lgan go‘zalliklami ko‘ra bilishga o‘rgatish. Ularda estetik his, estetik did, estetik munosabatni tarbiyalash. Kuchlari yetganicha hayotda go‘zallik yaratishda faol ishtirok etish istagini tarbiyalash.
    2. Bolalarni badiiy ijodning turli janrlarida (badiiy asar, musiqa, qo‘shiq, raqs, rasm) yaratilgan san’at asarlarini ko‘rish, tushunish va sevishga o‘rgatish orqali ularda estetik ong qirralarini shakllantirish; chiroylini xunukdan, g‘amginlikni xursandchilikdan farqlay olish; ranglarni, shakl, tovushlarni bir-biridan farqlay olish kabi sensor etalonlar bilan tanishtirish.
    3. Bolalarni san’atning turli sohalari: ashula, o‘yin, o‘qish, qayta hikoya qilish, ijodiy faoliyatlarda yanada faolroq harakat qilish, o‘zini ko‘rsata olishga o‘rgatish. Bular orqali bolalarda badiiy ijodiy qobiliyatni, xayolni o‘stirish, fazoviy va rang munosabatlarini, ko‘rish xotirasi, qo‘llarni chaqqon harakatga keltira olish malakalarini rivojlantirish.


    1.2. Maktabgacha ta’lim muosassalarida bolalarga estetik tarbiya berish da qurish-yasashdan foydalanishning o‘ziga hos jihatlari
    Maktabgacha ta'lim muosassaida bolalar bilan qurilish materiallari yordamida o‘yin va mashg'ulotlar o‘tkazishning ahamiyati katta. Yosh avlodni har tomonlama tarbiyalashda maktabgacha ta'lim muassasasida qurilish materiallari yordamida o‘tkaziladigan o‘yin va mashg'ulotlar katta o‘rin egallaydi. Bolalarning qurilish o‘yinlari rollarga bo‘linib o‘ynaladigan o‘yinlarning ajralmas bir qismi hisoblanadi. Qurilish o‘yinlarida ham bolalar tevarak-atrofdagi narsalarni, kattalarning faoliyatlarini aks ettiradilar. Qurilish o‘yinlarining mazmunini bolalarning o‘zlari yaratadilar. Bolalar ko‘pincha kattalarning qurilishdagi faoliyatlariga taqlid qilib, «Quruvchi ishchi» rolini bajaradilar. Bolalarning qurilish o‘yinlari qiziqarli ijodiy faoliyatdir. Ular o‘z o‘yinlarida qurilishlarni transport harakati, kattalarning mehnati haqidagi taassurotlarini aks ettiradilar. Bunday o‘yinlar bolalarda tashabbuskorlikni uyg'otishga, ularni fikr yuritish va harakat faoliyatlarini faollashtirishga keng imkon yaratadi. Mashg'ulot va o‘yin vaqtida bolalar bir-birlari bilan turlicha munosabatda bo‘ladilar. Ular rollarni o‘zaro bo‘lishib oladilar, ishlarni bajarishda bir-birlariga yordam beradilar va maslahatlashadilar.
    Qurilish o‘yinlarida harakat elementlari ko‘p bo‘lib, u bolalarning harakat qilishga nisbatan bo‘lgan talablarini qondirishga yordam beradi. Bola biror narsani qura boshlaganda qurilish materiallarini tegishli joyga olib boradi, ularni stol yoki pol ustiga joylashtiradi, engashadi, bu vaqtda uning qo‘llari faol harakat qiladi, ya'ni ma'lum miqdorda jismoniy kuch sarflaydi. Mayda qurilish materiallari bilan o‘ynaganda qo‘lning mayda muskullari yaxshi rivojlanadi. Qurilish o‘yinlarini o‘ynash natijasida bolalarning kuzatuvchanligi ortadi, texnikaga bo‘lgan qiziqishlari o‘sib boradi. Bundan tashqari, ular o‘yin jarayonida oddiy geometrik shakllarning tuzilishi bilan ham tanishadilar. Qurilish o‘yinlarining tarbiyaviy ta'siri shundaki, bunda bolalar aks ettiradigan hodisa va narsalarning g'oyaviy mazmuni o‘z aksini topadi. Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarda tafakkurning tahlil va sintez, taqqoslay bilish kabi uquvlari hali sust rivojlangan bo‘ladi. Qurilish materialari yordamida o‘tkaziladigan o‘yinlar esa bolalarning tafakkurini, ijodiy qobiliyatini o‘stiradi.
