|
Nutq apparatini harakatini rivojlantirishga oid o‘yinlar
|
bet | 10/16 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 0,57 Mb. | | #228078 |
Bog'liq Madina kurs ishi tayyorrrrrNutq apparatini harakatini rivojlantirishga oid o‘yinlar.
Bu mashg‘ulotlarning asosiy vazifasi bolalarda nutq apparati,ya’ni til,lab,va pastki jag‘ tilchaning xarakatlanishini rivojlantirishga qaratilgan.
“SHirin murabbo” o‘yini.
Maqsad: Til xarakatini faollashtirish.
O‘yinning borishi:Bolalarga murabboni yalayotgan qizning rasmi ko‘rsatiladi.Qizning yuqorgi va pastgi labiga murabbo yopishib qoldi.Qiz murabboni tili bilan yaladi.(Til xarakati bilan murabboni yalash ko‘rsatiladi). So‘ngra bolalar ham ushbu mashqni qaytaradilar.Logoped har bir bola mashqini qanday bajarayotganini kuzatib boradi.
Tishlarimizni tozalaymiz.
Maqsad: Til xarakatini faollashtirish.
O‘yinning borishi:Bolalar logopedga qaragan holda bir qator bo‘lib o‘tiradilar.Bolalarga rasm ko‘rsatiladi.Qaranglar bolalar,bola qanday qilib tishlarini tozalayapti. Biz ham hozir sizlar bilan tishlarimizni tozalaymiz.Faqatshyotka bilan emas,balki tilimiz bilan.Avval logoped til bilan tishlarini tozalashni bolalarga o‘zi ko‘rsatib beradi.So‘ngra har bir bolani oldiga chaqirib mashqni bajarishini kuzatib boradi.Mashq bir necha marta bajartiriladi.
(Bekinmachoq,quvnoq tilcha o‘yinlari)
Maqsad: Til uchi xarakatini faollashtirish. O‘yinning borishi: Bolalar qator bo‘lib turadilar,ya’ni ular otchalardir.Logopedning “Ketdik”degan so‘zidan so‘ng bolalar yuradilar va shu bilan birga ot yurishiga taqlid qiladilar (tra-tru,tra-tru). “To‘xtang”deyilgandan so‘ng esa to‘xtab,otni to‘xtatish ovoziga taqlid qiladilar (Trr-trr...).So‘ngra logoped har bir bolaga alohida talaffuz ettiradi.Logoped bolaning tili yuqoriga tishlar orasida bo‘lishini va til uchi xarakatlanishini kuzatib borishi kerak.Til uchini to‘g‘ri ko‘tarishga e’tibor berish kerak.Agar bola ushbu mashqni bajara olmasa,konfet so‘rishga taqlid etishini o‘rgatish kerak.
“Lablarimiz bulochkaday dumaloq” o‘yini
Maqsad: Lab xarakatini faollashtirish.
O‘yinning borishi: Logoped bolalarga dumaloq bulochka chizilgan rasimni ko‘rsatadi va bolalardan “Kim lablarini shunday dumaloq qila oladi?” deb so‘raydi.Avval logoped bolalarga o‘zi ko‘rsatib beradi (o-o-o-o). So‘ngra bolalarni ketma-ket chaqirib,mashqni erkin bajarish tavsiya etiladi.Bolalar mashqni erkin bajarishini kuzatib borishadi.Mashqni bajarishda faqat lablarning ishtirok etishi kuzatib boriladi,og‘iz ochilgan holda bo‘ladi,lekin pastki jag‘ oldinga chiqib ketmasligi kerak.
“Kim yaxshi kuladi?” o‘yini.
Maqsad: Lab xarakatini faollashtirish.
Jixoz: Bo‘g‘irsoq,qo‘g‘irchoq.
O‘yinning borishi: Bolalar yarim doira holda o‘tiradilar.Logoped bolalarga shunday deydi. “Biz xursand bo‘lganimizda kulamiz”,mana bunday (o‘zi kulib ko‘rsatadi). Biz juda xursand bo‘lib kulganimizda tishlarimiz ko‘rinadi.Hozir bizga bo‘g‘irsoq bilan qo‘g‘irchoq mexmonga keladi.Hammamiz hursand va kulib ularni kutib olamiz.Bolalar tishlarini ko‘rsatib kuladilar.Endi mehmonlarimiz ketdi.Biz hafa bo‘ldik.Tishlarimizni bekitamiz.Mehmonlarimiz yana keldi.Kulamiz.SHu tariqa mashqlar bir necha marta takrorlanadi.Lab xarakatlarining aniq bajarilishi kuzatib boriladi.
“Kim nay chala oladi?” o‘yini.
Maqsad: Lab xarakatlarini faollashtirish.
O‘yinning borishi: Bola yarim doira holda logopedga qaragan holda o‘tiradilar.Logoped bolalarga nayning rasmini ko‘rsatadi va bolalardan lablari bilan nay hosil qilish so‘raladi.Avval logoped nay chalishni taqlid qilishni bolalarga o‘zi ko‘rsatib beradi.So‘ngra bolalardan talaffuz etish so‘raladi.Nay chalinyapti deganda bolalar lablari bilan nay chalish xarakatini bajaradilar.Kuy tugadi deyilganda bolalar lablarini oddiy holga keltiradilar.Mashq bir necha marta takrorlanadi va aniq bajarilishi logoped tomonidan kuzatib boriladi.
“O‘rmon” o‘yini.
Maqsad: Lab va pastki jag‘ xarakatlarini faollashtirish .Jihoz: Savatlar.
O‘yinning borishi: Qiz va bola doira bo‘lib turadilar.Ularning qo‘lida savatchalar bor.Bolalar o‘rmonga qo‘ziqorin tergani ketishyapti. Lekin bitta bola o‘rmonda adashib qoldi.Bolalar o‘rtoqlarini qidirishyapti.Au-au qaerdasan. Logoped har bir bola au-au tovushlarini qanday talaffuz etayotganini kuzatib borishi kerak.Au-tovushlari talaffuz etilayotganida pastki jag‘imiz bir oz pasga tushadi,lablar dumaloq holatda bo‘ladi.Ushbu mashq bolalar tomonidan to‘g‘ri bajarilishi kuzatibboriladi.
“Quvnoq tilcha” o‘yini.
Maqsad:nutq apparati xarakatchanligini rirojlantirish.
O‘yinning borishi: Bu o‘yini bolani qiziqtirgan xolda olib borish kerak.Logoped bolaga uning og‘iz bushlig‘i uy deb tasavvur etishni aytadi.Bu uychada kichkinagina,quvnoqgina tilcha yashaydi.Tilcha erta turib oynalarni ochib xonaga toza xavo kiritadi.Bunda bola og‘zini ochadi.Tilcha yuzini yuvadi,bunda tili bilan lablarini yalaydi.CHoy ichsin deganda bola tilini uchini ikki chetini buklagan xolda xavoni ichiga tortadi.Logoped o‘yinni davom ettiradi.Tilchamiz nonushta qilgandan sung o‘ynagani tashqariga chiqadi,deganda bola ikki lunjini ishiradi.Sung tilcha toshdan toshga sakrasin deganda bola tili uchi bilan birma-bir tishlariga tekkizib chiqadi.Logoped endi tilini otda sayirga chiqdi deganida bola tilini uchini tanglayga botirib ot tuyoqlarining ovoziga uxshab ovoz chiqaradi.Bu jarayon davomida bolaning lablari gox kulgu,gox cho‘chchaygan xolatida buladi.Allbatta bola bu mashqlarni logoped bilan birgalikda taqlid asosida bajaradi.Keyinroq esa mustaqil tarzda bajarishini boshlaydi.
“Qo‘g‘irchoq uxlamoqchi” o‘yini.
Maqsad: Pastki jag‘ xarakatini rivojlantirish.
O‘yinning borishi: Logoped bolalarga murojat qilib shunday deydi:Qaranglar sizlar bilan o‘ynab qo‘g‘irchog‘imiz charchab qolibdi.Uning uxlagisi keldi.U chuqur nafas olib esnayapti.Logoped bolalarga bir necha marta esnashni ko‘rsatib beradi.Esnaganimizda og‘zimiz ochiq xolda ,chuqur nafas olamiz,pastki jag‘imiz esa pastga tushgan xolda bo‘ladi .vazifani ko‘rsatib bergandan so‘ng logoped bolalarning vazifani to‘g‘ri bajarib borishini kuzatadi.
“Qushlarni boqish” o‘yini.
Maqsad: Pastki jag‘ xarakatini rivojlantirish. O‘yinning borishi: Bolalar pedagogka qarama-qarshi stulchalarga o‘tirishadi.Pedagog bolalarga bir qush tasvirlangan rasmni va boqiladigan qushchalar rasmini ko‘rsatadi.So‘ngra pedagog: Hozir biz o‘yini o‘ynaymiz.Sizlar qushchalar bo‘lasizlar.Men esa ona qush bulaman.Ona qush don olib keladi,hamma qushchalar tumshuqlarini ochishadi.Donni yeb bo‘lishgach tumshuqlarini yopishadi-deb aytadi.Bolalar ushbu harakatlarni bajarishadi.O‘yinnibir necha marta qaytarish mumkin.Bolalar to‘g‘ri va tinch o‘tirishlari kerak.Boshni to‘g‘ri tutish kerak.Ayniqsa og‘izni ochganda va yopganda orqaga tashlamaslik kerak.
Harakatni faqat pastki jag‘,til va lab tinch turgan holda bajariladi.
Dizartriya va boshqa ergashuvchi buzilishlarni (ko‘rishni, eshitishni, epilеptik shakldagi tortishib qolishlarni) pеdagogik, logopеdik va simtomatik davolash logoritmik ta'sir etishni, davolovchi jismoniy tarbiya va musiqali-ritmik tarbiyadan iborat majmuani o‘z ichiga oladi.
|
| |