• Kurs ishining ob’ekti: Maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’lim-tarbiya jarayoniga tarbiyachining to’g’ri yondashishi. Kurs ishining predmeti
  • Kurs ishining tuzilishi: Kirish, 2 bob, 4 paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar. Kurs ishi metodlari
  • Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti “Tasdiqlayman”




    Download 0,62 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/9
    Sana28.05.2024
    Hajmi0,62 Mb.
    #256202
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Aduraximova Charos KURS ISHI

    Kurs ishining maqsadi:
    Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishini 
    har tomonlana o’rganish va ta’lim-tarbiya jarayonini to’g’ri tashkil etish. 
    Kurs ishining vazifasi:
    -bolalarning psixologik rivojlanishini o’rganish; 
    2
    “Ilk qadam” (takomillashtirilgan ikkinchi nashr) T.: 2022 



    -bolalarning fiziologik rivojlanishini o’rganish; 
    -davlat talablari va “Ilk qadam” Davlat o’quv dasturini o’rganish; 
    -yuqoridagilarni inobatga olgan holada bolalarga to’g’ri ta’lim-tarbiya 
    berish; 
    -bolalar to’g’ri rivojlanishiga kerakli shart-sharoit yaratish; 
    -
    kurs ishi natijalarini miqdoriy va sifat jihatdan taxlil qilish
    - xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish. 
    Kurs ishining ob’ekti:
    Maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’lim-tarbiya 
    jarayoniga tarbiyachining to’g’ri yondashishi. 
    Kurs ishining predmeti:
    Mavzuni yoritib berishda xizmat qilgan 
    adabiyotlar, o'quv qo'llanmalar, dissertatsiyalar va ilmiy maqolalar, kurs ishilari 
    predmeti bo'lib xizmat qiladi.
    Kurs ishining tuzilishi:
    Kirish, 2 bob, 4 paragraf, xulosa va foydalanilgan 
    adabiyotlar. 
    Kurs ishi metodlari:
    Pedagogik, psixalogik, metodik, ilmiy-texnikaviy 
    manbalarni nazariy taxlil etish. 
    Kurs ishining nazariy va amaliy ahamiyati:
    Maktabgacha ta’lim 
    tashkilotlaridagi bolalarning rivojlanishidagi o’ziga xos jihatlarning ahamiyatini 
    bilish, kerakli ma'lumotlar to'plash va uni o'rganish. 
     



    I BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR RIVOJLANISHINING 
    O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI 
    1.1 Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishining psixologik xususiyatlari
    (diqqat, xotira, tasavvur) 
    Bolaning 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan maktabgacha yoshi bolalik 
    davrining katta bir qismini tashkil etadi. Asosan mana shu davrdan boshlab 
    bolaning mustaqil faoliyatlari rivojlanadi hamda shaxsiy individual xususiyatlari 
    (shaxsiy fazilatlari) tarkib topa boshlaydi. Rus pedagoglaridan P.F. Lesgaftning 
    fikricha, insonning maktabgacha yoshidagi davri shunday bir davrki, ana shu davr 
    mobaynida kelgusida qanday xarakter xislatlari paydo bo‘lishi belgilanadi va 
    axloqiy sifatlarining asoslari yuzaga keladi. Insonning kamol topa borishida 
    maktabgacha yoshdagi davrning ahamiyatiga doir P.F. Lesgaftning bu fikri rus 
    pedagogi A.S. Makarenkoning quyidagi fikriga to‘la mos keladi. A.S. Makarenko 
    bolalarni juda kichik davridan boshlab tarbiyalash zarurligi haqida gapirib, 
    tarbiyaning eng muhim asoslari bolaning besh yoshgacha bo‘lgan davri mobaynida 
    yuzaga keltiriladi. Mana shu davrda qilingan butun tarbiya, tarbiya jarayonining 
    90% ini tashkil etadi, degan edi. Haqiqatan ham bolaning maktabgacha yoshidagi 
    davri shu qadar mazmundor va faol davrdirki, bu davr bolaning kelgusi o‘sishida 
    albatta o‘z aksini qoldiradi. Shuning uchun maktabgacha yoshidagi davr ta’sir 
    o‘tkazish kuchi jihatidan g‘oyat mas’uliyatlidir. Bola ilk yoshdan maktabgacha 
    davrga o‘tgach, uning butun yashash sharoitida jiddiy o‘zgarishlar yuz beradi. 
    Birinchidan, bola maktabgacha yoshga o‘tgach, uning faoliyat doirasi ancha 
    kengayib, mustaqilligi yanada ortadi. Uning o‘yinlari, xatti-harakatlari ham 
    boshqacha mazmunga ega bo‘la boshlaydi. Ikkinchidan, bolaning butun faoliyatida 
    nutqning roli orta boradi. Uchinchidan, bola maktabgacha yoshga o‘tgach, 
    muayyan dastur asosida maxsus pedagog tomonidan tarbiyalana boshlaydi. 
    Maktabgacha yoshdagi bolaning yashash sharoitida yuzaga kelgan bu o‘zgarishlar 
    uning psixologik va fiziologik jihatdan o‘sib kamol topishniga ta’sir etmay 
    qolmaydi. 



    Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishining psixologik xususiyatlariga 
    bolalarning sezgi va idroki, diqqati, xotirasi, tasavvuri, nutqi va xayolining 
    rivojlanishi xususiyatlari kiradi. 
    Bolaning maktabgacha yoshidagi davri sezgi a’zolari va idrokining intensiv 
    rivojlanish davri hisoblanadi. Bolalar sezgi va idroklarining yordami bilan tevarak-
    atrofdagi narsalarning shaklan katta-kichikligini va ranglarini bilib oladilar. 
    Ularning sezgi a’zolari (ko‘rish, eshitish, hid, ta’m-teri, taktil) va idroklari dunyoni 
    bilish qurolidir. Shuning uchun bolalarning psixik taraqqiyotlari asosan ana shu 
    yuqoridagi sezgi a’zolari va idroklarining taraqqiyotiga bog‘liq. Ana shuning 
    uchun ham hozirgi kunda MTT larda bolalarga beriladigan sensor tarbiyaning roli 
    nihoyat darajada ortib bormoqda. Bu yerda shunday bir savol tug‘iladi. Sensor 
    tarbiya deganda nimani tushunamiz? Sensor tarbiya aqliy tarbiyaning bir bo‘lagi 
    bo‘lib, biz bunda sezgi a’zolari va idrokni maqsadga muvofiq ravishda 
    rivojlantirish va mukammallashtirishni tushunamiz.
    Maktabgacha yoshdagi bolalar narsalarni o‘z qo‘llari bilan bevosita 
    ushlamasalar ham, ko‘rish va eshitish bilan qanoatlanadigan bo‘ladilar. Bolaning 
    ko‘rish sezgisi maktabgacha yoshgacha bo‘lgan davrda juda tez takomillashadi. 
    Shuning uchun bolaning ko‘zi katta yoshdagi odamlar ko‘ziga nisbatan uzoqni 
    ko‘ra oladi. Agarda bolaning ko‘zi biron kasallikka uchramay, normal va sog‘lom 
    taraqqiy etsa, ko‘rish o‘tkirligi katta yoshdagi odamlarnikiga nisbatan ikki-uch 
    barobar ortiq bo‘ladi. 
    Maktabgacha yoshdagi bolalarning psixik jihatdan taraqqiy etishlarida 
    eshitish sezgisining ham roli juda kattadir. Bola eshitish orqali nutqni egallaydi. 
    Nutq esa inson taraqqiyotining eng muhim manbalaridan biridir. Eshitish sezgisi, 
    yuqorida aytib o‘tganimizdek, bolalarda yildan yilga tez rivojlanadi. Agar 
    maktabgacha yoshdagi bolaning eshitish a’zosi (qulog‘i) biron kasallikka 
    uchramay, normal rivojlanib borsa, tez orada kamolotga erishadi va natijada 
    eshitish sezgirligi kuchayadi.
    Maktabgacha yoshdagi bolalar umuman ta’mni emas, balki ta’mning barcha 
    turlarini deyarli ajrata oladilar. Hidlarga nisbatan ham xuddi shunday. Biroq bu 


    10 
    ishdagi bolalarning turmush tajribalari juda ozligi tufayli ayrim hidlarning nomini 
    to‘g‘ri ayta olmasliklari mumkin. Bog‘cha yoshidagi bolalarning hid va ta’m bilish 
    a’zolari anatomik tuzilishi jihatidan katta odamlarning hid va ta’m bilish 
    a’zolaridan deyarli farq qilmasada, lekin funksiyasi, ya’ni o‘z vazifasini qay 
    darajada bajarishi jihatdan biroz farq qiladi. Bu farq hid va ta’m bilish 
    sezgirligining o‘tkirligida namoyon bo‘ladi. Katta odamlarda hid va ta’m bilish 
    sezgirligi bolalarga nisbatan o‘tkirroq bo‘ladi. 
    Ilk yoshdagi bolalar har bir narsani o‘z qo‘llari bilan ushlab, timirskilab 
    ko‘rishga harakat qiladilar. Bolalardagi bu xususiyat ularning maktabgacha 
    yoshdagi davrlarida ham saqlanib qoladi. Ana shu sababli maktabgacha yoshdagi 
    bolalar ham har bir narsani shunday sirtdan ko‘rib qo‘ya qolish bilan 
    qanoatlanmay, «Qani, men bitta ko‘ray», «Qani menga berib turing» degan 
    iboralar bilan qo‘llarini cho‘zib intilaveradilar. MTT bolalaridagi bu xususiyatni 
    ularning haddan tashqari qiziquvchanliklari va turmush tajribalarining ozligi bilan 
    tushuntirish mumkin. Shu sababli bolalardagi bunday intilishni bo‘g‘masdan, 
    imkoniyat boricha so‘ragan narsalarini ushlab ko‘rishlariga ijozat berish kerak.
    Teri sezgirligi maktabgacha yoshdagi bolalarda ham xuddi katta odamlardagi 
    kabi organizmning ayrim joylarida kuchli, ayrim joylarida esa kuchsizroq 
    joylashgan bo‘ladi. Bolalarda qo‘l barmoqlarining uchi va yuz qismlari boshqa 
    joylariga nisbatan g‘oyat sezgirdir. 
    Shunday qilib, bolaning butun maktabgacha yoshdagi davrida hamma sezgi 
    a’zolari jadal rivojlnib boradi. Normal sharoitda tarbiyalangan sog‘lom bola yaxshi 
    takomillashgan ko‘rish, eshitish, hid bilish, ta’m va teri sezgilariga ega bo‘ladi. 
    Mana shu sezgi a’zolari tashqi olamdagi narsa va hodisalarni aks ettirishda birdan-
    bir vositadir. Mashhur chex pedagoglaridan Yan Amos Komenskiy bilish 
    jarayonida sezgi a’zolarining (analizatorlarning) rolini juda obrazli qilib tasvirlab 
    bergan edi. Yan Amos Komenskiyning fikricha: «Sezgi a’zolarimiz ongimizdan 
    (miyadan) tashqi olamga qarata ochilgan darchalardir. Biz ongimizda aks 
    ettirayotgan hamma narsa va hodisalar faqat mana shu darchalar orqali ongimizga 
    kiradi». 


    11 
    Bola uch yoshga to‘lib, MTT ga qatnay boshlagach, birinchidan, bolaning 
    faoliyat darajasi juda kengayib ketadi, ikkinchidan, nutqi g‘oyat zudlik bilan o‘sa 
    boradi. Buning natijasida bola juda ko‘p narsalar bilan mustaqil hamda bevosita 
    munosabatda bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bola hayotidagi bu o‘zgarish o‘z 
    navbatida uning idrokiga ta’sir etmay qolmaydi. Ular kundalik faoliyatlari 
    davomida juda ko‘p narsalar bilan to‘qnashadilar. Shunday bo‘lishiga qaramay 
    katta yoshdagi MTT bolalari ham o‘zlari idrok etayotgan narsalarning nima 
    ekanligini har doim kattalarning yordamisiz bilavermaydilar. Maktabgacha 
    yoshdagi bolalar idrokida ikkinchi signallar sistemasi (nutq)ning roli nihoyatda 
    muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, tevarak-atrofdagi narsalarni anglab idrok 
    qilishda faqat narsaning o‘zigina emas, balki uning nomi ham birga qatnashadi. 
    Bolalar idrokini takomillashtirish maqsadida uyushtiriladigan ekskursiyalarda 
    (hayvonlar va o‘simliklar dunyosi bilan tanishtirishda) bolalar idrokida ikkinchi 
    signallar 
    sistemasining 
    rolini 
    oshirishga 
    intilish 
    kerak. 
    Chunki, 
    qo‘zg‘atuvchilarning (ya’ni ekskursiya paytida ko‘rsatilayotgan narsalarning) ayni 
    bir paytda har ikkala signallar sistemasiga barobar ta’sir etishi idrok qilinayotgan 
    narsalarning butun va to‘la-to‘kis aks etishini ta’minlaydi. Bog‘cha yoshidagi 
    bolalar idrokining xarakterli tomonlaridan biri shundaki, ular turli narsalarni idrok 
    qilishda bu narsalarning ko‘zga tashlanib turadigan belgilariga asoslanadilar. Biroq 
    tajribalari hali yetarli bo‘lmagani, ya’ni ko‘p narsalarning mohiyatiga mutlaqo 
    tushuna olmasliklari tufayli narsalarning mohiyati bilan bog‘liq bo‘lgan eng 
    muhim va umumiy belgilarni aks ettira olmaydilar. Ular narsalarni idrok qilishda 
    faqat aniq tasavvurlarga asoslanadilar. Shu sababli maktabgacha yoshdagi (xususan 
    kichik maktabgacha yoshdagi) bolalar uchun narsalarning eng asosiy va muhim 
    belgilari ularning rangi va shaklidir. Maktabgacha yoshdagi bolalar shuning uchun 
    ham o‘xshash narsalarning shaklini bir-biridan bemalol ajrata oladilar. Lekin, 
    maktabgacha yoshdagi kichik bolalar (kichkina guruh bolalari) narsalarning 
    shaklini farqlashda biroz qiynaladilar. Chunonchi, kichik maktabgacha yoshdagi 
    bolalarga mavhum geometrik shakllar yoki ularning rasmi ko‘rsatilsa, ular bu 
    shakllarni o‘zlariga ma’lum bo‘lgan aniq narsalar bilan bog‘lab, ya’ni 


    12 
    predmetlashtirib idrok qilishga intiladilar. Masalan, ular aylanani «g‘ildirak», 
    to‘rtburchakni «deraza» yoki «eshik» deb ataydilar. 
    Maktabgacha yoshdagi bolalar idrok qilish paytida narsalarni chuqur analiz 
    qila olmaydilar. Bolalar idrokidagi bu yetishmovchilik turli rasmlarni idrok 
    qilishlarida yaqqol ko‘rinadi. Bolalar (xususan kichik yoshdagi bog‘cha bolalari) 
    rasmda tasvirlangan narsalarning holatiga va fazoviy munosabatlariga tamomila 
    befarq bo‘ladilar. 
    Tevarak-atrofdagi narsalar o‘rtasida mavjud bo‘lgan fazoviy munosabatlarni 
    (baland, past, katta, kichik kabi) to‘g‘ri idrok qilishda bolalarning atrofdagi turli-
    tuman narsalar bilan bevosita munosabatda bo‘lishlari katta rol o‘ynasa, vaqt 
    munosabatlarini to‘g‘ri idrok qilishda vaqt o‘lchovlarini (tushunchalarini) 
    ifodalovchi so‘zlarning ko‘proq ishlatilishi katta rol o‘ynaydi. Shuning uchun 
    bolalar bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda, suhbatlarda, hikoyalar o‘qib berishda 
    bolalar so‘z boyligida hozirgacha yo‘q bo‘lgan vaqt o‘lchovlariga oid 
    tushunchalarni kiritish kerak. 
    Maktabgacha yoshdagi bolalar idrokining normal o‘sishi hamda ularda 
    kuzatuvchanlikning kamol topishi ko‘p jihatdan tarbiyachilarga, ularning 
    pedagoglik mahoratiga bog‘liqdir. 
    Maktabgacha yoshidan boshlab bolalarda ixtiyoriy diqqat rivojlana boshlaydi. 
    Biroq maktabgacha kichik yoshdagi bolalarda ixtiyorsiz diqqat ustunlik qiladi. 
    Maktabgacha kichik yoshdagi bolalarda kun sayin paydo bo‘ladigan yangi-yangi 
    qiziqishlar, o‘yin faoliyatlarining xilma-xil bo‘la borishi ularda ixtiyorsiz diqqatni 
    asta-sekin takomillashtirib boradi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tomonidan talab 
    etiladigan tartiblarga bo‘ysunish, qoidali o‘yin shartlarini so‘zsiz bajarish, 
    kattalarning topshiriqlarini chidam va qunt bilan ado etish kabi hollar maktabgacha 
    yoshdagi bolalarda diqqatning ixtiyoriy turini rivojlantiradi. Bolalarda ixtiyoriy 
    diqqatni rivojlantirishda o‘yinning roli juda kattadir. Chunki, turli o‘yinlar paytida 
    bolalar diqqatlarini bir joyga to‘plab, o‘z tashabbuslari bilan ma’lum maqsadlarni 
    ilgari suradilar. O‘yinlarning qanday qoidalar asosida o‘ynalishini o‘zlari mustaqil 
    ravishda tanlab oladilar. O‘yin qoidasidan chetga chiqib ketmaslik uchun o‘z 


    13 
    harakatlarini o‘yin qoidalariga moslashtirishga va o‘yinda qatnashuvchi 
    o‘rtoqlarining harakatlarini ham kuzatib borishga tirishadilar. Ana shunday 
    o‘yinlarda ixtiyorsiz diqqat bilan birga ixtiyoriy diqqat ham aktiv ishtirok etadi. 
    Maktabgacha yoshdagi bolalarda diqqatning ayrim xususiyatlari, ya’ni diqqatning 
    kuchi va barqarorligi ham tarkib topa boshlaydi. Buni biz bolalarning (xususan, 
    o‘rta va katta guruh bolalarining) bir ish ustida uzoq vaqt davomida o‘tira 
    olishlaridan, ba’zi o‘yinlarni zerikmay soatlab o‘ynay olishlaridan, ta’limiy 
    mashg‘ulotlarda chidam bilan o‘tira olishlaridan ko‘rishimiz mumkin. 
    Maktabgacha yoshdagi bolalarda avvalgi davrlarga nisbatan diqqatning 
    ko‘lami (hajmi) ham ancha kengayadi. Bolalar diqqatining ko‘lami katta 
    odamlarnikiga nisbatan hali ham juda tor bo‘ladi. Masalan, katta odamlar 
    diqqatining ko‘lami ayni vaqtda 5–6 narsani (bir-biri bilan ma’naviy bog‘lanmagan 
    harflarni yoki raqamlarni) sig‘dira olsa, maktabgacha yoshdagi bolalar diqqati ning 
    ko‘lami ayni bir vaqtda 1–2 narsanigina (kichik guruh bolalari 1 ta, o‘rta va katta 
    guruh bolalari 2 ta) sig‘dira oladi. Kichik guruh bolalari diqqatlarini ikkita narsaga 
    bo‘lishga harakat qilsalar ham, ammo buning uddasidan chiqa olmaydilar. 
    Masalan, 3 yoshli bolaga bir piyola suv olib ke lish buyurilsa, u albatta suv ni 
    to‘kib-sochib olib keladi, bu uning uquvsizligi, bo‘shangligi yoki anqovligidan 
    emas, balki o‘z diqqatini ayni bir vaqtda ikkita narsaga bo‘la olmas ligidandir. 
    Bola o‘zining diqqatini yurib kelish bilan piyolad agi suvni to‘kmay, 
    chayqaltirmay olib kelishga bo‘la olmaydi. Shuning uchun bunday hollarda 
    bolalarni uri shish mumkin emas. 
    Maktabgacha yosh oxiriga kelib ixtiyoriy diqqat rivojlana boshlaydi. Bola 
    diqqatini ongli ravishda ma’lum bir predmetlarga va ob’ektlarga yo‘naltirib va 
    jamlab tura oladi. Diqqatning barqarorligi ortishi – 20-25 daqiqa, diqqat hajmi 7-8 
    ta predmetni qamrab oladi. Bola ikkiyoqlama tasvirlarni ko‘ra olishi mumkin. 
    Maktabgacha yoshidagi bolalar o‘zlarining faoliyatlari uchun qandaydir 
    ahamiyatga ega bo‘lgan, ularda kuchli taassurot qoldirgan va ularni qiziqtirgan 
    narsalarni beixtiyor eslarida olib qolaveradilar. Ular biror narsani eslarida olib 


    14 
    qolishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘ymaydilar va hali maqsad qo‘yishni 
    uddasidan ham chiqa olmaydilar. 
    O‘tkazilgan tajribalarning ko‘rsatishicha, kichik maktabgacha yoshdagi 
    bolalarga nisbatan o‘rta va katta yoshdagi bog‘cha bolalarida ixtiyorsiz va mexanik 
    ravishda esda olib qolish hamda esga tushirish qobiliyati biroz susayadi. Ammo 
    bundan, bolalar ulg‘aygani sari ularning xotirasi kuchsizlanadi, degan xulosa kelib 
    chiqmaydi. Bu yerda gap shundaki, bolalar o‘sib, turmush tajribasi ortgan va nutqi 
    o‘sgan sari ular narsa va hodisalarni surunkasiga, ya’ni to‘g‘ri kelganicha emas, 
    balki tanlab, ya’ni o‘zlariga kerakligini esda olib qoladigan bo‘la boshlaydilar. 
    Kichik maktabgacha yoshdagi bolalarda ko‘proq obrazli xotira rivojlangan 
    bo‘ladi. Shuning uchun ular eshitgan narsalariga nisbatan ko‘rgan narsalarini 
    yaxshi eslarida olib qoladilar. Buning asosiy sababi, birinchidan, kichik 
    maktabgacha yoshdagi bolalarning idroklari aniq obrazli xarakterga ega, 
    ikkinchidan, ularda hali nutq to‘la-to‘kis shakllanmagan. Bolalar yuqori guruhlarda 
    nutqni anchagina egallab olganlaridan keyingina so‘z orqali ifodalangan narsalarni 
    esda yaxshi olib qoladigan bo‘ladilar. 
    Maktabgacha yosh oxiriga kelib bolada psixik faollikning ixtiyoriy shakllari 
    paydo bo‘ladi. U endilikda predmetlarni qarab chiqa oladi, maqsadga qaratilgan 
    kuzatishni amalga oshira olishi mumkin, ixtiyoriy diqqat paydo bo‘ladi va buning 
    natijasida ixtiyoriy xotira elementlari yuzaga kela boshlaydi. Ixtiyoriy xotira bola 
    o‘zi mustaqil ravishda maqsadni belgilaganda – eslab qolish va eslash holatlarda 
    namoyon bo‘ladi. Bolaning eslab qolish istagini har tomonlama rag‘batlantirish 
    zarur, chunki bu nafaqat xotiraning, balki bilishga doir boshqa qobiliyatlar – 
    anglash, diqqat, fikrlash, tasavvur qilishning ham muvaffaqiyatli rivojlanish 
    garovidir. Ixtiyoriy xotiraning paydo bo‘lishi vositalangan xotiraning – eslab 
    qolishning eng mahsuldor shakli rivojlanishiga yordam beradi. Bu yo‘ldagi 
    birinchi qadamlar eslab qolinadigan materialning o‘ziga xosliklari – yorqinligi, 
    ommabopligi, noodatiyligi, ko‘rgazmalilik va boshqa shu kabilar bilan shartlanadi. 
    Bu davrda maktabgacha yoshdagi bolalarni eslab qolish maqsadlarida tasniflash va 
    guruhlash usullariga maqsadli ravishda o‘rgatish mumkin. 


    15 
    Tafakkur bolaning maktabgacha yosh davrida juda tez rivojlana boshlaydi. 
    Bolalarda turmush tajribasining ko‘payishi, ikkinchidan, nutqning nisbatan 
    o‘sganligi, bolalarining juda ko‘p erkin va mustaqil harakatlar qilish imkoniyatiga 
    ega bo‘lishlari bunga sabab bo‘ladi. Bolalar o‘zlarining mustaqil harakatlari 
    davomida atrofidagi turli xil narsalar bilan bevosita taqqoslash, analiz qilish 
    vanihoyat, umumlashtirish kabi fikr qilish jarayonlarini vujudga keltiradi va 
    takomillashtiradi. 3 yoshdan oshgan bolalarning tafakkuri ko‘rgazmali-obrazli
    xarakterga ega bo‘ladi. Ular o‘zlarining mulohazalarida mavhum tushunchalarga 
    emas, balki ko‘z o‘ngidagi aniq narsalarga asoslanadilar. Ko‘rgazmali-obrazli 
    tafakkur ko‘rgazmali-harakat tafakkuriga qaraganda nutq bilan ko‘proq bog‘liq 
    bo‘ladi. Bu davrda ham bolalarning turli faoliyatlarida aniq obrazli tafakkur bilan 
    nutq birga, ya’ni ketma-ket amalga oshiriladi. Bolalar ko‘z o‘ngidagi turli narsalar 
    haqida mulohaza yuritganlarida bu narsalarning nomlarini ataydilar. Lekin bu 
    yoshdagi ba’zi bolalarning mulohazalarida so‘zlarga nisbatan obrazlar katta o‘rin 
    egallaydi. Ularning tafakkurida so‘zlar qandaydir ikkinchi darajali, yordamchi 
    rolni o‘ynaydi, so‘zlardan erkin foydalana olmaydilar. Buni aniqlash uchun 
    professor B.Muxina shunday misol keltiradi. 4–5 yoshli bolalarga ataylab buzilgan 
    o‘yinchoqlar berilib, ularning buzilish sabablarini aniqlash va tuzatish talab 
    qilingan. Ko‘pchilik bolalar buzilgan o‘yinchoqlarning buzilish sababini aniqlab, 
    ularni tuzatganlar. Lekin qanday qilib tuzatganlarini so‘z bilan aytib bera 
    olmaganlar. Ular o‘yinchoqlarning mana bu yerini unday qildik, mana bu yerini 
    bunday qildik, deb aniq ravishda ko‘rsatish bilan cheklanganlar. Ana shu misoldan 
    ko‘rinib turibdiki, aniq obrazli tafakkurda ham hali so‘z yetakchi rol o‘ynamaydi. 
    4–5 yoshli bolalar nutqni jadallik bilan o‘zlashtiradilar. Bu yoshdagi bolalar sodda 
    tarzda umumlashtirish, guruhlash qobiliyatiga ega bo‘la boshlaydilar. Bu davrni 
    mantiqiy tafakkurni egallashga tayyorgarlik davri deyish mumkin. Katta 
    maktabgacha yoshdagi bolalarda mantiqiy tafakkur rivojlana boshlaydi. 6–7 
    yoshdagi bolalarda mantiqiy tafakkur taraqqiyotining barcha imkoniyatlari yuzaga 
    kelgan bo‘ladi. Birinchidan, bu yoshdagi bolalarda nutq yetarli darajada 
    rivojlangan, ikkinchidan, tushunchalar tarkib topa boshlagan. Bolalar obrazlardan, 


    16 
    tasavvurlardan foydalanmay, mustaqil ravishda so‘zlar orqali tafakkur qila olishlari 
    uchun ular voqelikdagi narsa va hodisalarning eng muhim xususiyatlarini aks 
    ettiradigan tushunchalarni o‘zlashtirishlari kerak. Bolalarda avval so‘zlar bilan 
    ifodalanadigan tasavvurlar tarkib topadi. Lekin bu tasavvurlar o‘z-o‘zidan 
    tushunchaga 
    aylanib 
    qolmaydi. 
    Tushunchalarni 
    tarkib 
    toptirishda 
    bu 
    tasavvurlardan foydalanish mumkin. Tushunchalar va ularga asoslangan mantiqiy 
    tafakkur shakllari bolalarning turli sohalarga doir bilim asoslarini o‘zlashtirish 
    jarayonida tarkib topa boshlaydi. Tushunchalarni izchil tarzda o‘zlashtirish 
    maktabdagi ta’lim bilan bog‘liqdir. Bolalar ma’lum darajada tushunchalarni 
    o‘zlashtirganlaridan so‘ng mantiqiy tafakkur qilish qobiliyatiga ega bo‘ladilar. 
    Bunda bolalar berilgan masalani aql bilan yecha oladigan bo‘ladilar. 
    Maktabgacha yosh davrining oxiri tasavvur qilishning o‘ziga xos faolligi 
    bilan tavsiflanadi. Dastlab bu fakat yaratuvchilik tasavvurlari bo‘ladi, ya’ni, biron-
    bir ertaknamo qiyofalarni tasavvur qilishga imkon beradigan tarzda bo‘ladi, 
    keyinchalik esa butunlay yangi qiyofalarni yaratishga qodir bo‘lgan ijodiy 
    tasavvurga aylanadi. Bu bolada fantaziyani rivojlantirish uchun o‘ta muhimdir. 
    Bola maktabgacha yoshga yetgach, so‘z boyligining ancha ortishi bilan birga 
    ayrim jumlalarni grammatik jihatdan to‘g‘ri ishlata boshlaydi, so‘z zaxirasi juda 
    tez ortadi. Bu yoshda bolaning nutqi faqat miqdor jihatidangina ortib bormay balki 
    sifat jihatidan ham ancha takomillashadi. Masalan: ilk yoshdagi bolalar ancha so‘z 
    boyligiga ega bo‘lishlariga qaramay ayrim tovushlarni (r, l, y, sh, z kabi) yaxshi 
    farqlay olmaydilar va shu tufayli so‘zlarni noto‘g‘ri talaffuz etadilar. 
    So‘z boyliklari miqdor jihatidan maktabgacha yoshdagi bolalarning 
    hammasida bir xil bo‘lmaydi. maktabgacha yoshdagi bolalar so‘z zaxirasining 
    miqdori asosan bola tarbiyalanib o‘sayotgan oilaning madaniyatiga, ma’naviyatiga 
    bog‘liqdir. Bir xil oilalarda bola nutqining o‘sishi bilan maxsus ravishda 
    shug‘ullaniladi. Boshqa bir oilalarda esa bola nutqining o‘sishi bilan mutlaqo 
    shug‘ullanmaydilar. Ana shuning natijasida maktabgacha yoshdagi bolalar so‘z 
    zaxirasi o‘rtasida sezilarli farq yuzaga keladi. Agar ilk yoshdagi bolalarning nutqi 
    asosan ular ayni shu chog‘da idrok qilib turgan narsalar va harakatlar bilan bog‘liq 


    17 
    bo‘lsa, maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqi hozir idrok qilib turgan 
    narsalardan tashqari ilgari idrok qilingan narsalar hamda xayoliy narsalar bilan 
    ham bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun bolalar katta kishilar aytib yoki o‘qib bergan 
    ertaklarni izchil ravishda qayta aytib bera oladilar. Bu yoshda bolalar nutqni juda 
    tez egallaydilar. Shuning uchun ular o‘z ona tillarining grammatik tuzilishini ham 
    faqat og‘zaki tarzda o‘zlashtiradilar. Bolalarning o‘z ona tillari grammatikasining 
    ayrim tomonlarini o‘zlashtirishlari maktab bolalarining o‘zlashtirishlaridan 
    batamom farq qiladi. 
    Bola, taxminan, 1 yoshda 8-12 ta so’zni, 2 yoshda 25-400 ta so’zni biladi. 
    Maktabgacha yoshida, ya’ni 3 yoshida 1200-1300 ta so’zni, 4-5 yoshida 2500-
    3000 ta so’zni, 6-7 yoshida 4000-5000 ta so’zni biladi. 
    Maktabgacha yosh oxirida grammatika va leksikaning rivojlanishi davom 
    etadi, nutq ravon bo‘la boradi. So‘z boyligi ortadi, bolalar umumlashtiruvchi 
    otlarni ishlata boshlaydilar, sinonimlar, antonimlar va sifatlardan foydalana 
    boshlaydilar. Agarda bola bilan birga ko‘p o‘qilsa va muloqot qilinsa, unda bu 
    yoshga kelib ham monologik nutq (tushuntirishli va talqin qiluvchi, bayoniy nutq) 
    hamda muloqotda ishtirok eta olish mahorati yaxshi darajada shakllangan bo‘ladi. 
    Yozma nutq shakllana boshlaydi. 
    Maktabgacha yoshdagi bolalarda xayol bir xilda rivojlanmaydi. Agar kichik 
    maktabgacha yoshdagi bolalarda asosan tiklovchi xayol o‘sgan bo‘lsa, o‘rta va 
    katta maktabgacha yoshdagi bolalarda xayolning ijodiy turi ham o‘sa boshlagan 
    bo‘ladi. Bolaning maktabgacha yoshida harakat doirasining kengayishi
    bilimlarining ortishi, turli xil yangi ehtiyoj va qiziqishlarning paydo bo‘lishi unda 
    xayol jarayoni birmuncha tez sur’at bilan rivojlanishiga olib keladi. Shuning uchun 
    maktabgacha yoshdagi bolalarning xayol qilish qobiliyatlari ilk yoshidagi bolalar 
    xayolidan har tomonlama ustun turadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning xayoli 
    asosan ixtiyorsiz va tiklovchi xayol bo‘lib, ularning turli-tuman faoliyatlarida o‘sib 
    boradi.
    Biroq shu narsa diqqatga sazovorki, agar maktabgacha yoshdagi bolalarda 
    xayol qilish qobiliyati bo‘lmaganda edi, ularning o‘yinlari ham xilma-xil bo‘lmas 


    18 
    edi. Demak, bolalarning xayol qilish qobiliyatlari ularni turli xil o‘yinlar o‘ynashga 
    undasa, o‘z navbatida o‘yin ularning xayolini o‘stiradi. Maktabgacha yoshdagi 
    bolalarning xayoli mashg‘ulotlarda ham o‘sib boradi. Masalan, bolalar loy 
    o‘ynashni, ya’ni loydan turli narsalar yasashni (shu jumladan, plastilindan ham), 
    qumdan turli narsalar qurishni, rasm chizishni yaxshi ko‘radilar. Bu mashg‘ulotlar, 
    ayniqsa, rasm chizish mashg‘uloti bolalar xayolini o‘stirishga juda katta ta’sir 
    ko‘rsatadi. Kichik maktabgacha yoshdagi bolalarda hali ijodiy xayolning yo‘qligi 
    ularning rasm chizishlarida yaqqol ko‘rinadi. Masalan, kichik maktabgacha 
    yoshdagi bolalarning chizgan rasmlari hamma vaqt ro‘zg‘or mavzularidan nariga 
    o‘tmaydi. Chunki, bu yoshdagi bolalar har kuni ko‘rib turadigan narsalari 
    haqidagina xayol qila oladilar. O‘rta va, xususan, katta guruh bolalarining rasm 
    chizishlarida ijodiy xayolning yuzaga kela boshlagani aniq ko‘rinadi. Ular rasm 
    chizishda faqatgina uy-ro‘zg‘or mavzulari bilan cheklanib qolmay, uzoq o‘tmish 
    va kelajakdagi narsalarga oid rasmlar ham chizadilar. Bu yoshdagi bolalar o‘z 
    o‘yinlarida va chizgan chizmalarida katta odamlarning turli-tuman faoliyatlarini 
    mustaqil tasvirlashga intiladilar. Bunday paytda ular faqat xayoliy tasavvur etish 
    yoki taqlid qilish bilan cheklanib qolmay, balki o‘zlari ijodiy ravishda yangiliklar 
    ham qo‘shib boradilar. Masalan, ular mazmunli o‘yin o‘ynaganlarida yangi-yangi 
    rollarni o‘ylab chiqaradilar. «Poyezd» yoki «vokzal» o‘yinida poyezdda yoki 
    vokzalda xizmat qiluvchi kishilardan tashqari yo‘lovchilarni vokzalga olib 
    keluvchi transport, ya’ni taksi haydovchi rollarini qo‘shadilar. Katta maktabgacha 
    yoshdagi bolalar o‘zlarining rasmlarida xayoliy obrazlarni (hatto orzularini) aks 
    ettiradilar. Shuning uchun ular ko‘pincha erkin mavzuda, o‘zlarini qiziqtirgan va 
    ayni chog‘dagi ehtiyojlari bilan bog‘liq bo‘lgan narsalar haqida rasm chizadilar. 
    Ana shunday erkin mavzuda rasm chizish jarayonida bolalarning ijodiy xayol 
    qilish qobiliyatlari o‘sib boradi. Maktabgacha yoshdagi bolalar xayolining 
    rivojlanishiga turli xil hikoya va ertaklar ham ta’sir ko‘rsatadi. Xalq turli qiziqarli, 
    ibratli va ta’limiy ertaklar ijod etishda maktabgacha yoshdagi bolalarni ham 
    unutmagan. 


    19 
    Ontogenezda 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan davr maktabgacha yosh davri 
    hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasida juda tez sifat 
    o‘zgarishlari bo‘lishini inobatga olgan holda 3 davrga: (3-4 yosh) kichik 
    maktabgacha davr, (4-5 yosh) o‘rta maktabgacha davr, (6-7 yosh) katta 
    maktabgacha davrga ajratish mumkin. Bola rivojlanish jarayonida kishilik avlodi 
    tomonidan yaratilgan predmet va hodisalar olami bilan munosabatga kirishadi. 
    Bola insoniyat qo‘lga kiritgan barcha yutuqlarni faol ravishda o‘zlashtirib, egallab 
    boradi. Bunda predmetlar olamini, ular yordamida amalga oshiriladigan xatti-
    harakatlarni, tilni, odamlar orasidagi munosabatlarni egallab olishi, faoliyat 
    motivlarining rivojlanishi, qobiliyatlarning o‘sib borishi, katta yoshli kishilarning 
    bevosita yordamida amalga oshirilib borilmog‘i kerak. Asosan, shu davrdan 
    boshlab bolaning mustaqil faoliyati kuchaya boshlaydi. 
    Maktabgacha yoshdagi bolalarga beriladigan tarbiya, ularning murakkab 
    harakatlarini o‘zlashtirish, elementar gigiyena, madaniy va mehnat malakalarini 
    shakllantirish, nutqini rivojlantirish hamda ijtimoiy axloq va estetik didining 
    dastlabki kurtaklarini hosil qilishga qaratilishi lozim. 
    Mashhur rus pedagogi Lesgaftning fikricha, insonning maktabgacha 
    yoshidagi davr shunday bir bosqichki, bu davrda bolalarda xarakter xislatlarining 
    namunalari shakllanib, axloqiy xarakterning asoslari yuzaga keladi. 
    Maktabgacha yoshdagi bolalarning ko‘zga tashlanib turuvchi xususiyatlaridan 
    biri, ularning harakatchanligi va taqlidchanligidir. Bola tabiatining asosiy qonunini 
    shunday ifodalash mumkin: bola uzluksiz faoliyat ko‘rsatishni talab qiladi, lekin u 
    faoliyat natijasidan emas, balki faoliyatning bir xilligi va surunkaliligidan toliqadi. 
    Kattalar va tengdoshlari bilan bo‘lgan munosabat orqali bola axloq 
    me’yorlari, kishilarni anglashi, shuningdek, ijobiy va salbiy munosabatlar bilan 
    tanisha boshlaydi. Maktabgacha yoshdagi bola endi o‘z gavdasini yaxshi boshqara 
    oladi. Uning harakati muvofiqlashtirilgan holda bo‘ladi. Bu davrda bolaning nutqi 
    jadal rivojlana boshlaydi, u yangiliklarni egallashga nisbatan o‘z bilganlarini 
    mustahkamlashga ehtiyoj sezadi, o‘zi bilgan ertagini qayta-qayta eshitish va 
    bundan zerikmaslik, shu davrdagi bolalarga xos xususiyatdir. 


    20 
    Maktabgacha yoshdagi bolalarning ehtiyojlari va qiziqishlari jadal ravishda 
    ortib boradi. 3-7 yoshli davrida bolalarning asosiy faoliyati quyidagi ketma-
    ketlikda kechadi: 
    -predmetlarni o‘rganishi; 
    -individual predmetli o‘yinlar, jamoa syujetli-rolli o‘yinlar; 
    -individual va guruhiy ijod; 
    -musobaqa o‘yinlari; 
    -muloqot o‘yinlari; 
    -uy mehnati. 
    Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqni bir muncha to‘la o‘zlashtirganlari va 
    haddan tashqari harakatchanliklari tufayli ularda o‘zlariga yaqin bo‘lgan katta 
    odamlar va tengdoshlari bilan munosabatda bo‘lish ehtiyoji tug‘iladi. Ular tor 
    doiradan kengroq doiradagi munosabatlarga intila boshlaydilar. Ular endi 
    bog‘chadagi o‘rtoqlari va qo‘ni-qo‘shnilarning bolalari bilan ham jamoa bo‘lib 
    o‘ynashga harakat qiladilar. 
    Hamma narsani bilib olishga bo‘lgan ehtiyoj kuchayadi. Maktabgacha 
    yoshdagi bola tabiatiga xos bo‘lgan kuchli ehtiyojlardan yana biri, uning har 
    narsani yangilik sifatida ko‘rib, uni har tomonlama bilib olishga intilishidir. 
    Maktabgacha yoshdagi bolalar hayotida va ularning psixik jihatidan o‘sishida 
    qiziqishning roli kattadir, qiziqish xuddi ehtiyoj kabi, bolaning biror faoliyatga 
    undovchi omillardan biridir. Shuning uchun ham qiziqishni bilish jarayoni bilan 
    bog‘liq bo‘lgan murakkab psixik hodisa desa bo‘ladi. 
    Bolaning kamol topishida qiziqishning ahamiyati shundaki, bola qiziqqan 
    narsasini mumkin qadar chuqurroq bilishga intiladi va uzoq vaqt davomida 
    qiziqqan narsasi bilan shug‘ullanishdan zerikmaydi. Bu esa o‘z navbatida bolaning 
    diqqati hamda irodasi kabi muhim xislatlarni o‘stirishga va mustahkamlashiga 
    yordam beradi. 3-7 yoshli bolalarning psixik rivojlanishida badiiy-ijodiy faoliyat 
    turi bo‘lgan musiqaning ahamiyati ham juda kattadir. Musiqa orqali bolalar ashula 
    aytishga, musiqa ohangiga mos ritmik harakatlar qilishga o‘rganadilar. 


    21 

    Download 0,62 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 0,62 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti “Tasdiqlayman”

    Download 0,62 Mb.
    Pdf ko'rish