|
II-bob Dizartrik bolalarda umumiy mayda qo‘l matorikasini rivojlantiruvchi texnologiyalarni qo‘llash
|
bet | 12/16 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 0,57 Mb. | | #228078 |
Bog'liq Madina kurs ishi tayyorrrrrII-bob Dizartrik bolalarda umumiy mayda qo‘l matorikasini rivojlantiruvchi texnologiyalarni qo‘llash
2.1 Dizartriyali bolalarda umumiy motorikani rivojlantirish texnologiyalari
Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanish sohasi quyidagi kichik sohalarni o‘z ichiga oladi:
-yirik motorika;
-mayda motorika;
-sensomotorika;
-sog‘lom turmush tarzi va hayot xavfsizligi.
Yirik motorika kichik sohasida-bola o‘z tana a‘zolarini boshqaradi,maqsadli to‘g‘ri harakatlanadi.
Mayda motorika-bolalar qo‘li va barmoqlarini turli maqsadlarda ishlatadi. Sensomotorika-bola sezgi organlari yordamida o‘z harakatlarini boshqarishga qodir.
Sog‘lom turmush tarzi va xavfsizlik-bola sog‘liqni saqlash malakalarini namoyon qiladi,xavfsiz sog‘lom taom va hayot xavfsizligi qoidalari haqida tushunchaga ega bo‘ladilar. 3-4 yoshli bola mazkur rivojlanish sohasining kichik sohalari bo‘yicha quyidagi kutilayotgan natijalarga erishadilar:
yirik motorika: -turli usullar bilan yuradi,kolonna doira bo‘lib saflana oladi;
-uch oyoqli velosipedda uchadi. mayda motorika:
-halqaga arqonni kirgizadi,mayda predmetlarni ma‘lum bir tartibda taxlaydi;
-buyumlarni bir idishdan ikkinchisiga joylashtiradi.
sensomotorika:
-katta koptoklarni masofaga, ikki qo‘l bilan, o‘tirib,turib irg‘itadi; -silliq va notekis teksturaning farqiga boradi, ta‘mni aniqlaydi; sog‘lom turmush tarzi va xavfsizlik: -mustaqil qo‘li, yuzini yuvadi, tishini tozalaydi, sochiqdan foydalanadi; -taroq va dastro‘mol yoki salfetkadan foydalanadi, ovqat vaqtida mustaqil qoshiq bilan foydalanadi; -mustaqil hojatxonaga boradi, xavfli bo‘ladigan predmetlarni farqiga boradi. 4-5 yoshli bolaning mazkur sohaning to‘rttala kichik sohasi bo‘yicha kutilayotgan natijalari:
yirik motorika: -koptokni yerga o‘ng va chap qo‘li bilan galma-gal uradi;
-matrap bilan mayda uchayotgan,suzayotgan predmetlarni tutadi;
-sovun ko‘piklarini uchiradi.
mayda motorika: -mustaqil tugmachalarni qadaydi va yechadi, kiyimi poyavzali ilgaklarini o‘zi taqadi;
-na‘muna asosida ipga yirik, o‘rta va mayda munchoqlarni teradi;
-matrap bilan mayda uchayotgan, suzayotgan predmetlarni tutadi; -sovun ko‘piklarini uchiradi.
sog‘lom turmush tarzi va xavfsizlik: -vitaminlar va sog‘lom ovqatlanish foydasini biladi;
-ovqatlanish oldidan qo‘lini yuvadi;
-sanchqidan to‘g‘ri foydalanadi. 5-6 yoshli bolalarda kutilayotgan natijalar:
-shaxsiy gigienaga rioya qiladi;
-yuzalarda turli chiziqlar chizadi. 6-7 yoshli bolada kutilayotgan natijalar:
-bir, ikki, to‘rtta bo‘lib saflanadi;
-tabiat burchagidagi o‘simliklar va jonzotlarni parvarishlaydiMaktabgacha yoshdagi o‘sib borayotgan bola shaxsinihayotga tayyorlash, unda hayotiy muhim masalalarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan, axloqiy me‘yor va qadriyatlarni o‘zlashtirish, boshqa insonlar bilan muloqot qilish, “Men” obrazini qurish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat usullarini shakllantirishga tayyorgarlikni nazarda tutadi. Boshlang‘ich muhim kompetensiyalar bolaning faoliyat va axloq subyekti sifatidagi yaxlit rivojlanishini talab etadi. Kompetensiya bolaning bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlari majmuidir. Boshlang‘ich kompetensiyalar, rivojlanish sohasidan qat‘iy nazar, bola shaxsi shakllanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Maktabgacha yoshdagi bolaning kompetensiyalari Maktabgacha yoshdagi (6-7 yosh) bolaning umumiy muhim kompetensiyalari quyidagilardan iborat:
-kommunikativ kompetensiya — muloqot vositalaridan turli vaziyatlarda foydalana bilish ko‘nikmasi;
-o‘yin kompetensiyasi — bolaning o‘yin jarayoni va uni tasqilishda tajriba, bilim va ko‘nikmalardan ijodiy foydalanishi. O‘quv-tarbiyaviy faoliyat uchun asos hisoblanadi;
-ijtimoiy kompetensiya — hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlar bilan muloqotda axloq qoidalari va me'yorlariga rioya qilgan holda o‘zini tutish mahorati;
-bilish kompetensiyasi — atrofdagi olamni ongli ravishda idrok qilish va olingan bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlardan o‘quv va amaliy vazifalarni hal qilish uchun foydalanish.
Bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalari Bolaning kompetensiyalari bola rivojining quyidagi sohalarida belgilanadi:
-jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi;
-ijtimoiy-hissiy rivojlanish;
-nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari;
-bilish jarayonining rivojlanishi; -ijodiy rivojlanish.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda eng asosiy va hayotiy zarur harakatlar: piyoda yurish, yugurish, sakrash, osilish, tortilish, uloqtirish, muvozanat saqlash va shu kabilar bolaning har tomonlama rivojlanishida asosiy manba hisoblanadi. Harakatlarning asosiylariga bolalarni o‘rgatishda murabbiy ta‘lim berish barobarida tarbiyaviy hamda sog‘lomlashtiruvchi vazifalarni ham yechadi. Xususan, jismoniy mashqlardan: tezkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik, mushaklarni puxtalash bilan birga, yurak-qon tomir, nafas olish va asab tizimlarini ham mustahkamlaydi. Olti-yetti yoshli bolalarning fiziologik, psixologik jihatdan o‘qishga, maktabga tayyorgarligi darajasi asosiy harakatlarga va harakat tajribasiga bog‘liq bo‘ladi.
«Bayroqcha». Bolalar bir safda (ketma-ket saflanib) turib, so‘ng yurib (yugurib) maydoncha yoki xona burchagiga boradilar. Birinchi bolaning qo‘lida bayroqcha bo‘lib, «To‘xtang!» so‘ziga hamma bolalar to‘xtaydilar. Tarbiyachi bolalardan birontasini chaqiradi, u bayroqchani ilgarigi boladan olib, o‘zi saf oldiga borib turadi va yurish (yugurish) davom etadi. Qachonki bolalar o‘zlarining saf oldiga borib turishlarini tezda o‘rganib olsalar, shunda saf harakatini to‘xtatmasdan oldinda boruvchilarni almashtirish mumkin.
Bolalarning yurish (yugurish) paytlarida maydon yoki xona burchagiga ustunchaning tepa qismiga bayroqcha qo‘yish joizdir, chunki bolalar yurgan va yugurgan paytlarida o‘sha burchaklarda to‘g‘ri burilishni o‘rganadilar. Keyinchalik ustunchaga bayroq qo‘yishning zaruriyati bo‘lmaydi, chunki bolalar burchaklardan to‘g‘ri burilib yurish, yugurishga odatlanadilar. «Hushyor bo‘l!» Bolalar bir safda yugurib bormoqdalar, har bir bolaning qo‘lida bayroqcha yoki koptokcha, shar bo‘lishi mumkin. Tarbiyachi shu payt bironta bolaning ismini aytadi. Shunda bola qo‘lidagi narsani ko‘taradi. So‘ng boshqa bolaning ismini aytadi, u qo‘lidagi narsani ko‘targanda oldingi bola bayroqchani tushiradi. «Baland va past». Bolalar safga ketma-ket, bo‘ybastlariga qarab saflanadilar. Ushbu yo‘sinda yuradilar hamda yuguradilar. Tarbiyachi tartibga qarab: bo‘yi balandlarni oldin ga, bo‘yi pastlarni esa ulardan keyinga qo‘yadi. «Buriling!» Bolalar bir safda yuradi (yuguradi). Shu tarzda bironta joyga borib (devor, daraxt, oyna), orqaga buriladi, oldinda boruvchi bola safni boshqarib boradi. Keyingi navbatlarda yo‘nalishni o‘zgartirib yurishni (yugurishni) to‘satdan doiraga urib, hushtak yoki chapak chalib o‘rgatadi. Keyingi navbatlarda tarbiyachi so‘z bilan: «Burilinglar!» deb yoki to‘satdan (chapak yoki doiraga urib) yurishni, yugurish ni o‘zgartirishi mumkin.
«Ilonizi». Maydoncha yoki pol ustiga aylana bo‘ylab koptokchalar (tennis to‘pidan kattaroq lattadan, matodan yasalgan, ichiga eski paxta, qum solingan) 40–50 sm oralig‘ida qo‘yib chiqiladi. Bolalar doira bo‘ylab saflanadilar. Tarbiyachining topshirig‘iga binoan «Yuringlar!» deganda, aylana bo‘ylab yurishadi. «Ilonizi bo‘ylab» deganda, har qaysi to‘ldirma to‘pchalarni aylanib yuradilar (yuguradilar).
Ushbu mashqni musiqa sadosida yoki doira tovushida bir xil ritmda o‘tkazish ham mumkin. «Doirachalar». Maydonda yoki xonaning uzunasiga aylanasi 25–30 sm keladigan doirachalar yarim qadam oralig‘ida qo‘yib chiqiladi. Bolalarga yurish paytida, oyoqni doiracha o‘rtasiga qo‘yishlari aytiladi. Bu yurish mashqining afzalligi shundaki, u qadamni oyoq uchida bosishga o‘rgatadi. Yurish mashqi o‘tkazilgach, undagi doirachalar masofasi o‘zgartiriladi. Buning evaziga bolalar kengroq va «uchibroq» yurishga o‘rgatiladi. «Tovushni eshit va bajar!» Bolalar birin-ketin qo‘l ushlashib, juftlashib yurib (yugurib) borishadi. Tarbiyachi tovush berishi bilan (chapak chalishi, doiraga urishi) tezda qo‘llarini tushirishib, yonma-yon, orqada qolmay, bir-birovini quvlamasdan yurish (yugurish)ni davom ettirishadi, tovushni qaytarish bilan tezda yana qo‘l ushlashib, juft-juft bo‘lishib yurishadi (yugurishadi). «Bir, ikki». Bolalar saflanadilar, so‘ng qayta saflanib, ikkitadan, ketma-ket, juft ketidan juft bo‘lib, qo‘l ushlashmas dan, masofani aniq ushlab yurishadi. Tarbiyachi «Bir» deb aytishi bilan bolalar to‘xtamasdan qayta yurishadi. «Ikki» deganda juftlashib yurishadi. «Aylaning!» Bolalarga juft-juft bo‘lib burilish, aylanishni bir joyda turgan holatda o‘rgatib olish joizdir, bu mashq ichki tomoniga, ya‘ni yuzma-yuz bajariladi. «Darvoza!» Bolalar qo‘l ushlashmasdan juft-juft bo‘lib yurishadi (yugurishadi). Tarbiyachining «darvozalar» degan tovushini eshitib to‘xtashadi, birbirlarining qo‘llarini ushlab baland ko‘tarishadi. Oxirgi yugurib kelayotgan juftlik «darvoza» tagidan o‘tib, oldinga chiqib, hammadan birinchi bo‘lib turadi. Yana barcha bolalar yurishni davom ettiradi. Qayta yana tovush eshitilsa, «darvoza» hosil qilib, sheriklar oldinga o‘tib boradilar.
«Qorong‘i uyda yurish». Bolalar xonaning bir burchagidan o‘tib bo‘lgandan so‘ng bir qatorga saflanadilar. Shunda tarbiyachi xona o‘rtasiga 3–4 m masofaga kelib, bolalarga: «Men tomonga qarab hammangiz ko‘zingizni yumib «To‘xtang!» deguncha yurib kelasizlar», deydi. Ya'ni bolalar 3–4 m masofani «qorong‘i uyda yurganday» bajaradilar. «To‘siqlardan o‘tish». Zal, xona yoki maydonda bolalar yonma-yon saflanib turishadi. Tarbiyachi ularga mashqni bajargan holda to‘siqlardan qanday qilib o‘tishni aytadi. Bolalar oldinga qarab yurishganda, «To‘siqlardan tizzalarni baland ko‘tarib o‘tinglar!» deb aytadi. «Suvda, quruqda». Mashqlar avvalgi safardagiday o‘tkaziladi. Faqat tarbiyachi tovush chiqarib, «suvda» deganda, bolalar oyoq uchlarida suv kechganday yuradilar, «quruqda», deb aytilganda, tovonni to‘liq bosib yuradilar. «Joy almashuv». Xonaning o‘rtasidan yoki diagonal bo‘yicha chiziq o‘tkaziladi. Bolalar ikki guruhga bo‘linib, har biri xonaning u yoki bu yarmiga joylashib oladilar. Tarbiyachi «Yuguring!» deganda barcha bolalar o‘zining yarim maydonchasida yugura boshlaydi. Shu payt tarbiyachi doiraga urib yoki «joy almashing», deyishi bilan har qaysi guruh o‘zining maydonchasidan boshqa maydonchaga tezlik bilan o‘tib olishga harakat qilishi kerak. Yurish va yugurishda turli belgilangan mashq-topshiriqlarni bajarish: buyumlar oralig‘idan o‘ta bilish, ularni yig‘ish, bir joydan ikkinchi joyga olib qo‘yish va hokazolardan iborat. «Kim nima topdi?» Xonaning har qaysi tomoniga maydachuyda buyumlar bolalar soniga qarab qo‘yib chiqilgan. Bolalar esa buyumlar oralig‘ida u yerdan bu yerga yurib-yugurib yurishadi. Tarbiyachi bolalarga: «Yurganda boshni oldinga egmanglar, oldinga qarab to‘g‘ri yuringlar, birbiringizga yo‘l berishni o‘rganinglar» deydi, so‘ng «To‘xta!» deyishi bilan, hamma bolalar to‘xtaydi va qo‘liga nima yaqin bo‘lsa, shuni (kegli, qopcha) tepaga ko‘taradi. «Kechinma». Bolalar doira hosil qilib turadilar, ularning har birining qo‘lida rangli bayroqcha bo‘ladi. Tarbiyachining topshirig‘iga ko‘ra, har bir bola bayroqchasini o‘zi turgan joyiga (polga, yerga) qo‘yib, xona yoki maydon bo‘ylab yuradi. Ammo doira o‘rtasiga kirish man etiladi. Shunda tarbiyachi tovush chiqarib: «Bir, ikki, uch – hamma doiraga chop!» deb darak beradi, bolalar o‘z joylariga yugurib boradilar va o‘z bayroqchalarini ko‘tarib ko‘rsatadilar.
To‘siqlardan o‘tishda yurish va yugurish (oshib o‘tish, tagidan o‘tish, sakrab oshib o‘tish), quvlab yugurish, quvlovchiga tutqich bermay yugurishda ushbu mashqlar bajariladi. «To‘siqlardan o‘tib ko‘r!» Xonaning bir tomonida bolalar bitta safda saflanib turishadi. Xonaning qolgan tomonida gimnastik tayoqchalar ko‘ndalang holatda stulchalar ustiga qo‘yib chiqiladi. Bolalar yurgan holatda, orqa tomondan kelayotganni to‘xtatmasdan birinchi to‘siq – tayoqchadan hatlab o‘tishi kerak, ikkinchi to‘siq (ko‘dalang stulchalarga qo‘yilgan tayoqcha)ning tagidan o‘tishi va uchinchi tayoqchani oshib o‘tib, so‘ng 8 qadam oyoq uchida qo‘llarini yuqoriga ko‘targan holda yuri shi, yana 8 qadam to‘liq tovonlarda yurishlari lozim. Bolalar ushbu mashqni o‘zlashtirgandan keyin mashqni yugurish bilan o‘tkazsa ham bo‘ladi. Tepalik va pastlikka yugurib chiqib, chopib tushish, emak lab chiqib, yarim o‘tiribtushish va h.k.
Mayda motorika tug‘ilgan paytdanoq rivojlana boshlaydi. Oldiniga go‘dak o‘z qo‘llarini o‘rganadi, keyin ularni boshqarishga o‘tadi. U buyumlarni butun kafti bilan ushlaydi, keyin esa faqat ikkita (katta va ko‘rsatkich) barmog‘i bilan oladi. So‘ngra bolani qoshiq, qalam, mo‘yqalam kabi buyumlarni to‘g‘ri ushlashga o‘rgatishadi.
Mayda motorikaning juda muhim xususiyati bor. U bolaning asab tizimi, ko‘rish qobiliyati, diqqat-e’tibori, xotirasi va idrok qilishi bilan bog‘liq. Bundan tashqari, bolaning nutqi rivojlanishi uchun ham mayda motorikani rivojlantirishga katta e’tibor qaratish lozim.
Mayda motorikani rivojlantirish uchun mo‘ljallangan mashg‘ulotlar, o‘yinlar va mashqlar Mayda motorikani rivojlantirish uchun ko‘plab mashg‘ulotlar, o‘yinlar va mashqlar mavjud. Ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: barmoq o‘yinlari, mayda buyumlar bilan bog‘liq o‘yinlar, shakl yasash va rasm chizish, barmoqlarni massaj qilish.
Quyida eng oddiy va samarali o‘yinlarni ko‘rib chiqamiz:
|
| |