Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti “Tasdiqlayman”




Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana28.05.2024
Hajmi0,62 Mb.
#256202
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Aduraximova Charos KURS ISHI

1.2.
Maktabgacha 
yoshdagi 
bolalar 
rivojlanishining 
fiziologik 
xususiyatlari
Bolaning fiziologik jihatdan eng tez o‘sadigan davri bir-ikki yoshligiga 
to‘g‘ri keladi. Bola uch yoshga to‘lib maktabgacha yoshiga o‘tgandan so‘ng uning
jismoniy jihatdan o‘sishi bir qadar sekinlashadi. Bolaning jismoniy jihatdan 
o‘sishidagi notekislik bu davrda ham davom etaveradi. 
Maktabgacha yoshdagi bolaning tanasi, xususan, oyoqlarining uzayishi tufayli 
gavdasidagi umumiy mutanosiblik o‘zgaradi. Maktabgacha yosh davrida bolaning 
oyoqlari nisbatan ko‘proq o‘sadi. Biroq shunday bo‘lsa ham 6–7 yoshgacha 
bo‘lgan bolaning suyaklari hali yaxshi qotmagan, ya’ni tog‘aysimon holatda 
bo‘ladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning pay va muskullari hali baquvvat 
emasligiga qaramay juda harakatchan bo‘ladilar. Bola 7 yoshga yetgach, umurtqa 
suyagining bo‘yin qismida oldinga tomon, ko‘krak qismida esa orqaga tomon 
ma’lum darajada egilish yuz beradi. Keyinchalik bolaning umurtqa suyagi mana 
shu shaklda saqlanib qoladi. Bola qaddi-bastining to‘g‘ri bo‘lishida umurtqa 
suyagining ana shunday holda saqlanib qolishi juda katta ahamiyatga ega. Bog‘cha 
yoshidagi bolaning bosh suyagi ham tez o‘sadi. Bola uch yoshga to‘lgandan so‘ng 
boshmiya suyagining orqa va tepa tomonlari tez o‘sadi. Maktabgacha yoshda 
bolaning ichki organlarida ham jiddiy o‘zgarishlar ro‘y beradi. Masalan, bolaning 
yuragi hajm jihatidan chaqaloq bolaning yuragiga nisbatan 4–5 barobar 
kattalashgan, biroq uning muskullari hali yetarli darajada mustahkamlanmagan 
bo‘ladi. Mana shuning uchun bog‘cha yoshidagi bolaning yuragi bir qisqarishda 
organizm uchun yetarli qon siqib chiqara olmaydi. Bola yuragining katta odamlar 
yuragiga qaraganda nisbatan tezroq urishining sababi ham mana shundadir. 
Chunonchi, agar 1 yoshdagi bolaning yuragi bir marta qisqarishda 10,2 kub/sm 
qon siqib chiqarsa, 7 yoshli bolaning yuragi bir marta qisqarishda 23 kub/sm dan 
qon siqib chiqaradi. Katta yoshdagi odamning yuragi esa bir marta qisqarishda 60 
kub/ sm dan ortiqroq qon siqib chiqaradi. Maktabgacha yoshdagi davrda yurakning 
nisbatan tezroq ishlashi tufayli bolaning qon bosimi katta kishilarga nisbatan biroz 
kuchliroq bo‘ladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar nafas olish a’zolarining ishida 


