II BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR




Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana28.05.2024
Hajmi0,62 Mb.
#256202
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Aduraximova Charos KURS ISHI

II BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR 
RIVOJLANISHINING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI 
2.1 . Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan davlat 
talablarining mohiyati.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama to’g’ri va sog’lom 
rivojlanishi uchun Davlat bir qancha talablar qo’ygan. Bu davlat talablarining 
maqsadi — mamlakatda o‘tkazilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni, xorijiy 
mamlakatlar ilg‘or tajribasi hamda ilm-fan yutuqlari va zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini inobatga olgan holda maktabgacha ta’lim 
tizimida ma’naviy barkamol va intellektual jihatdan rivojlangan shaxsni 
tarbiyalash. 
Davlat talablarining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: maktabgacha 
yoshdagi bolalarning rivojlanishi, ta’lim-tarbiyasi mazmuni va sifatiga 
qo‘yiladigan talablarni belgilash; milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar 
asosida bolalarga ta’lim-tarbiya berish, rivojlantirishning samarali shakllari va 
usullarini joriy etish; ta’lim-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish; kadrlarni maqsadli va sifatli 
tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini 
ta’minlash.
Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishining individual xususiyatlari 
maktabgacha yoshdagi bolaning davlat talablariga to‘liq mos keladigan ta’lim 
yutuqlariga qo‘yiladigan talablarni cheklaydi va ta’lim dasturini o‘zlashtirishda 
kutilayotgan natijalar shaklida aniqlash zarurligini belgilaydi 
Davlat talablari rivojlanish sohalari integratsiyasini nazarda tutadi va bola 
rivojlanishiga ko‘maklashadi. Davlat talablari tug‘ilgandan 7 yoshgacha bo‘lgan 
bolalarning beshta asosiy rivojlanish sohalariga bo‘lingan. Har bir rivojlanish 
sohasi o‘z o‘rnida kichik sohalarga bo‘lingan bo‘lib, ular har bir yosh guruhiga 
mos bir nechta talablardan (kutilayotgan rivojlanish ko‘rsatkichlaridan) iborat. 
Jismoniy rivojlanish va sog’lom turmush tarzining shakllanishi. 


26 
Kichik soha:
Yirik motorika(3-4 yosh) - turli usullar bilan yuradi (to‘g‘ri, erkin, 
ko‘rsatilgan yo‘nalishda); kolonna, doira bo‘lib saflana oladi; muvozanatni saqlab 
yuguradi; sport zinasida yuqori va pastga harakatlanadi; bir joyda ikki oyoqlab 
sakraydi; oldinga siljib sakraydi; aylana yoyi tagidan emaklab o‘tadi; badantarbiya 
vaqtida mashqlarni takrorlaydi; uch oyoqli velosipedda uchadi. 
(4-5 yosh) oyoq uchida, tovonida, oyoq kaftlarining yon tomoni bilan va 
tizzalarini yuqori ko‘tarib yuradi; arqon ustida muvozanat saqlab yuradi; tizzalarini 
yuqori ko’tarib yuguradi; past to‘siqlar ustidan sakrab o‘tadi; arqonda sakrashga 
harakat qiladi; gimnastika skameykasi ustida qo‘li bilan tortilib qornida suriladi; 
gimnastika narvonida harakatlanadi; samokatda uchadi. 
(5-6 yosh) oyoqlarining uchidan tovoniga almashtirib yuradi; to‘siqlarni 
aylanib yoki xatlab o‘tadi; gimnastika skameykasida muvozanatni saqlagan xolda, 
qadambaqadam yuradi; qiya doska ustida to‘g‘ri va yoni bilan yuradi; 
yugurishning har xil turlarini bajaradi (ilonizi, zigzag, mokisimon, to‘siqlarni 
yengib o‘tib); turli usullar bilan sakraydi; bir necha predmet oralab emaklaydi; 
qornida yotib, qo‘llari bilan tortilib emaklaydi; gimnastika narvoniga o‘rmalab 
chiqadi. 
(6-7 yosh) bir, ikki, to‘rtta bo‘lib saflanadi, doira bo‘lib, qator bo‘lib yuradi; 
yurishda turli topshiriqlarni bajaradi; yengil yuguradi (shiddat bilan, to‘siqlarni 
yengib o‘tib, yo‘nalish va muvozanatni saqlagan holda); bir joyda aylanib 
sakraydi, oyoqlarini o‘ngga va chapga almashtirib sakraydi; arqonda turli usullarda 
sakraydi; arqonli narvon, yo‘g‘on arqonda yuqoriga ko‘tariladi; ikki oyoqli 
velosipedda uchadi. 
Mayda motorika(3-4 yosh)

halqaga arqonni kirgizadi; mayda predmetlarni 
ma’lum bir tartibda taxlaydi; mustaqil ravishda o‘yinchoqlarni qutiga joylashtiradi 
va undan oladi; kattalar yordamida yirik hajmdagi munchoqlarni ipga o‘tkazadi; 
buyumlarni bir idishdan ikkinchisiga joylashtiradi. 
(4-5 yosh) mustaqil tugmachalarini qadaydi va yechadi, kiyimi va poyabzali 
ilgaklarini o‘zi taqadi; namuna asosida ipga mayda, o‘rta, va yirik munchoqlarni 


27 
teradi; qulflarni ochadi va yopadi, kalitdan foydalanadi; mayda buyumlarni buraydi 
va bir- biriga ulaydi (konstruktor qismlari); konstruktorning katta va kichik 
qismlaridan har xil predmetlar yasaydi; namuna asosida to‘g‘ri chiziq va aylana 
chizadi; ko‘rsatilgan chiziq bo‘yicha qog‘oz, mato va salfetkani buklaydi; 
ko‘rsatilgan chiziq bo‘ylab qog‘ozni qaychi bilan qirqadi. 
(5-6 yosh) yuzalarda turli chiziqlar chizadi (asfaltda klassik o‘yini); kichik, 
o‘rta va katta o‘yinchoqlarni qutiga hajmiga qarab joylashtiradi; murakkab 
konstruksiyalarni jamlaydi; qopchadagi o‘yinchoqni paypaslab nomini ayta oladi; 
to‘g‘ri chiziq bo‘ylab qog‘ozni mustaqil qirqadi. 
(6-7 yosh) tasavvurdagi predmetlarni qo‘llari bilan (gul, qush, kapalak, qasr) 
ko‘rsatadi; arqonlardan turli tugunlarni tugadi; o‘yin faoliyati mobaynida mayda 
o‘yinchoqlar bilan o‘ynaydi; belgilangan chiziqlar bo‘ylab qog‘ozni batartib yirta 
oladi; mayda qismli mozaika va pazllarni yig‘adi. 
Sensomotorika (3-4 yosh)

katta koptoklarni masofaga, ikki qo‘l bilan, 
o‘tirib, turib irg‘itadi; belgilangan nishonga predmetni irg‘itadi; boshqa bolaga 
koptokni irg‘itadi yoki otadi; silliq va notekis teksturaning farqiga boradi; ta’mni 
aniqlaydi; qo‘g‘irchoqli aravachani itaradi. 
(4-5 yosh) koptokni erga o‘ng va chap qo‘li bilan galma-gal uradi; galma-gal 
chap va o‘ng tomon aylanadi; turli tekstura va yuzaning farqiga boradi; matrap 
bilan mayda uchayotgan, suzayotgan predmetlarni tutadi; sovun ko‘piklarini 
uchiradi. 
(5-6 yosh) koptokni osmonga irg‘itib, tutib oladi; uzatilgan koptokni turli 
usullar bilan ilib oladi; koptokni klyushka bilan to‘siqlarora olib o‘tadi; qumli 
xaltachani nishonga otadi; boshqa bolaga koptokni ikki qo‘llab asosiy vaziyatdan 
uzatadi; turli analizatorlar orqali predmetni tadqiq qiladi (ko‘zi bog‘langan holda, 
ta’miga qarab, paypaslab). 
(6-7 yosh) pastdan, boshi uzra koptokni irg‘itadi; koptokni yer bo‘ylab ilonizi 
qilib irg‘itadi; chanada, rolikda, ikki oyoqli velosipedda uchadi; koptok bilan 
nishonni urib tushiradi (bouling); gardishni qo‘lida, oyog‘ida, belida aylantiradi; 
halqalarni halqa ustuniga otib tushiradi. 


