39
qarorlariga muvofiq maktabgacha ta'lim tashkiloti guruhlarida 5 ta rivojlantiruvchi
markaz tashkil etilgan:
-
''Til va nutq" markazi;
-
''Qurish-yasash, konstruktsiyalash va matematika" markazi;
-
''San'at" markazi;
-
''Ilm-fan va tabiat" markazi;
-
''Syujetli va rolli o’yinlar va dramalashritish" markazi.
Ushbu markazlar tarbiyalanuvchilar uchun muhim o'rin kasb etadi, chunki
bola markazlarda erkin faoliyat olib boradi. Tarbiyachi esa ularga yordamchi
sanaladi. Bu esa bolalarni nutqini,
erkin fikrlashini, jismoniy va ijtimoiy bilish
kompitensiyalarini rivojlantiradi. Bolalar ongini rivojlantirishda asosiy faoliyat turi
o'yin hisoblanadi. O'yin orqali bola o'rgatilgan mashg'ulotni xotirada tez va
mustahkam saqlaydi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashda rivojlanish markazlarini tashkil
etishning asosiy sharti pedagogdan tayyor bilim olishdan ko‘ra, bolaga rivojlanish
markazlarida faoliyatni tanlash imkoniyatini berish, bunda u atrofdagi dunyo
haqida bilimlarni mustaqil ravishda egallashi, ko‘nikmalari
va qobiliyatlarini
rivojlantirish, bolaga qiziquvchanlik, mustaqil izlanish, tadqiqot jarayoniga
qo‘shilish imkoniyatini berishdir.
MTTda rivojlanish markazlarini tashkil etish davlat talablari va «ilk qadam»
davlat o‘quv dasturini amalga oshirishni nazarda tutadi. Markazlarda ishlash har
bir bolaning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda eng samarali
rivojlanishiga
imkon beradigan tarzda, uning individual qobiliyatlari, qiziqishlari,
faoliyat darajasini inobatga olgan holda tashkil etiladi.
Rivojlantiruvchi markazlarning maqasadi: bolaning har tomonlama
rivojlanishi, tarbiyalanishi, o‘qishi va uning maktabga samarali tayyorgarligini
ta’minlash uchun sharoit yaratish
Rivojlantiruvchi markazlarning vazifalari:
-bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan ehtiyojni shakllantirish;
-individual manfaatlarni qo‘llab-quvvatlash;
40
-fikrlash jarayonlarini va kognitiv qiziqishni faollashtirish;
-rivojlanish faoliyati;
-nostandart holatlarda samarali harakatlarga
tayyorlikni rivojlantirish;
-tashabbuskorlikni rivojlantirish, o‘z fikrlarini ijodiy ifoda etish qobiliyatini
rivojlantirish;
-bolalarni texnik va badiiy ixtiro bilan tanishtirish;
-vizual - majoziy idrokni rivojlantirish;
-xotirani, nozik vosita ko‘nikmalarini, fikrlash, tasavvurni rivojlantirish;
-kommunikativ ko‘nikmalarni, muloqot qobiliyatini va jamoaviy ijodkorlikni
rivojlantirish;
-bolalarda izlanish va kognitiv faoliyatni rivojlantirish istiqbollarini
kengaytirish;
-barkamol shaxsni rivojlantirish.
Rivojlanish markazlari ta’lim,
rivojlantiruvchi, o‘qitish, rag‘batlantiruvchi,
uyushgan, kommunikativ funksiyalarni bajarishi kerak.
Eng muhimi, ular mustaqillikni rivojlantirish ustida ishlashlari kerak, bolalar
va kattalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning shaxsga yo‘naltirilgan ta’limga
asoslangan bolaning tashabbusini rag‘batlantirishi kerak.
Rivojlanish markazlari bolalar va kattalar bilan aloqa qilish va birgalikdagi
faoliyatni, shuningdek o‘z o‘zi bilan shug‘ullanish imkoniyatini ta’minlashi kerak
Rivojlanish markazlari ta’lim, rivojlantiruvchi, o‘qitish, rag‘batlantiruvchi,
uyushgan, kommunikativ funksiyalarni bajarishi kerak. Eng muhimi, ular
mustaqillikni rivojlantirish ustida ishlashlari kerak, bolalar va kattalar o‘rtasidagi
o‘zaro munosabatlarning shaxsga yo‘naltirilgan ta’limga asoslangan bolaning
tashabbusini rag‘batlantirishi kerak.
Bolaning rivojlanishi faqat o‘quv faoliyatida emas, balki o‘yin tarzida ham
amalga oshiriladi. Markazlardagi bolalarning o‘yin va kognitiv faoliyati davomida
tarbiyachi bolalarning
ishini kuzatib boradi, tavsiya etilgan materiallar bolalar
uchun qanchalik qiziq, qulay va xavfsiz ekanligiga e’tibor qaratadi. Agar kerak
bo‘lsa, tarbiyachi didaktik materiallarni to‘ldiradi yoki o‘zgartiradi.