22 
ham anchagina o‘zgarishlar yuzaga keladi. Bu yoshdagi bolalar o‘pkasining 
normal ishlashi va rivojlanishiga ko‘krak qafasining o‘sishi ko‘p jihatdan ta’sir 
etadi. Chunki, o‘pkaning faoliyati asosan ko‘krak qafasining shakli va elastikligiga 
(harakatchanligiga) bog‘liq bo‘ladi. Bolalarning ko‘krak qafaslari nafas olish 
uchun qulay emas. Bolalarda diafragmaning bir qadar tik joylashganligi ko‘krak 
qafasining vertikal uzunligini qisqartirib qo‘ygan. Bundan tashqari, maktabgacha 
yoshdagi bolalarda ko‘krak qafasining doirasi ham kattalarnikiga qaraganda juda 
tor bo‘ladi. Shu sababli bolalarning nafas olishlari katta odamlarning nafas 
olishlariga nisbatan nozikroq bo‘ladi. Bolalar o‘pkasining hajmi yetarli darajada 
kattalashmaguncha chuqur nafas ololmaydilar. Natijada bolalar chuqur nafas 
olishning o‘rniga tez nafas olish bilan qoniqadilar. Bolaning bog‘cha yoshidagi 
davrida boshqa organlari kabi ko‘krak qafasining o‘sishi ham biroz sekinlashadi. 
Lekin ko‘krak qafasi doirasining kengayishi bu davrda ancha tez davom etaveradi. 
Bola ko‘krak qafasining doirasi yiliga 1–2 sm dan kengayib borib, 13–14 yoshga 
yetganda o‘z shakli va hajmi jihatidan katta odamlarning ko‘krak qafasiga 
yaqinlashadi. Bolaning 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan davrida nafas olishining 
miqdori deyarli o‘zgarmaydi. Lekin bu davrda bola haddan tashqari harakatchan 
bo‘lgani uchun uning organizmi juda ko‘p miqdorda kislorod talab qiladi. Shuning 
uchun bola mumkin qadar ko‘proq ochiq havoda bo‘lishi kerak. Ana shu 
yuqoridagilardan xulosa qilib aytish mumkinki, maktabgacha yoshiga kelib 
organizmining ishchanlik qobiliyati ancha oshadi. Shuning uchun bog‘chada va 
oilada ta’lim-tarbiya ishlari hamda bola faoliyati rejimini tuzishda bolaning 
jismoniy taraqqiyoti xususiyatlarini doimo hisobga olish zarurdir. 
Shuningdek, turli yosh davrlarining o’ziga xos rivojlanish qonuniyatlari ham 
mavjud. Maktabgacha yoshdagi bolaning jismoniy va psixik kamoloti shartli 
ravishda quyidagi davrlarga bo’linadi:
Go’daklik (1 yoshgacha);
Ilk yosh (1-2 yosh);
Ilk yosh guruhi (2-3 yosh);
Kichik yosh (3-4 yosh);


23 
O’rta yosh (4-5 yosh);
Katta yosh (5-6 yosh);
Maktabga tayyorlov davri (6-7 yosh) 
Kichik guruh (3-4 yoshli bolalar)ning rivojlanish xususiyatlari. Bola 3 yoshga 
qadam qo’yganda jismoniy o’sishi bir qadar sekinlashadi. Bu davrda uning 
og’irligi 14-15 kg., bo’yi 90-95 smga yetadi. Bola jismonan ancha chiniqib, asab 
tizimi taraqqiy etadi. Tayanch harakat organlari takomillashib boradi. 3 yoshli 
bolalar qisqa muddat davomida o’z hatti-harakatlarini idora qilish ko’nikmasiga 
ega bo’ladilar. Ulardagi mustaqillik ortib boradi, hissiyot hamda sensor idroki 
rivojlanib boradi. Jamoa bo’lib o’ynash ko’nikmalari shakllanadi. O’yin asosida 
amalga oshiriladigan mehnat faoliyatini farqlash imkoniyati kengayadi. Tasviriy 
faoliyat hamda qurish-yasash faoliyatining dastlabki ko’rinishlari namoyon 
bo’ladi. Uch yoshli bolalarning diqqati qisman markazlashadi, xotirasi 
mustahkamlanib boradi, moddiy borliqni idrok etish jarayoni boshlanadi, faraz 
qilish imkoniyatlari vujudga keladi. Bunda o’yin faoliyati yetakchi rol o’ynaydi. 
Mazkur dastur xuddi mana shu faoliyatni kengaytirishga va rivojlantirishga keng 
yo’l ochadigan ta’limiy mashg’ulotlar tizimini belgilab berishga yo’naltirilgan.
O’rta guruh (4-5 yosh bolalar)ning rivojlanish xususiyatlari. Bola to’rt yoshga 
yetgach, uning jismoniy o’sishi bir muncha jadallashadi, bu davr mobaynida bo’yi
105-108 sm gacha o’sadi, og’irligi esa 18-19 kg bo’ladi. Bu davrda bolaning 
miyasi tez rivojlanadi. Katta yarim sharlar po’stlog’ining faoliyati takomillashib 
boradi. Boladagi asosiy harakatlarning rivojlanishida jiddiy sifat o’zgarishlar sodir 
bo’ladi, ularni bajarishda tabiiylik ortib boradi, bolalarda qiyoslash ko’nikmasi 
shakllanadi. Bu yoshdagi bolalarning nutqi ravon, xotirasi ancha teran,
mustaqil fikrlash darajasi bir qadar rivojlangan bo’ladi. Barcha harakat va 
faoliyatlarni o’zi mustaqil bajarishga intiladi. Bu yoshda bola nihoyatda 
serharakat, o’yinqaroq, o’ta qiziquvchan bo’ladi. U har qanday tadbirga bajonidil 
qatnashadi. Shuning uchun ham ularni to’g’ri ovqatlantirish, o’z vaqtida uxlatish,
salomatligini muhofaza qilish, ruhiy holatini nazorat qilib borish, quvnoq 
kayfiyatda bo’lishini ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Ular bilan olib 


24 
boriladigan mashg’ulotlarning mazmunini xuddi mana shunga yo’naltirish 
maqsadga muvofiqdir.
Katta guruh (5-6 yosh bolalar)ning rivojlanish xususiyatlari. Bu davrda 
bolaning bo’yi bu davrda 7-8 sm ga o’sadi. Uning oyoqlari gavdasiga nisbatan 
tezroq rivojlanadi, og’irligi 20-22 kg ni tashkil etadi. Bolalarning umurtqa 
suyaklari qotmaganligi tufayli tez qiyshayib qolishi mumkin. Shuning uchun ham 
suyaklarning to’g’ri o’sishini ta’minlashga alohida e’tibor berish kerak. Ularning 
yuragi chaqaloq yuragiga nisbatan 4-5 barobar kattalashgan, biroq muskullari hali 
yetarli darajada mustahkamlanmagan bo’ladi. Olti yoshga yetganda miya 
po’stlog’ining asab katakchalari rivojlanib, og’irligi va tashqi ko’rinishidan 
kattalarnikiga yaqinlashadi. Shuning uchun ham bolaning asablariga juda 
ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lish talab etiladi. Uning talaffuzi aniq, nutqi 
ravon bo’lishini ta’minlash kerak. Bolaning bu faoliyatida nuqson bo’lgan taqdirda 
uning oldini olish choralarini ko’rish lozim. Bu yoshdagi bolalarning so’z 
boyligining rivojlanishiga alohida e’tibor berish lozim. Ularning nutqidagi so’zlar 
bolaning fikr ifodalash ehtiyojlarini to’la qondirishi kerak. Bu davrda bolalarning 
matematik tafakkuri, hisoblash ko’nikmalarini rivojlanishi lozim. Dastlabki 
iqtisodiy tushunchalarga ehtiyoj seziladi. Bolaning faraz qilish qobiliyatini jadal 
rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir. 
Maktabgacha yosh davrining oxiriga kelib, organizmning tayanch-harakat va 
yurak qon-tomir tizimlarining intensiv rivojlanishi hamda takomillashishi, mayda 
mushaklarning rivojlanishi, markaziy asab tizimidagi ayrim bo‘linmalarning 
rivojlanishi va differensirovkalanishi ro‘y beradi. Bolaning vazni oyiga taxminan 
200 gr atrofida, bo‘yi o‘sishi esa 0,5 sm ga ortib boradi, tana proporsiyalari o‘zgara 
boshlaydi. 7 yoshli bolalarning bo‘yi o‘rtacha 113-122 sm ga, o‘rtacha vazni esa 
21-25 kg ga teng bo‘ladi. Miya sohalari deyarli katta yoshli kishilarnikidek 
shakllangan. Harakat sohalari yaxshi rivojlangan. Suyaklar mustahkamlanishi 
davom etadi, lekin umurtqa egilishlari hali barqaror emas. Yirik va ayniqsa, mayda 
motorikanin rivojlanishi davom etadi. Qo‘l panjalari mushaklarning 
koordinatsiyasi intensiv rivojlanadi.


25 

Download 0,62 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti “Tasdiqlayman”

Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish