I.BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI BADIIY ESTETIK TARBIYALASHDA QURISH YASASHNING




Download 128,04 Kb.
bet3/10
Sana29.05.2024
Hajmi128,04 Kb.
#257154
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Axatova Elmira kurs ishi. tayyor

I.BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI BADIIY ESTETIK TARBIYALASHDA QURISH YASASHNING NAZARIY ASOSLARI
1.1 Maktabgacha yoshdagi bolalarni badiiy estetik ruhda tarbiyalashning mazmun mohiyati.
Bolalarning estetik rivojlanishi ularning kundalik jo‘shqin hayoti bilan chambarchas bog'liqdir. Ilk yoshdagi bolalarni nazarda tutganda, hali ularning estetik tarbiyasi to‘g'risida emas, balki ularning hissiy va sensor rivojlanishi to‘g'risida o‘ylash kerak. Bola yaltiroq bo‘yoqdan xursand bo‘ladi, bir maromdagi tovush va harakatlardan huzur qiladi. Bola hayotining birinchi yilida ularning sensor-hissiy qabul qiluvchanligi takomillashib boradi. Bu yoshdagi bolada hissiy kechinmalarning shakllanishida kattalar muhim rol o‘ynaydi. Kattalarning ochiq yuz bilan jo‘shqin ohangda gapirishlari bolaga buyumlarning u yoki bu xususiyatlariga ijobiy munosabatda bo‘lishlariga yordam beradi. Va, aksincha, kattalarning ogohlantiruvchi ovozi, ular yuzidagi tundlik alomati yoki xo‘mrayib qarashlari, jerkib, siltab tashlashlari va hokazolar bolalarda shu buyumga yoki uning sifatiga salbiy munosabatni shakllantiradi. Bola hayotining ikkinchi yilida uning idroki sekin-asta takomillasha boradi. Bolalar endi faqat borliq xususiyatlarini emas, shu bilan birga san'at asarlaridagi ayrim estetik ifoda vositalarini ham idrok eta boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalarda musiqaning quvnoq va g'amgin kuylariga, ularning qattiq va sokin ohangiga, ohista va tezligiga javob ta'siri paydo boladi va hokazo. O‘rta guruhga kelganda bolalar estetik idrokinnng rivojlanishida muhim o‘zgarishlar yuz beradi. Ularning estetik idroki ancha aniq va tabaqalashgan bolib qoladi. Ammo shunga qaramay, u qisqa-qisqa bo‘lib, bolaning shaxsiy tajribasi va qiziqishiga bog'liq bo‘ladi. Bu yoshdagi bolalar badiiy obrazni eng oddiy estetik baholay oladilar, ba'zi bir estetik vositalarni to‘g'ri anglaydigan, tasvir mohiyatini tushunadigan bo‘lib qoladilar.
Bolalarda go‘zallikni idrok qilish jarayoni aniq ifodalangan, ta'sirli, faol tusda bo‘ladi. Bu ayniqsa, ular qo‘gMrchoq teatri, kino, multfilm, telespektakllarni tomosha qilganlarida aniq namoyon boladi. Bolalar asar qahramonlari harakatiga bemalol qo‘shilib harakat qiladilar, ularda muayyan vaziyatda o‘zini qanday tutishni aytib turadilar, o‘zlarini ular bilan birga o‘ynayotgandek his etadilar. Bu yoshdagi bolalar tanish bo‘lgan san'at asarlarini yangi asarlar bilan solishtiradilar va ba'zi bir xulosalar chiqaradilar. Bolalar she'rni nasrdan, badiiy asarning ba'zi bir janrlarini, tasviriy faoliyat va musiqaning bir xil turlarini (ertakni hikoyadan, marshni raqsdan, allani o‘yindan va hokazo) bir-biridan ajrata boshlaydilar. Katta guruhning oxirlariga kelganda ular musiqani, badiiy asarlarni diqqat bilan tinglaydilar, tasviriy san'at asarlarini sinchiklab kuzatadilar, ulardagi ijobiy qahramonlarning xatti-harakatlaridan quvonadilar, yomonlikni qoralaydilar. Bolada musiqaviy va shoirona tinglash qobiliyati rivojlanadi. Ularda ayrim musiqa janrlariga, adabiy va tasviriy san'at asarlariga nisbatan barqaror qiziqish paydo bo‘ladi. Bolalarda badiiy-ijodiy qobiliyat rivojlana boshlaydi, ular mustaqil ravishda topishmoqlar, ashulalar, ertaklar, she'rlar to‘qiydilar, applikatsiya va rasmlar ishlaydilar. Endi ular o‘zlarining va o‘rtoqlarining ishlarini baholaydigan bo‘lib qoladilar. Kuzatayotgan san'at asariari, eshitayotgan musiqa asarlari, o‘qilayotgan she'rlarning eng nozik tomonlarini ko‘ra biladilar, seza boshlaydilar. Badiiy asarlardagi ba'zi she'riy obrazlarni eslab qoladilar va o‘z nutqlarida ishlatadilar. Tevarak-atrofdagi go‘zallikka, san'atga, badiiy va o‘yin faoliyatining har xil turlariga nisbatan ularda qiziqish shakllana boshlaydi.
Shunday qilib, maktabgacha ta'lim yoshi davri tarbiyaviy ta'sir orqali bolalarni estetik ruhda tarbiyalash maqsadlaridan va uning bola shaxsini shakllantirishda tutgan o‘rnidan kelib chiqib, estetik rivojlanishlarini takomillashtirishdir. Estetik tarbiyaning vazifalari tarbiyaning umumiy maqsadlaridan kelib chiqib, bolalarning yosh imkoniyatlariga qarab belgilanadi. Estetik tarbiya vazifalarini hal etish bolalarda tashabbuskorlik, ma'lum natijalarni oldindan bilish, ularga intilish, orzu qila bilish kabi sifatlarni shakllantirish bilan uzviy bog'langandir. Estetik tarbiyaning mazmuni bolaning estetik faoliyati orqali amalga oshiriladigan bilim, malaka va ko‘nikmalarni estetik hissiyot, qiziqish, estetik ehtiyoj, estetik did va mulohazalarni tarbiyalashni o‘z ichiga oladi. Bular quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi: O‘yin, mehnat jarayonida, maishiy faoliyatda ijtimoiy va tabiat voqealari bilan tanishtirish. Orqali tevarak-atrofdagi borliqqa nisbatan estetik munosabatni tarbiyalash; san'at asarlari (badiiy tarbiya) vositasida estetik tarbiya berish.
Bolalardagi fikrlash qobiliyatini rivojlantirish uchun badiiy qobiliyatning hamma turlarida ham xayolning ma'lum maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishi ta'minlanadi. Bolalarni ijodiy maqsad qo‘yishga o‘rgatiladi. Bolalarning mustaqil ijodiy faoliyatlari bayramlarda, ko‘ngil ochish kechalarida, ekskursiya va sayrlarda, har xil o‘yinlarda amalga oshiriladi. Bolalar o‘zlarining badiiy ijodiy mahoratlarini, qobiliyatlarini bemalol, erkin namoyish qilishlari uchun tarbiyachi kerakli shart-sharoitni yaratib berishi zarur. Bolalarning bu xildagi mustaqil faoliyatlariga rahbarlik qilishda tarbiyachi yakka tartibda yondoshishi lozim. Shu orqali u bolalarning o‘ziga xos qobiliyat va imkoniyatlarini o‘rganadi. Bolalar orasida ashula aytishga, rasm chizishga, musiqaga havas juda erta uyg'onadi. Ammo bu hali bolaning kelajakda qanday mutaxassis bo‘lishini aniqlash huquqini bermaydi. Lekin tarbiyachilar va ota-onalar bolalarning qiziqishlariga diqqat-e'tibor bilan qarashlari lozim. Ular bolani diqqat bilan kuzatayotib, unda musiqa, rasm, qurish-yasash va boshqa sohalardagi iste'dodning ilk kurtaklarini ko‘rishlari mumkin. Boladagi qobiliyatlarning shakllanishi kattalarning mana shu kurtaklarni avaylab o‘stirishlariga, ularga to‘g'ri rahbarlik qilishlariga bog'liq.
Estetik tarbiya - o‘quvchilarda estetik his-tuyg'u, estetik ong va munosabatni shakllantirishga qaratilgan tarbiyaning alohida shakli. Estetik tarbiya - bu estetik jihatdan rivojlangan va ijodiy faol bo‘lgan inson shaxsini shakllantirish jarayoni. Estetik tarbiya insonparvar mohiyatga, estetik orzuga mos keladigan voqelikni idrok etish, baholash va nafosat qonunlari asosida qayta yaratishga qodir bo‘lgan inson shaxsini shakllantirishga mo‘ljallangan tarbiya sohasidir. Estetik tarbiyaning maqsadi: o‘quvchilarda shaxsning har tomonlama rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan axloqiy-estetik, insonparvarlik ideallarini, go‘zallikni ko‘ra olish, his qilish, tushunish va yaratish ko‘nikmalarini shakllantirish.
Har bir ota-onada pedagogik ichki hissiyot mavjud. Ulardan har kim har xil yo‘ldan foydalanib farzandlarini tarbiyalaydilar. Bu borada estetik tarbiya eng samarali yo‘llardan biridir. Oilada ham, mahallada ham, tanishlar orasida ham estetik tarbiya muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli, el e'zozidagi va xalq e'tiboridagi shaxslarni ibrat namuna qilib ko‘rsatish tarbiya samaradorligini oshirishga muhim g'oyaviy asosdir.
"Estetik tarbiya - o‘quvchilarni voqelikdagi, san'atdagi, tabiatdagi, kishilarning ijtimoiy va mehnat munosabatlaridagi, turmushdagi go‘zallikni idrok qilish hamda to‘g'ri tushunishga o‘rgatish, ularning badiiy didini o‘stirish, go‘zallikka muhabbat uyg'otish va hayotiga go‘zallikni olib kirish qobiliyatlarini tarbiyalashdir".
"Estetik ta'lim-tarbiya — insonda zavq uyg'otuvchi va uni harakat, shijoat va qahramonliklarga undovchi barcha turdagi ko‘rinishlar, holatlar, hodisalar va badiiy-estetik tafakkurni shakllantirish".
"Estetik rivojlantirish - bu shaxsning estetik ongi, munosabatlari va estetik faoliyatining vujudga kelishi hamda takomillashuvidan iborat uzoq davom etadigan jarayondir. Bu jarayon ijtimoiy omillar bilan belgilanadigan turli darajalarga egadir. U shaxsning jamiyat estetik madaniyatini egallab olishga bog'liq bo‘lib, turli yo‘llar va shakllar yordamida amalga oshiriladi. U jamiyat estetik madaniyatini turli ma'naviy va moddiy ko‘rinishlarda tushunib olishni ta'minlaydi"
Estetik tarbiyaning asosiy maqsadi talaba-yoshlarda ma'naviy jihatdan go‘zallikni his qilishni tarbiyalash, yuksak estetik didni va san'at asarlarini sevishni shakllantiris h, tarix va me'moriy yodgorliklarga nisbatan hurmatni uyg'otish, jonajon tabiatimizga ongli munosabatda bo‘lishga oid tasavvurlarni yuksaltirish, tabiat va jamiyat boyliklarini qadrlay bilish ko‘nikma va malakalarini hosil qilish kabi insoniy fazilatlarni tarbiyalashdan iboratdir. Estetik tarbiyaning asosiy maqsadidan kelib chiqqan holda shuni qayd etish mumkinki, uning yordamida yosh avlodni Vatanimiz va jahon badiiy madaniyatining eng yaxshi namunalaridan zavqlangan holdagi ijtimoiy faol shaxsni tarbiyalashga erishish lozim bo‘ladi. Estetik tarbiya yosh avlodning, ya'ni talaba-yoshlarning badiiy- ijodiy qobiliyatlarini yuksaltirishga qaratilgan bo‘ladi. Estetik tarbiyaning vazifalari uning asosiy maqsadini amalga oshirishdan iborat bo‘ladi. Bunda mustaqil respublikamizdagi ta'lim-tarbiyani isloh qilish borasidagi sa'y-harakatlar ham e'tiborga olinmog'i lozim.
Estetik tarbiyani samarali amalga oshirishda quyidagilar asosiy vositalar hisoblanadi: muzeylar, teatrlar, kutubxonalar, klublar, kinoteatrlar, galereyalar, o‘tmish obidalari, tarixiy me'morchilik yodgorliklari, san'at asarlari va tarixiy madaniy joylar va hayot tarzimizdagi borlig'imiz hamda ulardagi go‘zalliklar talaba-yoshlarimizni estetik ruhda tarbiyalashga asos bo‘ladi.

Download 128,04 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 128,04 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I.BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI BADIIY ESTETIK TARBIYALASHDA QURISH YASASHNING

Download 128,04 Kb.