Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti “Tasdiqlayman”




Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/9
Sana28.05.2024
Hajmi0,62 Mb.
#256202
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Aduraximova Charos KURS ISHI

Xulosa
Demak, 
maktabgacha 
ta’lim 
tashkilotlari 
tarbiyalanuvchilarida 
rivojlanishining yoshiga bog’liq xususiyatlar juda ko’p va ahamyatli. Bolaning 
rivojlanishida qanday rivojlanayotganligi yoshiga yarasha vazni, bo’yi, psixologik 
xarakteri, qobilyati, tashqaridagi ma’lumotlari qay darajada qabul qilishi, nuqtining 
o’sishi, so’z boyligi bularning hammasi juda katta ahamiyat kasb etadi. Bola 
tug’ilganidan to maktab yoshiga yetguniga qadar har tomonlama me’yor jihatidan 
rivojlanishi kuzatuv ostida bo’lishi lozim. Chunki, har tomonlama sog’lom bola
davlatimiz kelajagi demakdir.
Davlat talablari rivojlanish sohalari integratsiyasini nazarda tutadi va bola 
rivojlanishiga ko‘maklashadi. Davlat talablari tug‘ilgandan 7 yoshgacha bo‘lgan 
bolalarning beshta asosiy rivojlanish sohalariga bo‘lingan. Har bir rivojlanish 
sohasi o‘z o‘rnida kichik sohalarga bo‘lingan bo‘lib, ular har bir yosh guruhiga 
mos bir nechta talablardan (kutilayotgan rivojlanish ko‘rsatkichlaridan) iborat. 
Markazlarda ishlash har bir bolaning individual xususiyatlarini hisobga olgan 
holda eng samarali rivojlanishiga imkon beradigan tarzda, uning individual 
qobiliyatlari, qiziqishlari, faoliyat darajasini inobatga olgan holda tashkil etiladi. 
Rivojlanish markazlarida to‘g‘ri tashkil etilgan ishlar har bir bolaga o‘ziga 
yoqadigan narsani topishga, uning kuchli va qobiliyatiga ishonishga, kattalar va 
tengdoshlar bilan o‘zaro munosabatlarni o‘rganishga, tushunishga imkon beradi va 
ularning his-tuyg‘ularini va xatti-harakatlarini baholashga imkon beradi va aynan 
shu rivojlanayotgan ta’lim asosida yotadi. Bolaning rivojlanishi faqat o‘quv 
faoliyatida emas, balki o‘yin tarzida ham amalga oshiriladi. Markazlardagi 
bolalarning o‘yin va kognitiv faoliyati davomida tarbiyachi bolalarning ishini 
kuzatib boradi. 
Rivojlanish markazlari ta’lim, rivojlantiruvchi, o‘qitish, rag‘batlantiruvchi, 
uyushgan, kommunikativ funksiyalarni bajarishi kerak ekan. 

Download 0,62 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti “Tasdiqlayman”

Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish