• II BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR RIVOJLANISHINING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI
  • KIRISH
  • Taqrizchi:  Nizomiy nomidagi TDPU “Maktabgacha ta’lim metodikasi”




    Download 0,62 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/9
    Sana28.05.2024
    Hajmi0,62 Mb.
    #256202
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Aduraximova Charos KURS ISHI

    Taqrizchi:
     Nizomiy nomidagi TDPU “Maktabgacha ta’lim metodikasi”
    Kafedrasi Phd dotsent: Z.A.Dexkambayeva



     
     
    MUNDARIJA 
    Kirish
    ......................................................................................................................
    5
    I BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR RIVOJLANISHINING 
    O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI 
    1.1.
    Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishining psixologik xususiyatlari
    (diqqat, xotira, tasavvur) ................................................................................8 
    1.2.
    Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishining fiziologik xususiyatlari.....21 
    II BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR RIVOJLANISHINING 
    PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI 
    2.1.
    Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan davlat 
    talablarining mohiyati ……………………………………………………………25 
    2.2.
     
    Bola rivojlanishida rivojlantiruvchi markazlar faoliyatining ahamiyati .......38
     
    XULOSA…………………………………………………………………….......
    41 
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………….....
    42 
     
     
     
     
     
     



    KIRISH 
     
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev “Zamonaviy 
    maktabgacha ta’lim sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishda muhim o‘rin
    tutadi” deya ta’kidlaydi.
    Respublika 
    Prezidentining 
    2017-yil 
    30-sentabrdagi 
    PQ-3305-son 
    “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish 
    to‘g‘risida”gi qarori hamda, 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son “2017-2021-
    yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish choratadbirlari 
    to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 
    929-son “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi to‘g‘risidagi 
    nizomi maktabgacha ta’limga bolalarni sifatli tayyorlash, maktabgacha ta’lim 
    tashkilotlarida moddiy texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim 
    tashkilotlarining davlat va nodavlat tarmog‘ini kengaytirish va shu orqali 
    maktabgacha ta’limga bola qamrovini oshirish va sohaga ilg‘or xorij tajribalarini 
    tadbiq qilish imkonini beradi.
     
    Maktabgacha ta’lim tashkiloti maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat 
    talablariga muvofiq bolalarni tarbiyalashni, o‘qitishni, ularga qarab turishni, ularni 
    parvarishlashni va sog‘lomlashtirishni ta’minlaydi. 
    Maktabgacha 
    ta’lim 
    tashkilotidagi 
    ta’limning 
    mazmun-mohiyati 
    O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan 
    Maktabgacha ta’lim davlat ta’lim dasturi asosida ishlab chiqilgan ta’lim dasturida 
    belgilab beriladi. 
    Maktabgacha 
    ta’lim 
    tashkilotidagi 
    ta’lim-tarbiya 
    jarayoni 
    mashg‘ulotlarning yillik, kalendar-mavzuli rejalari va jadvali bilan tartibga 
    solinadi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti “Maktabgacha ta’lim va tarbiya 
    to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, Ilk va maktabgacha yoshdagi 
    bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga va boshqa qonunchilikka 
    muvofiq ta’lim berish va tarbiyalash shakllari, vositalari va usullarini tanlaydi.
    1
    1
    Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 391-son qarori
     
     



    “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha 
    rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 8-maydagi PQ-4312-
    son qaroriga binoan har bir maktabgacha yoshdagi bolaning intelektual aqliy, 
    axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun kerakli shart-sharoitlar yaratish 
    maqsadida bolalarning rivojlanishidagi barcha o’ziga xosliklarni o’rganib chiqish 
    lozim. 
    Maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama to’g’ri va sog’lom 
    rivojlanishi uchun Davlat bir qancha talablar qo’ygan. Bu davlat talablarining 
    maqsadi — mamlakatda o‘tkazilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni, xorijiy 
    mamlakatlar ilg‘or tajribasi hamda ilm-fan yutuqlari va zamonaviy axborot-
    kommunikatsiya texnologiyalarini inobatga olgan holda maktabgacha ta’lim 
    tizimida ma’naviy barkamol va intellektual jihatdan rivojlangan shaxsni 
    tarbiyalash. 
    Davlat talablarining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: maktabgacha 
    yoshdagi bolalarning rivojlanishi, ta’lim-tarbiyasi mazmuni va sifatiga 
    qo‘yiladigan talablarni belgilash; milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar 
    asosida bolalarga ta’lim-tarbiya berish, rivojlantirishning samarali shakllari va 
    usullarini joriy etish; ta’lim-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-
    kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish; kadrlarni maqsadli va sifatli 
    tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini 
    ta’minlash.
    Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishining individual xususiyatlari 
    maktabgacha yoshdagi bolaning davlat talablariga to‘liq mos keladigan ta’lim 
    yutuqlariga qo‘yiladigan talablarni cheklaydi va ta’lim dasturini o‘zlashtirishda 
    kutilayotgan natijalar shaklida aniqlash zarurligini belgilaydi.
    2

    Download 0,62 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 0,62 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Taqrizchi:  Nizomiy nomidagi TDPU “Maktabgacha ta’lim metodikasi”

    Download 0,62 Mb.
    Pdf ko'rish