28 
Sog‘lom turmush tarzi va xavfsizlik(3-4 yosh)
 - 
mustaqil qo‘li, yuzini yuvadi, 
tishini tozalaydi, sochiqdan foydalanadi; taroq va dastro‘mol yoki salfetkadan 
foydalanadi; ovqat vaqtida mustaqil qoshiqdan foydalanadi, ovqatdan so‘ng og‘zini 
chayadi; xonada tartibni saqlaydi, o‘zidan keyin o‘yinchoqlarni yig‘ishtiradi; 
mustaqil hojatxonaga boradi; xavfli bo‘ladigan predmetlarning farqiga boradi. 
(4-5 yosh) vitaminlar va sog‘lom ovqatlanish foydasini biladi; ovqatlanish 
oldidan qo‘lini yuvadi; sanchqidan to‘g‘ri foydalanadi; o‘z tashqi ko‘rinishini 
tartibga keltiradi; hojatxonadan so‘ng o‘z-o‘ziga xizmat qiladi; yordam so‘ray 
oladi; xavfli bo‘lgan predmetlar, joylar va moddalar nomini biladi (zinapoya, 
boloxona, ochiq oyna, issiq suv, olov, dori, o‘tkir asboblar, elektr); notanish 
insonlar bilan ketish mumkin emasligini tushuntiradi; qanday qilib gavdani to‘g‘ri 
tutish kerakligini tushuntirib bera oladi. 
(5-6 yosh) shaxsiy gigiyenaga rioya qiladi; stol atrofida ovqatlanish 
madaniyatiga rioya etadi; vitaminlar va ularning taomdagi foydasini biladi; 
salomatlik haqida qayg‘urish muhimligini anglaydi; asosiy tana a’zolari va 
ularning funksiyalarini biladi; piyodalar uchun asosiy yo‘l qoidalarini biladi; suv 
ichish foydasini anglaydi va mustaqil suv ichish rejimini bajaradi; xavfsiz xatti-
harakatning asosiy qoidalarini biladi va ularga rioya qiladi; yordam zarur 
bo‘lganda kattalarga murojaat qilish kerakligini biladi; xavfli faoliyatlar nomini 
aytib beradi: xavfli joylarda o‘ynash (mashina qatnovi yo‘laklarida, qurilish 
yaqinida, notanish suv havzalarida, ko‘l, oqar suvlarda cho‘milish), velosipedda 
mashina qatnovi yo‘llarida. 
(6-7 yosh) o‘zining tashqi ko‘rinishiga e’tibor beradi; jismoniy mashqlarni 
mustaqil bajaradi; tabiat burchagidagi o‘simliklar va jonzotlarni parvarishlaydi; 
salomatlikka zararli bo‘lgan xulq shakllarini anglaydi (chekish, ichkilikbozlik, olov 
bilan o‘ynash va hokazo); bog‘chada, ko‘chada, transportda yurish qoidalariga 
rioya qiladi; piyodalar va velosipedchilar uchun yo‘l qoidalarini biladi; yong‘in 
xavfsizligi — 101; milliy gvardiya — 102; tez yordam — 103; gaz xizmati — 104; 
qutqaruv xizmati 1050-telefon raqamlarini biladi; xavfli vaziyatlarda qanday yo‘l 


29 
tutishni biladi va tushuntiradi; supermarketda, shaharda, qishloqda, dalada yo‘qolib 
qolsa, o‘zini qanday tutish kerakligini biladi.
Ijtimoiy-hissiy rivojlanish. Kichik soha:
“Men” konsepsiyasi(3-4 yosh)

o‘zi haqida — “men” deb birinchi shaxs 
nomidan gapiradi; o‘zi haqida so‘zlaydi (ismi, familiyasi, yoshi, jinsi va 
boshqalarni biladi); o‘z yaqin insonlariga murojaat qiladi va yordam so‘raydi; 
o‘ziga do‘st tanlaydi va u bilan o‘ynaydi; o‘z oilasi va yaqinlariga qiziqish 
bildiradi; o‘z ehtiyojlarini bildiradi; ortib borayotgan o‘ziga ishonchni bildiradi. 
(4-5 yosh) o‘z xohish-istaklari, qiziqishlarini bildiradi; o‘yin davomida 
rollarni bajaradi; o‘z xatti-harakatlariga javob beradi (“Buni men qildim”); kattalar 
iltimosini (topshiriqni) bajaradi; mashg‘ulot davomida diqqatni jamlaydi; yutuqqa 
motivatsiya bildiradi; omadsizlik, mag‘lubiyatda qayg‘uradi; turli hissiyotlar va 
kayfiyatlarni namoyish etadi; o‘z o‘yini uchun joy hozirlaydi. 
(5-6 yosh) o‘ziga yuklatilgan majburiyatlarni qabul qiladi va bajaradi; 
o‘zining qaysi millatga mansubligini biladi; o‘zining xohish-istaklari va 
qiziqishlarini aniq belgilaydi; o‘z hissiyotlarini namoyon qiladi; o‘z-o‘zini 
baholashga qodir; mustaqil o‘ziga faoliyat turini tanlaydi; g‘oyalar taklif etadi, 
tashabbuskor; xayrixoh va ochiq ko‘ngil. 
(6-7 yosh) mustaqillikka intiladi; o‘zining oilaviy, gender mansubligiga ijobiy 
his-tuyg‘ularni anglaydi va farqlay oladi; o‘zining millati, tili va o‘z 
madaniyatining muhim elementlarini biladi; o‘ziga yuklatigan majburiyatlar 
asosida faoliyatni tashkil qiladi; shaxsiy qarorlarini qabul qilishga qodir; 
boshqalarga namuna bo‘lishga harakat qiladi. 
Hissiyotlar va ularni boshqarish(3-4 yosh)

ertak, hikoya, multfilmlar 
qahramonlariga hamdardlik bildiradi; quvonch, qayg‘u kabi hissiy holatni 
tushunadi; o‘z kechinmalari va hissiyotlarini namoyon etadi (“Menga yoqadi”, 
“Men yoqtirmayman”); boshqa bolaning hissiyotlarini aniqlaydi va so‘z bilan ifoda 
etadi; boshqalarga hamdardlik bildiradi; sujetli-rolli o‘yinlarda ishtirok etadi; o‘z 
oilasi haqida so‘zlar ekan nima yoqishi va yoqmasligi haqida gapiradi.


30 
(4-5 yosh) bolalar bilan o‘yin davomida samimiy munosabat bildiradi va o‘z 
o‘yinchoqlari bilan o‘rtoqlashadi; kattalar bilan eslatmasiz salomlashadi va 
xayrlashadi; o‘z harakatlariga baho beradi; kattalarga murojaat qiladi va o‘z fikrini 
bayon qiladi; sovg‘a va bayramlardan quvonadi. 
(5-6 yosh) asosiy hissiyotlar sababini tushunadi; kimnidir xafa qilsa, o‘zini 
aybdor his qiladi; yaxshi yoki yomon xulqqa baho bera oladi; o‘yin mobaynida 
g‘oliblikdan quvonishni biladi; yaqin insonlari va do‘stlari bilan o‘z hissiyotlari va 
kechinmalari bilan o‘rtoqlashadi; qo‘rquv va xavfni tushunadi; tushunarli asarlarni 
qiziqish bilan tinglaydi va ularga hissiyotlarini namoyon etadi. 
(6-7 yosh) o‘z hissiyotlarini nazorat qiladi; turli ijtimoiy vaziyatlarga 
emotsional munosabat bildiradi; o‘z hissiy holatini izohlab berishi mumkin; 
boshqa insonlar yoki badiiy asarlar qahramonlari hissiyoti haqida gapiradi; o‘zini 
yomon his etayotganlarga hamdardlik bildiradi va yupatadi. 
Ijtimoiylashuv, kattalar va tengdoshlar bilan muloqot(3-4 yosh) - o‘z oila 
a’zolarini biladi; kattalar harakatiga taqlid qiladi; o‘z harakatlari natijasiga 
erishishda qat’iylik bildiradi; kattalar va bolalar bilan birgalikda o‘ynaydi; bolalar 
salbiy harakatiga o‘z munosabatini bildiradi; jamoaviy o‘yin faoliyatida 
qatnashadi; tengdoshlariga yaxshilik istaydi.
(4-5 yosh) o‘yin faoliyati davomida muloqotga kirishadi; o‘yinda o‘zaro 
harakatda bo‘lib, ijtimoiy rolni qabul qiladi; guruh qoidalarini bajaradi 
(o‘yinchoqlarni joyiga taxlaydi, kiyimlarini tartibga soladi va hokazo); o‘z oila 
a’zolariga samimiy munosabat bildiradi va uyida ma’lum bir qoidalarga rioya 
qiladi; o‘z do‘stlari haqida so‘zlab berishi mumkin; kattalar harakatlari va xulq 
modelini imitatsiya qilgan holda ularga taqlid qiladi; kattalar nazoratisiz 
topshiriqlarni bajara oladi. 
(5-6 yosh) muloqot davomida o‘z fikrini, hissiyotlarini va taassurotlarini 
namoyon etadi; oila va guruhda tashkil etilgan mehnat faoliyatida ishtirok etadi; 
o‘z suhbatdoshiga iltimos yoki ma’lumotni ayta oladi; mustaqil, kattalardan 
bevosita mustaqillikni erkin namoyon etadi, yordam ko‘rsatishga tayyor; tanish 
insonlar bilan oson muloqotga kirishadi; tushunchalarda yoritilgan ijtimoiy xulq 


31 
qoida va me’yorlariga bo‘ysunadi (mumkin, man etiladi, yaxshi, yomon, kerak); 
boshqa bolalar bilan doimiy do‘stona munosabatlarni qo‘llab-quvvatlaydi. 
(6-7 yosh) kattalar va tengdoshlar bilan oson muloqotda bo‘ladi; qiyin 
vaziyatlarda amaliy yechim qidiradi; boshqalar xatti-harakatiga o‘z taassurotlarini 
bildiradi; o‘zgalar yutug‘iga quvonganligini namoyon etadi; nizolarni hal etishda 
bir necha metodlardan foydalanadi (tinchlantiradi, o‘z o‘yinchog‘ini beradi, 
muloyim so‘zlar aytadi); o‘yinlar o‘ylab topadi, sujetli, rolli o‘yinlar, turli 
ertaklarni sahnalashtirishda ishtirok etadi 
Nutq, muloqot, o’qish va yozish malakasi. Kichik soha:
Nutq va til(3-4 yosh) - o‘zining ayrim harakatlarini so‘zlar bilan sharhlaydi; 
rasmda ko‘rgan narsasi haqida so‘zlaydi; kattalarning turli savollariga javob beradi 
(yaqin atrofiga tegishli); muloqot davrida faollik bildiradi; biror-bir parchani 
tinglab, tanish asarning nomini aytadi; kichik she’rni yoddan aytadi; kattalar 
tomonidan aytilgan tanish hikoya, ertakni davom ettiradi yoki tugallaydi; didaktik 
o‘yinlar o‘ynaydi. 
(4-5 yosh) boshlangan hikoyani davom ettira oladi; voqea-hodisalar 
to‘g‘risida muhokama davrida savollar beradi va o‘z fikrini bayon etadi; berilgan 
savolni tushunadi va unga javob beradi; muloqotda fe’l va sifatlarni faol qo‘llaydi; 
ot va fe’llarni qo‘llagan xolda murakkab bo‘lmagan gaplar tuzadi (shifokor 
kasallarni davolaydi, sotuvchi sabzavotlarni sotadi); “ko‘p”, “bitta” ma’noda 
so‘zlarni ishlatadi; turli ohangdagi so‘zlarni imo-ishoralar yordamida nutqida 
ishlatadi; didaktik va so‘z o‘yinlari o‘ynaydi. 
(5-6 yosh) kuzatayotgan hodisa va voqealarni tushuntirib beradi
umumlashtiruvchi so‘zlarni to‘g‘ri qo‘llaydi (meva, sabzavot, daraxtlar, qushlar, 
idish-tovoq); o‘ziga nisbatan predmetlar joylashuvini ta’riflaydi (oldimda, stolda); 
so‘zlarni mazmuniga ko‘ra to‘g‘ri qo‘llaydi; nutqida ma’nosiga monand asosiy 
so‘z turkumlarini qo‘llaydi; bir negizli so‘zlarni (namuna asosida) tuza oladi 
(mushukmushukcha-mushukli); grammatik sodda va murakkab gaplar tuzadi; 
suhbatlasha oladi; kattalar yordamida ijodiy hikoya tuzadi; barcha tovushlarni 
to‘g‘ri va aniq talaffuz qiladi; xorijiy tilni bilishi: salomlashish va xayrlashish 


32 
so‘zlarini qo‘llaydi; 10 gacha sanashni biladi; Asosiy ranglar nomini biladi (oq, 
sariq, qizil, yashil, ko‘k, qora). 
(6-7 yosh) o‘z ona tilida erkin so‘zlashadi; so‘z turkumlarini yoshiga monand 
mustaqil, grammatik to‘g‘ri qo‘llaydi; gapdan sinonim va antonimlarni topa oladi 
va berilgan so‘zlarga ularni moslaydi; ko‘p ma’noli so‘zlarning turli ma’nolarini 
farqlaydi; turli gaplarni tuzadi; shaxsiy tajribasiga tayanib, rasm yuzasidan tasviriy 
hikoyani mustaqil tuzadi; turli janrdagi badiiy asarlarni ifodali hikoyalaydi; guruh 
muhokamasida muloqotga kirishib va tinglab ishtirok etadi; qofiyalar tuzadi, 
topishmoqlar topadi; nutqida xorijiy so‘zlarni qo‘llaydi; kichik she’rlarni, 
qofiyalarni so‘zlab berishi mumkin; yil fasllari nomini biladi (bahor, yoz, kuz, 
qish). 
O‘qish malakalari(3-4 yosh) - kitob haqida tushunchaga ega; kattalardan kitob 
o‘qib berishlarini so‘raydi; o‘z yoshiga mos kitoblarni tomosha qiladi; kitobdagi 
rasmlar va so‘zlar orasidagi bog‘liqlikni aniqlaydi; rasmlardan tanish ertak 
qahramonlarini taniydi. 
(4-5 yosh) tinglagan hikoyasiga munosabatini bildiradi va kattalarga savol 
beradi; rasmlar asosida tinglagan asarining asosiy o‘rinlarini gapirib bera oladi; 
badiiy asardan parcha tinglagandan so‘ng asar nomini ayta oladi; o‘z yoshiga mos 
she’rlarni yoddan biladi; kitobdan ehtiyotlab foydalanadi. 
(5-6 yosh) so‘zdagi birinchi tovushni biladi; kitobni mustaqil tomosha qiladi; 
tovushlarni farqlaydi; so‘zlarni bo‘g‘inga bo‘ladi; so‘zlarga qofiya kelishtiradi; 
nutqning dialogik shaklini qo‘llaydi, savollar beradi; she’rlarni yod oladi va ifodali 
o‘qiydi; sevimli badiiy adabiyot, ertak va hikoya mualliflari va ularning nomini 
biladi; ifodalilikning ohang vositalarini to‘g‘ri qo‘llaydi; harflarga tegishli so‘zlarni 
topadi. 
(6-7 yosh) boshqa bolalarga eslab qolgan kitob mazmunini so‘zlab beradi; 
sodda va murakkab gaplarni nutqida qo‘llaydi; so‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘ladi; 
bo‘g‘inli kartochkalar yordamida bo‘g‘inlardan so‘zlar tuzadi; so‘z, tovush, 
bo‘g‘in, gap haqida tushunchaga ega; peshlavha, kitob nomlari, rasm tagidagi 


33 
yozuvlar va hokazolarni o‘qiydi; bolalar adabiyoti janri nomini biladi (ertak, she’r, 
hikoya); mashhur yozuvchi va shoirlar nomini biladi. 
Qo‘l barmoqlari mayda motorikasi(3-4 yosh) - 2-3 obyektdan rasm tuzadi; 
varaq sathida to‘g‘ri chiziqlar chizadi; harflarga qiziqish bildiradi, ayrim 
harflarning shaklini biladi va farqlaydi; yirik munchoqlarni ipga teradi; yozishga 
harakat qiladi. 
(4-5 yosh) chiziq, belgi, ilgaklarning sodda namunalarini qayta chiza oladi; 
predmetlarning murakkab bo‘lmagan shakllarini chizadi; rasmlarni ustidan 
yurgizib chizadi va bo‘yaydi; shablonlarni shtrixlaydi; mayda qismlardan iborat 
konstruksiyani yig‘adi; o‘rta munchoqlarni ipga teradi; aniq belgilangan chiziq 
asosida qog‘ozni qaychi bilan qirqadi; belgilangan chiziq asosida qog‘ozni tekis 
yirtadi; ikki qo‘li bilan qog‘ozni buraydi. 
(5-6 yosh) chiziq, ilgak va gajakcha yozadi; qog‘ozni turli usulda taxlaydi 
(origami); namuna asosida bosma harflarni yozishni boshlaydi; barmoqlari 
yordamida mashqlar bajaradi; rasmlarni tekis shtrixlaydi; turli sathlarda chizadi 
(nam qumda, asfaltda, doskada); soch o‘radi; mozaika yig‘adi. 
(6-7 yosh) qog‘ozda to‘g‘ri chiziqlar, so‘zlar va qisqa gaplarni yozadi; 
daftardagi yozuv qatorlarini aniqlay oladi; rasmlarni to‘g‘ri joylashtiradi; qo‘lni 
uzmasdan nuqtachiziqchalarni birlashtirib rasm chizadi; matodagi rasmni to‘qiydi; 
“o‘ziga” va “o‘zidan” harakatlari yo‘nalishini tushunadi; turli materiallardan 
murakkab namunalarni qirqadi. 
Bilish jarayonlarining rivojlanishi. Kichik soha:
Intellektual-bilish malakalari(3-4 yosh) - bitta belgi asosida predmetlarni 
ajratadi; olti rangni farqlaydi va ajratadi; bir xil poyini topadi; rasmlardagi 
predmetlarni taniydi va nomini aytadi; jonli obyektlarga qiziqish bildiradi; 
predmetlar yasalgan materialni farqlaydi (qog‘ozdan, taxtadan, temirdan); xonani 
kuzatadi va o‘zi turgan joyni aniqlaydi; atrof muhitga qiziqish bildiradi. 
(4-5 yosh) rasmlarni solishtiradi; 2-3 belgi asosida guruhlarga ajrata oladi; 
jonzodlarning asosiy ehtiyojlarini ta’riflaydi va taqqoslaydi (hayvonlar: ovqat eydi, 
nafas oladi, harakatlanadi va hokazo); hayot uchun suv, havoning ahamiyatini 


34 
ta’riflaydi; kun qismlarini nutqida to‘g‘ri qo‘llaydi va biladi (ertalab, peshin, 
kechqurun, kechasi); yil fasllarini tavsiflaydi; atrof olamga faol qiziqish bildiradi. 
(5-6 yosh) rasm asosida sujetni eslab qoladi va gapiradi; ketma-ketlikni 
saqlagan holda fikr yuritadi, mulohaza qiladi; turli hayvonlarning yashash joylarini 
aytadi (baliq suvda yashaydi, bo‘ri o‘rmonda); geografik tushunchalarni biladi (er, 
dengiz, tog‘, daryo); oddiy sabab va oqibat aloqalarni tushunadi (yomg‘ir 
yog‘yapti — panaga o‘tish kerak); sinash va xatolarni tahlil qilish yo‘li bilan 
amaliy vazifalar yechimini topishga harakat qiladi (mashinani yurg‘izish uchun 
kalitni burash kerak); obyektlarni tizimga soladi. 
(6-7 yosh) atrof olam haqida mustaqil ma’lumot izlaydi; kuzatuvlar asosida 
xulosa qiladi va umumlashtiradi; yil fasllari va voqea-hodisa ketma-ketligini 
aytadi; rasmlar bo‘yicha ketma-ketlikni saqlagan holda fikr yuritadi, mulohaza 
qiladi; o‘z mamlakati va uning ramzlari haqida tushunchaga ega; o‘z xalqining 
ayrim milliy an’analari va odatlarini biladi; bolalar ensiklopediyasidan foydalana 
oladi (kerakli ma’lumotni topa oladi); ichki va tashqi belgilarga ko‘ra predmetlarni 
guruhlarga ajratadi (rangi, shakli, hajmi, vazni, harakatlanish tezligi, vazifasiga 
qarab). 
Elementar matematik malakalar(3-4 yosh) - predmetlarni 1-2 ta belgisi 
bo‘yicha guruhlarga bo‘ladi; atrof muhitdan “bitta” va “ko‘p” ni topadi; 
predmetlarni kattaligiga qarab teradi; geometrik shakllarni farqlaydi (doira, 
kvadrat, uch burchak), shakllar (kub, shar); ko‘plikni taqqoslaydi; “uzun” va 
“qisqa” tushunchalari ma’nosini biladi; “yarim”, “yarimtacha” tushunchalarini 
biladi; sanoq va sonlar qatoridagi bog‘liqlikni tushunadi; mexanik tarzda 5 gacha 
sanaydi. 
(4-5 yosh) geometrik shakllarga o‘xshash predmetlarni topadi; geometrik 
figura va shakllarning nomini biladi; miqdoriy aloqalarni belgilaydi; sonning 
miqdoriy tarkibini biladi; matematik tushunchalardan foydalanadi (ko‘p, kam, 
jami, shuncha); ketma ketlikda sanaydi; ko‘pliklarni taqqoslaydi “ko‘proq”, 
“kamroq”, “teng”; bo‘shliqda yo‘nalish olishni biladi (oldinda, orqada, tepada, 
pastda, yaqin, uzoq); butun va uning qismlari tushunchasini tushunadi. 


35 
(5-6 yosh) geometrik shakllarni biladi va ularni predmetlar orasidan ajratadi; 
predmetlarni uzunligi, eni, qalinligi va balandligiga ko‘ra taqqoslaydi; predmetlar 
guruhini taqqoslaydi; muloqot davrida matematik terminologiyani qo‘llaydi; 
belgilar tizimini tushunadi (son va belgilarni qo‘llagan xolda +, -, =); 1 dan 10 
gacha bo‘lgan sonlarni to‘g‘ri va teskari sanaydi; predmetlarni soni va sanog‘iga 
qarab taqqoslaydi; predmetlar tengligi va tengmasligi guruhlarini aniqlaydi va 
ularni bir-biri bilan taqqoslaydi. 
(6-7 yosh) hayotda son va sanoqning ahamiyatini tushunadi; geometrik 
shakllar va figuralarni biladi; 20 gacha bo‘lgan ayrim matematik harakatlarni 
bajaradi; 10 gacha qo‘shish va ayirishli sodda matematik vazifalarni yechadi (son 
va belgilarni qo‘llagan xolda +, -, =); son qatori haqida tushunchaga ega; 
guruhlarning teng yoki teng emasligini tahlil qiladi (qanchaga ko‘p? qanchaga 
kam?); hajmi, balandligi va qalinligiga qarab predmetlarni ketma-ket joylashtiradi; 
shartli belgi asosida suyuq, sochiluvchan va qattiq materialni o‘lchaydi. 
Tadqiqiy-bilish va samarali refleksiv faoliyat(3-4 yosh) - kattalar bilan 
birgalikda tadqiqotlarda qatnashadi (eritish, bo‘yash, cho‘ktirish, suv sathiga 
chiqarish va hokazo); tabiatdagi ayrim o‘zgarishlarni farqlaydi (qor, yomg‘ir, do‘l, 
issiq, shamol va hokazo); ayrim hasharot va qushlarni taniydi va nomini aytadi; 
ayrim jonivorlar bolalarini nomini to‘g‘ri aytadi; “sujet” asosida qurilmalar 
yaratadi; suv va qum bilan o‘ynaydi; jonli obyektlarni kuzatadi. 
(4-5 yosh) kattalar bilan birgalikda tadqiqotlarda ishtirok etadi (eritish, 
yaxlatish, magnetizm, bo‘yash, qizdirish, qaynatish va hokazo); yil fasllariga xos 
tabiat hodisalarini biladi; nima uchun ovqatlanish, nafas olish, o‘qish kerakligini 
biladi; organizmning ma’lum bir organlari funksiyasini biladi; ayrim jismoniy 
jarayonlar muhimligini tushunadi; konstruktor, pazl, mozaika, Legodan 
konstruksiyalar yaratadi. 
(5-6 yosh) tabiat hodisalarining turli omillarga bog‘liqligini tushunadi; 
tabiatdagi o‘zgarishlar sababini tushuntirib bera oladi (masalan, qor erishi); 
insonlarning atrof olamga ta’sirini tushunadi (ekin ekish, hosil yig‘ish); tabiiy 
materiallardan qo‘l ishlarini yaratishni biladi, ish bosqichlarini belgilaydi; mustaqil 


