|
Bu davrda yana artikulyatsion belgilar bo‘yicha bir-biriga qarama-qarshi qo‘yilgan tovushlar differensiyasi ustida mashqlar o‘tkaziladi
|
bet | 9/16 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 0,57 Mb. | | #228078 |
Bog'liq Madina kurs ishi tayyorrrrrBu davrda yana artikulyatsion belgilar bo‘yicha bir-biriga qarama-qarshi qo‘yilgan tovushlar differensiyasi ustida mashqlar o‘tkaziladi:
og‘iz va burun tovushlar differensiatsiyasi (p-m);
burunli tovushlar guruhi o‘rtasida tovushlar differensiatsiyasi
(m va n);
dortlovchi tovushlar guruhida tovushlar differensiatsiyasi (k-x);
unli tovushlar differensiatsiyasi (a, u, o, u);
portlovchi va qorishiq tovushlar differensiatsiyasi (t-s).
Bu mashqlar jarayonida boshqa tovushlarni o‘zlashtirish uchun asos yaratiladi.
Endigi davrda artikulyatsion jihatdan talaffuz qilish qiyin bo‘lgan tovushlar ustida ish olib boriladi. Bu jarangli shovqinli undoshlar, qorishiq va «r» tovushidir. Bu davrda ishning muvaffaqiyatli olib borilishida fonematik eshituvning yetarli rivojlantirilganligi, tovushlar analiz malakasining birmuncha shakllanganligi asosiy rol o‘ynaydi. Bolalar bu davrga kelib tovushlarni yaxshi ajrata oladilar. Bolalar nutq faolligi, tovushlar analiz malakasi sezilarli darajada oshadi.
«R», «SH», «J» tovushlarni bolalar aniq, yaxshi talaffuz qilishda qiynaladilar. Lekin ularni farqlashda qiyinchiliklar kam kuzatiladi. Bu davrda ham tovushlar differensiatsiyasi ustida ishlashga maxsus vaqt ajratiladi. Bu vaqtda s-z, sh-j tovushlar differensiatsiyasi ustida ish olib boriladi. Bunda bolalar tovushlarni bir-biridan xatosiz ajratishga o‘rganganliklariga logoped ishonch hosil qilgach, tovushlarni burun va so‘zdagi o‘rinlarini aniqlashga qaratilgan mashqlarga o‘tadi. Tovushlarni to‘g‘ri talaffuzi, fonematik eshituvni rivojlantirish, tovushlar analiz malakasini shakllantirish ustida olib borilgan muvaffaqiyatli ishlar, dizartrik bolalarning yozuvni o‘zlashtirishlari uchun asos bo‘ladi.
Dizartriyali bolalarda umumiy va mayda qo‘l motorikasini o‘ziga xos xususiyatlari
Italiyalik pedagog Mariya Montessori o‘zining pedagogik qarashlaridan kelib chiqib bolalarni aqliy jihatdan rivojlantirish, ularni his qilishga o‘rgatish kerakligini ta'kidlaydi. Bolalarda sensorika va motorikani rivojlantirish kichkintoylarda yozish, hisoblash ko‘nikmasini shakllantiradi. Montessori metodikasining asosiy mohiyati bolada mustaqil faoliyat orqali shaxsiy imkoniyatlarini namoyon qilishga sharoit yaratish va yordam berishdan iborat. Shuningdek, Montessori materiallari kichkintoylarda mantiqiy tafakkurni rivojlantiradi. Bolada ichki kuchni rivojlantirish va uning shaxsiy sifatlarini shakllanishiga turtki beradi. Bundan tashqari bolada to‘g‘risidagi tasavvurlar ham tizimga solinadi.atrof-muhit Ta'lim jarayonida tarbiyachining diqqat markazida kichkintoyning individual va ijtimoiy-hissiy ehtiyojlarini qondirish nazarda tutilishi lozim. Mashg‘ulot va o‘yinlar uchun tanlangan didaktik materiallar bolada motorika (harakat) va sensorika (sezgi)ni rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi zarur. Bolaning mustaqil harakat qilishi natijasida uning ichki kuchlari erkin bo‘ladi va asta-sekin kattalar yordamisiz ham o‘zi bajara olish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi. Montessori materiallari bola uchun dunyoni, atrof-olamni anglash kaliti hisoblanib, dunyo haqidagi tasavvurlarini tizimga solishga, uning xaotik va atrof-olam to‘g‘risidagi bilimlarini kengayishiga sabab bo‘ladi. Bular yordamida bolada dunyoqarash rivojlanadi. U o‘zining shaxsiy tajribasi asosida atrof-olam va tabiatda yuz beradigan hodisalarni tushunadi va anglay oladi. Demak, bolalarda sezgi va mayda qo‘l harakatini rivojlantirish orqali maktab ta'limiga harakatini rivojlantirish orqali maktab ta'limiga tayyorlash imkoniyatlari yanada kengayadi degan xulosaga kelish mumkin..
Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish uchun didaktik o‘yinlar Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish uchun didaktik o‘yinlar Maqsad didaktik o‘yin: so‘z boyligini kengaytirish, izchil nutqni shakllantirish, tovushni to‘g‘ri talaffuz qilish, fikringizni to‘g‘ri ifoda etish qobiliyati, jumlalarni tuzish mahoratini mustahkamlash. "Butunlay va butun" 1-variant Voyaga etgan kishi mavzuning qismini chaqiradi va bola bu mavzuni nomlashi kerak. Masalan: qanot - samolyot (yoki qush, gulbarg - gul, ekran - televizor va boshqalar). Variant 2 Voyaga etgan kishi so‘zning boshlang‘ich qismini gapiradi.Bola so‘zni tugatadi. Masalan: quvonch, rang, ertak va boshqalar. "Kim ko‘proq?" Farzandingizning ismini ma'lum bir harfdan boshlab iloji boricha ko‘proq so‘zlar bilan yozing (C, A, I, P va boshqalar) yoki hece (PA, MA, RA va boshqalar .
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Bu davrda yana artikulyatsion belgilar bo‘yicha bir-biriga qarama-qarshi qo‘yilgan tovushlar differensiyasi ustida mashqlar o‘tkaziladi
|