    Tarbiyachining ko‘rsatgan narsasini esda saqlab qolish va uni qayta esga solish bolalarni narsalarni bir-biriga solishtirishga, tahlil va sintez qilishga, o‘xshashini topib qo‘yishga va farqini ajrata bilishga majbur qiladi va qurilishdagi vazifalarni pala-partish bajarmaslikka, tasodifiy xulosa bilan qoniqib qolmay, balki maqsadga muvofiq yo‘l tutishga o‘rgatadi. Bolalar bilimini sistemali ravishda qurilish o‘yinlari faqat tevarak-atrofni bilib olish vositasigina bo‘lib qolmay, balki axloqiy sifatlarni tarbiyalovchi vosita hamdir. Bolalar doimo atrofda qurilayotgan yangi turar joylarni, maktablar, bolalar bog'chalari, do‘konlarni kuzatib boradilar va tarbiyachidan hukumatimizning xalqlarga qilayotgan g'amxo‘rligini eshitadilar. Bolalar bevosita kuzatayotgan qurilishdagi aniq misollar bolalarning o‘zbek xalqi o‘z mehnatini qanchalik sevishini tushunishlariga yordam beradi. Qurilish o‘yinlari orqali tarbiyachi bolalarda mehnatsevarlik, mustaqillik, o‘z ishiga javobgarlik hissini tarbiyalab borishga harakat qiladi. Bolalar jamoasini to‘g'ri tashkil etishda qurilish materiallari bilan o‘tkaziladigan o‘yin va mashg'ulotlar katta ahamiyatga ega.
    Qurilish materiallari bilan o‘tkaziladigan o‘yin va mashg'ulotlar bolalarni maktabga tayyorlash ishini amalga oshirishda ham yordam beradi. Bu o‘yin va mashg'ulotlar jarayonida bolalarda diqqatni bir joyga to‘plash, oldiga qo‘ygan maqsadga chidam va sabot bilan erishish, olgan bilimi va malakasi asosida ijodiy tashabbuskorlik ko‘rsatish xususiyatlari shakllanib boradi. Qurilish haqidagi asosiy bilimni bolalar qurish-yasash mashg'ulotida egallaydilar. Ana shu mashg'ulotlarda ular narsalarning elementar ko‘rinishlarini, qurilish detallaridan maqsadga muvofiq foydalana olishni o‘rganadilar va qurilishni badiiy jihatdan bezashning oddiy usullarini o‘zlashtirib oladilar. Maktabgacha tarbiya yoshidagi kichik bolalar qurish-yasashga bir necha bor urinadilar, ular faqat qurilish to‘plamlaridagi materiallarni yapaloq tomoni bilan qo‘yib, terib chiqadilar yoki bk-birining ustiga qo‘yadilar. Tarbiyachi bolalarni har xil narsalar qurishga o‘rgatgan bo‘lsa, kichik yoshdagi bolalarning qurilish o‘yinlarida u o‘z aksini topadi. Qurilish materiallari bilan o‘tkaziladigan o‘yin va mashg'ulotlar uchun zaruriy sharoitlar. Bolalar qurish texnikasini yaxshi o‘zlashtirib olishlari uchun guruhlarda zarur shart-sharoitlarni yaratish lozim. Buning uchun, avvalo, guruhda yetarli miqdorda qurilish materiallari bo‘lishi, ya'ni hamma bolalar bir vaqtda yoki hech bo‘lmaganda yarim guruh bolalar mashg'ul bo‘la oladigan darajada material bo‘lishi zarur. Namunaga qarab qurish mashg'ulotida ham bolalarni materialdan cheklab qo‘ymay, balki har kimga keragini taqsimlab berish lozim
    Bolalar har doim zarur bo‘lgan materialni olib ishlata bilishni o‘rgansinlar. Bolalar qurish-yasash malakalarini endigina egallay boshlaganlarida, ya'ni ikkinchi kichik guruhdan boshlab qurish mashg'ulotlarini o‘tishga ruxsat beriladi. Mashg'ulotlarda qurish-yasashga o‘rgatish uchun stol ustida o‘ynaladigan qurilish to‘plarnidan foydalangan ma'qul. Ko‘pchilik bolalar bog'chasiriing uchastkasida qurib o‘ynash uchun yirik qurilish materiallaridan foydalaniladi. Bu materiallar bolalarni ko‘pchilik bo‘lib qurishga, o‘ynashga o‘rgatadi. Guruhdagi bolalarning hammasi qurish usullarini yaxshi o‘zlashtirib olishlari uchun mashg'ulot vaqtida stollarni har xil joylashtirish mumkin. Qurilishni yakka-yakka bajarayotganda stollarni odatdagi tartibda yoki P harfi shaklida terib qo‘yish mumkin, agar bolalar bir qurilishni guruh bo‘lib bajarsalar, 2-3 stolni birlashtirib, qator qilib qo‘yish kerak. Mashg'ulot vaqtida bolalarga qurilishning eng zarur usullari ko‘rsatiladi, shuning uchun mashg'ulot uzoq cho‘zilmasligi (10-12 daqiqadan oshmasligi) kerak
    Qurish-yasash mashg'ulotlarini o‘quv yilining birinchi yarmida o‘tkazish maqsadga muvofiqdir, ikkinchi yarmida esa o‘yinlar bilan chegaralansa ham bo‘ladi. Mashg'ulotning maqsadi qurish-yasashning hamma usullarini ko‘rsatishdan iborat: qurilishni qurishda qurish-yasashning hamma usullari ko‘rsatishni va harakat bilan tushuntirish, tayyor qurilgan namunani ko‘rsatish va unga kirgan elementlarni tahlil qilish. Namuna sifatida qurilish materiallaridan nimalar yasash mumkinligini ko‘rsatuvchi tayyor qurilishdan foydalanish. Bolalar bino, inshootni qurishni bilib olishlari uchun (baland poydevorning ustini qanday bekitish, bir detalni qanday qilib boshqasi bilan almashtirish, tekislikni qanday kengaytirish va shu kabilar) qurilishning ayrim detallarini ko‘rsatish. Tarbiyachi tomonidan bajarilayotgan qurilishning ayrim qismini davom ettirishni bolalarga taklif qilish. Quriladigan obyekt haqida tushuncha berish, masalan, qurilishning hajmini (katta-kichikligini) aniqlash, bunda qurilishning o‘yinchoqlarga mos bo‘lishini aytish. Bolalarni o‘zlari ijod qilib qurishga o‘rgatish uchun zarur sharoitlar va ashyolar bilan ta'minlangan bo‘lishi kerak. Tayyorlov guruhida tabiiy material va qog'ozdan qurish-yasashga o‘rgatishning vazifalari. Mashg'ulotda bolalar qog'oz bilan ishlash ko‘nikma va malakasini egallab boradilar: qog'ozni turlicha buklash, diagonal bo‘ylab bo‘lish, tayyor andazani buklash shablon bo‘yicha detallarni qirqish va hokazo.
    Tayyorlov guruhida bolalar turli narsalar yasaydilar. Karton yordamida o‘yinchoqlar tayyorlanadi (petrushka balalayka bilan, qo‘lini qimirlatayotgan quyon...). Korobkadan, karton va qog'ozdan avtomashina, yuk krani, traktor, uy qurish mumkin. Qog'oz, karton, tabiiy materialdan (ildiz, tayoqcha va boshqalar) suvda o‘ynaladigan o‘yinchoqlar (kemacha, barja) qurish mumkin. Tarbiyachi bu o‘yinchoqlarning nima uchun qo‘llanilishini bolalarga o‘rgatadi. Tabiiy materiallardan narsa yasash mashg'ulotida tarbiyachi bolalarga shox-shabba, shishka, urug'lardan foydalanib, bu figuralarning alohida qismlarini turli usulda birlashtirishni (yelim, sim, gugurt cho‘pi, plastilin bilan) o‘rgatadi. Bolalar turli shakllarni odam, hayvonlarni, qush, baliq, kapalaklarni, archaning urug'i, yong'oq po‘stidan, o‘z o‘ylaganlari asosida, tarbiyachining topshirig'i bo‘yicha yasaydilar. Bolalarga yana shoxlar, ildizlardan tanish bo‘lgan ertak qahramonlariga o‘xshashlarini topish ham o‘rgatib boriladi. Bu faoliyat orqali bolalarda fantaziya, tasavvurlari rivojlanib boradi.
    Bolalarga estetik zavq uyg‘otish uchun ularga kuzatilayotgan narsaning mazmuni va ahamiyatini tushuntirish kerak. Bola-larning hislariga ta’sir etish uchun bu hali yetarli emas. Eng muhimi, bu yerda kattalarning namunasidir. Tarbiyachi-ning o‘zi zavqlansa, ortiqcha so‘zlarsiz go‘zallikka qiziqish uyg‘ota oladi va bolalarda estetik kechinmalar paydo qila oladi. Bolalar tarbiyachidan «Nima uchun oltin kuz deyiladi?»- deb so‘rashadi, tarbiyachi istirohat bog‘iga borib ko‘ramiz, deb javob beradi. Bog‘ta borishganda bolalarga taklif etadi: «Sayr qilib daraxtlarni, yo‘lkalarni kuzatamiz». Bog‘ning eng xushmanzara joyiga kelganda bolalar to‘xtab, jim atrofga nazar tashlashadida, nima uchun oltin kuzligini tushundik. Chunki barglar tillaga o‘xshaydi. «Ana qizil barglar», deyi-shadi ular hayajon bilan. Shamol bo‘lishi bilan barglar yerga tushadi. yo‘lkalar esa gilamga o‘xshaydi. Ko‘chaga sayrga chiqishadi. Tarbiyachi bolalarga shunday deydi: «Biz hozir sizlar bilan bog‘cha ko‘chasidan yurib o‘tamiz. Sizlar diqqat bilan kuzatib boringlar, kim qanday chiroyli narsa ko‘rsa, sayrdan keyin so‘zlab beradi». Shuni ta’kidlash kerakki, ajoyibot yonimizdadir, bolalar-ni shu ajoyibotni ko‘ra bilishga, undan hayratlana olishga o‘rgatish lozim.
    Tabiatning go‘zalligini va ajoyibligini inson hayot go‘zalligiga, san’at go‘zalligi va ajoyibotiga aylantiradi. Jonajon tabiat estetik tarbiyaning qudratli vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Tevarakatrofdagi tabiat go‘zalligi hatto eng kichik bolani ham quvontiradi. Uning tuyg‘ular va xayollarda saqlangan go‘zalligi bolalikda ayniqsa yorqin va chuqur idrok qilinadi, inson bularni butun hayoti davomida esidan chiqarmaydi. Sayr, ekskursiya vaqtida tarbiyachi bolalarning diqqatini tabiatning rangbarangligiga, uning o‘zgarishi va uyg‘unligiga qaratadi, tabiat hodisalariga qiziqish uyg‘otadi, unga muhabbat va ehtiyotkorlik munosabatini tarbiyalaydi, asrab-avaylashga o‘rgatadi. Bularning hammasi bolalarning estetik didlarini tarbiyalaydi, ular kishilarning mehnat natijalarini yaqqol ko‘rib, atrofdagi go‘zallik inson mehnati tufayli yuzaga kelishiga ishonch hosil qiladilar. Musiqa bolalarning kayfiyatini ko‘tarib ertalabki badan tarbiyada yangray boshlaydi. Iilning quruq va issiq vaqtlarida ekskursiya, sayr va o‘yin vaqtlarida ashulalar ijro etilishi kerak, bu bolalarni yanada bir-biriga yaqinlashtiradi, ruhini ko‘taradi. Maydonchada mehnat qilish jarayonida ijro etilgan ashula harakat ritmini uyg‘unlashtiradi, bolalarga mehnat quvonchini bag‘ishlaydi.
    Bolalarda estetik idrokning rivojlanishi uchun ularni haqiqiy san’at asarlari bilan tanishtirish zarur. Radio, oynai jahonda san’at ustalari va tengdoshlari ijro etgan asarlar bolalarning estetik rivojlanishida katta yordam beradi. Ashula aytib o‘yinga tushishda asosan xalq ijodi asarlaridan foydalaniladi, bu bolalarni ahloqiy-estetik tarbiyalash uchun g‘oyat qimmatli vositadir. Bolalar xalq kuylari va obrazlarini ijro etayotib, xalq tili va kuyining hamohangligini, ravonligini bilib oladilar. Bu bolalarda vatanparvarlik hislarini tarbiyalaydi, musiqaviy didini shakllantiradi, bolalarni zamonaviy va klassik kuylarni idrok eta olishga tayyorlaydi. Ashula va raqsga tushishga o‘rgatishda faqat to‘g‘ri aytish va to‘g‘ri harakat qilishni emas, balki ifodali aytish va yengil, chiroyli va latofat bilan raqsga tushishga o‘rgatiladi. Bolalarning badiiy qobiliyatlarini tarbiyalash masalasi ularning ijodiy o‘sishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Shuning uchun bolaga o‘rgatish, undagi ijodiy tashabbusni rivojlantirish ishi bir-biri bilan uzviy aloqada amalga oshirilishi lozim. Pedagog tarbiyaviy nuqtai nazardan yondashib, bola ijodining eng birinchi, hali to‘liq namoyon bo‘lmagan tomonini seza bilishi va baholay olishi kerak, bu bilan u boladagi kamolot yo‘lini to‘g‘ri belgilashi mumkin.
    MTTda o‘tkaziladigan bayramlar bolalarga chuqur ta’sir etadi. Bayramning tarbiyaviy kuchi va o‘ziga xosligi uning g‘oyaviy va estetik mazmuni san’atning turli ko‘rinishlari bilan bog‘liq bo‘lishidadir. Har qaysi bayram o‘z g‘oyasiga ega bo‘lib, u bolalarga yorqin obrazlar orqali ta’sir ko‘rsatadi. Demak, estetik tarbiyaning vositalaridan biri qo‘g‘irchoq teatridir. Uning nihoyatda kuchli ta‘sir etishi uning soddaligi, odatdan tashqari jo‘shqinligi va qo‘g‘irchoqligi (o‘yinchoqligi), shuningdek, badiiy so‘z, musiqa, ashula, raqs, tasviriy san’at kabi tarkibiy qismlarning uzviy jipslashib ketganligi kishi ko‘zi o‘ngida yaqqol namoyon bo‘lishidadir. Qo‘g‘irchoq teatrini bolalar faqat tomosha qilibgina qolmay, balki unda o‘zlari ham qatnashadilar. Bu bolaning dramatik qobiliyati, tashabbusi, nutqini o‘stiradi, hayotiga quvonch bag‘ishlaydi. Kichkintoylar, ayniqsa 2-3 yoshli bolalar uchun chiqarilgan kitoblarda so‘zlardan ko‘ra rasmlarning ta’siri ayniqsa qatta bo‘ladi. Bola kitobdagi rasmlarni qaytaqayta o‘z o‘rtoqlariga, kattalarga, qo‘g‘irchog‘iga «o‘qib» berish bilan uning mazmunini o‘z xotirasida mustahkamlaydi. Kitobdagi chiroyli, yorqin rasmlar bolalarning badiiy didini tarbiyalaydi. Qattalar mehnati, qahramonlik, shuningdek, ona Vatanga bo‘lgan muhabbat, do‘stlik, birodarlik, bolalarning ota-onalariga nisbatan mehribon bo‘lishlari kabi mavzularda yozilgan hikoyalar bolalarga tushunarlidir



    Download 128,04 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 128,04 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti “Tasdiqlayman”

    Download 128,04 Kb.