36 
qurib yasashi mumkin; jonli va jonsiz tabiatni farqlaydi; insonlar hayotida 
tabiatning ahamiyatini anglab yetadi. 
(6-7 yosh) qurilmani mustaqil o‘lchaydi (balandligi, uzunligi, kengligi 
bo‘yicha); shaxsiy qiziqishi va kuzatuvlariga bog‘liq savollar beradi; shaxsiy 
taxminlari haqida gapiradi, avvalgi va hozirgi tajribasini umumlashtiradi va 
tushuntiradi; tadqiqotda yechimini talab etayotgan muammoni belgilaydi; turli 
resurslarni qo‘llagan xolda shaxsiy kuzatuvlarni tasdiqlaydi va ta’riflaydi; atrof 
muhitni yaxshilashda ishtirokning muhimligini tushunadi (masalan, axlat 
chiqindilarini tashlash, ularni ajratish, daraxt va gullar ekish, suv, elektr energiyasi 
va qog‘ozni asrash). 
Ijodiy rivojlanish. Kichik soha:
Dunyoni badiiy tasavvur etish(3-4 yosh) - illyustratsiya, o‘yinchoq, xalq 
amaliy san’ati asarlarini o‘rganishda emotsional ta’sirlanadi; tabiat obyektlarida, 
o‘yinchoq, bolalarning o‘z kiyimlarida ranglar jilosini anglaydi; tanish qo‘shiqlarni 
biladi; diqqat bilan tovush, ohanglarni tinglaydi; tasviriy san’at elementlaridan 
foydalanadi. 
(4-5 yosh) O‘zbekiston xalq amaliy san’ati haqida ilk tushunchaga ega 
(so‘zana, keramika); san’atga tegishli kasblarning ayrimlari haqida tushunchaga 
ega (rassom, bastakor, aktyor); ayrim san’at turlari va janrlarini farqlaydi (qo‘shiq, 
raqs, musiqa, she’riyat, topishmoq, rasm, haykaltaroshlik); ayrim arxitektura 
qurilmalari haqida tushunchaga ega (yashash joyi va jamoat joyi); qo‘shiq va 
navolarda yuqori va past tovushlarni farqlaydi; ayrim musiqiy asboblarning 
chalinishini farqlaydi (pianino, dutor, doira); musiqaga monand raqsga tushishi 
mumkin. 
(5-6 yosh) musiqiy asarga hissiy munosabat bildiradi; musiqaga monand 
harakatlar o‘ylab topishi mumkin; badiiy asarlar qahramonlari rolini o‘ynashi 
mumkin; amaliy san’at turlari haqida birlamchi tushunchaga ega; shaxsiy loyihalar 
yaratishda g‘oyalar bildiradi; musiqada uslublarni farqlaydi; kichik ssenariylar 
tuzib, sahna ko‘rinishlari tashkil eta oladi; tabiiy materiallardan qo‘l ishlari 


37 
yasaydi; kiyimlarni bezashi, guldastalar tuzishi, sodda retsept asosida taom 
tayyorlashi mumkin. 
(6-7 yosh) she’rni ifodali o‘qib bera oladi; tanish asarlarni mustaqil so‘zlab 
beradi, ularni sahnalashtirishda ishtirok etadi; she’riy va nasriy badiiy asarlarga 
munosabat bildiradi; musiqiy asarning xarakterini aniqlashga qodir; bolalar shoiri, 
yozuvchisi va bastakorlari hamda ularning asarlarini biladi; tasviriy san’at turlarini 
farqlaydi. 
Badiiy-ijodiy qobiliyatlar(3-4 yosh) - tasviriy materiallar nomini biladi va 
to‘g‘ri qo‘llaydi; sodda kompozitsiyalar, alohida buyumlarni chizadi; 
tasvirlanayotgan predmetlarga mos ranglarni tanlaydi va bo‘yaydi; bolalar musiqiy 
asboblarida (buben, nay, ksilofon) chalishga taqlid qiladi; bolalar guruhi bilan 
qo‘shiq aytadi; raqsga tushadi (juftlikda aylanadi, oyoqlari bilan depsinadi, 
predmetlar bilan musiqaga monand harakatlanadi); plastilindan berilgan sodda 
shakllarni yasaydi; tayyor shakllardan tasvirlar yaratadi, turli shakldagi qog‘ozlarni 
yasatadi; qumdan turli shakl va piramidalar quradi.
(4-5 yosh) predmetlar shaklini aniq ko‘rsatgan holda qismlarga boy tasvirlar 
chizadi; sujetli rasm, predmet va personajlar chizadi; shakllarni turli texnika 
asosida bo‘yaydi; loy, xamir va plastilindan yasaydi; faoliyati boshida ko‘z oldiga 
keltirib tasavvur qiladi; xorda va yakkaxon qo‘shiq aytadi; raqs harakatlarini 
hissiyotlarni namoyon etish va muloqot vositasi sifatida qabul qiladi; musiqiy 
asboblarda chaladi (qo‘ng‘iroqcha, doira, metallofon, uch burchak); kattalar 
yordamida barmoqlar teatri sahna ko‘rinishlarida ishtirok etadi. 
(5-6 yosh) murakkab predmetlar chizadi va ularni dekorativ naqshlar bilan 
yasatadi (choynak, gilam, ro‘mol, lagan); xotira yoki tasavvuriga ko‘ra sujet 
yaratadi; qog‘ozdan va tabiat materiallaridan applikatsiya-hajmli oranjirovkalar 
yaratadi (siluetlar, otkritkalar, kitob yorliqlari); muhit yoki shaxsiy loyihalarini 
yasatadi; qog‘oz buklash, yirtish, qirqish yo‘li bilan shakllarning harakati va 
proporsiyalarini yoritgan holda kichik sujetli kompozitsiyalar yaratadi; 
tengdoshlari bilan ijodiy o‘yinlar yaratishi mumkin; shaxsiy ishlarida turli ifoda 
vositalarini qo‘llaydi; jamoaviy loyihalarda g‘oyalar taklif etadi. 


38 

Download 0,62 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish