• «Ladushki»
  • Rasm chizish va bo‘yash
  • Mozaika va pazllarni yig‘ish
  • 2.2 Dizartriya bolalarda mayda qo‘l motorikasini rivojlantirish texnologiyalari
  • Nizomiy nomidagi toshkent davlat




    Download 0,57 Mb.
    bet13/16
    Sana13.05.2024
    Hajmi0,57 Mb.
    #228078
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
    Bog'liq
    Madina kurs ishi tayyorrrrr

    Kaftlarni massaj qilish-Bu mayda motorikani rivojlantirishning har qanday yosh uchun mos keladigan eng oddiy va universal usuli. Siz barmog‘ingiz bilan bolaning kaftlarini silaysiz va ularni massaj qilasiz. O‘z harakatlaringizni «Hakka-qarg‘a» hazilnamo muqaddimasi bilan birga bajaring.
    «Ladushki»-Hammamiz bolaligimizdan «Ladushki-ladushki» o‘yinini bilamiz. Bu o‘yin go‘daklarni barmoqlarini yoyishga va chapak chalishga o‘rgatadi.
    Qog‘oz yirtish-Bu mashq 7 oyni to‘ldirgan bolalarga to‘g‘ri keladi. Kichkintoyga bir necha varaq yumshoq rangli qog‘oz bering. U qog‘ozni bajonidil ushlab ko‘radi, qo‘llarida aylantiradi va yirtadi. Bu mashg‘ulot unga juda katta zavq bag‘ishlaydi.
    Rasm chizish va bo‘yash-Punktir chiziqlardan iborat rasmlarning konturlari ustidan chizib chiqish hamda turli shakldagi obyektlarni bo‘yash juda foydali. Shuningdek vertikal yuzalar – devor, doska, oynada chizish ham foyda beradi. Shu bois bola chizishi uchun maxsus doska osib qo‘ygan ma’qul.
    Mozaika va pazllarni yig‘ish-3 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun yirik qismlardan iborat pazllar va mozaikalar tanlanadi. Pazllar bolaning tasavvurini ham mashq qildiradi.
    Qirqish-Kichkintoyga bolalar uchun mo‘ljallangan qaychi, qalamsimon yelim, rangli qog‘oz va karton xarid qiling. Uni turli narsalarni yasashga o‘rgating. Suratlarni qirqib, yopishtiring, qor uchqunlarini yasang va hokazo. Bu bolaning nafaqat mayda motorikasini, balki tasavvur qilish qobiliyati va ijodiy tafakkurini ham rivojlantiradi.
    Bu muhim! Mayda motorikani rivojlantirish uchun mo‘ljallangan o‘yinlar faqat kattalarning nazorati ostida olib borilishi hamda bunday mashqlarni muntazam ravishda bajarish zarur. Bola bilan har kuni shug‘ullaning, tez orada farzandingizning harakatlari ravon, aniq va o‘zaro mutanosib bo‘layotganini ko‘rasiz.

    2.2 Dizartriya bolalarda mayda qo‘l motorikasini rivojlantirish texnologiyalari
    Ma’lumki, mayda motorika – bu bolalarni qo‘l-oyoqlarining kaftlari va barmoqlari bilan mayda va aniq harakatlarni amalga oshirish qobiliyatidir. Mayda motorika sohasi o‘ziga xos hamiyatga ega bo‘lib u ko‘p sonli va turli xil harakatlarni o‘z ichiga oladi. Masalan: oddiy harakatlardan tortib(masalan, o‘yinchoqni,har xil detallarni ushlash) murakkab harakatlargacha (yozish va rasm chizish kabi).
    Mayda motorikalar bola - 100 - tug‘ilgan paytidan boshlab rivojlana boshlaydi. Dastlab, go‘dak o‘z qo‘llarini o‘rganadi va asta sekin ularni boshqarishga o‘tadi. U buyumlarni butun kafti bilan ushlaydi, keyin esa faqat ikkita(katti va ko‘rsatkich) barmog‘i bilan ularni ushlaydi. Shu orqali bolalar dastlab o‘yinchoqlar, keyin qoshiq, qalam, mo‘yqalam kabi buyumlarni tog‘ri ushlashga o‘rgatiladi. Mayda motorikaning bola organizmidagi o‘rni va ahamiyati alohida sanaladi. U bolalarni asab tizimi, ko‘rish qobiliyati, diqqat e’tibor, xotira va idrok qilish kabi organizm xususiyatlarini shakllanishi va rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari bolaning nutqini rivojlanishida ham mayda motorikanini ta’siri yuqori bo‘lib, dastlab bolaning tovushlarini shakllanishiga va nutkini o‘sishiga mativatsiya bo‘lib xizmat qiladi. Mazkur sohaning bola rivojlanishidagi o‘rni haqida Davlat talablarida ham alohida e’tibor qaratilgan. Davlat talablarining 1-sohasi “Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi” bo‘lsa 2-qismida esa mayda motorika bo‘yicha ko‘rsatmalar asoslab o‘tilgan.Unga muvofiq, 3-4 yoshli bolalarga qo‘yiladigan talab quyidagicha: bola qo‘li va barmoqlarini turli maqsadlarda ishlatadi. Kutilayotgan natijalar: bola xalqaga arqonni kirg‘izadi; mayda predmetlarni ma’lum bir tartibda taxlaydi; mustaqil ravishda o‘yinchoqlarni qutiga joylashtiradi va undan oladi; kattalar yordamida yirik hajmdagi munchoqlarni ipga o‘tkazadi; buyumlarni bir idishdan ikkinchisiga joylashtiradi; 2-3 obyektdan rasm tuzadi; varaq sathida to‘g‘ri chiziqlar chizadi; harflara qiziqish bildiradi, ayrim harflarni shaklini biladi va farqlaydi; yirik munchoqlarni teradi; yozishga harakat qiladi. 4-5 yoshli bolalar: mustaqil tugmachalarni qadaydi va еchadi, kiyimi va poyabzali ilgaklarini o‘zi taqadi; namuna asosida ipga mayda, o‘rta va yirik munchoqlarni teradi; qulflarni ochadi va yopadi,kalitdan foydalanadi; mayda buyumlarni buraydi va bir biriga ulaydi; konstruktorning katta va kichik qismlaridan har xil predmetlar yasaydi; namuna asosida to‘g‘ri chiziq va aylana chizadi; rasmlarni ustidan yurgizib chizadi va bo‘yaydi; ko‘rsatilgan chiziq bo‘yicha qog‘oz, mat ova salfetakni buklaydi; ko‘rsatilgan chiziq bo‘ylab qaychi bilan qirqadi. 5-6 yoshda: yuzalarda turli chiziqlar chizadi; kichik va katta o‘yinchoqlarni qutiga hajmiga qarab joylashtiradi; murakkab konsturksiyalarni jamlaydi; qopchadagi o‘yinchoqlarni paypaslab nomini aytaoladi; to‘g‘ri chiziq bo‘ylab qog‘ozni mustaqil qirqadi; chiziq,ilgak va gajakcha yozadi; qog‘ozni turli usulda taxlaydi(origami); namuna asosida bosma harflarni yozishni boshlaydi; barmoqlari yordamida mashqlar bajaradi; rasmlarni tekis shtrixlaydi; turli sathlarda chizadi (namqumda, asfaltda, doskada); soch o‘radi, mozaika yig‘adi. 6-7 yoshda: Tasavvurdagi predmetlarni qo‘llari bilan (gul,qush,kapalak) ko‘rsatadi; arqonlardan turli tugunlarni tugadi; o‘yin faoliyati mobaynida mayda o‘yinchoqlar bilan o‘ynaydi; belgilangan chiziqlar bo‘ylab qog‘ozni batartib yirtaoladi; mayda qismli mozaika va pazllarni yig‘adi; (qo‘l barmoqlari mayda motorikasi) qog‘ozda to‘g‘ri chiziqlar,so‘zlar va qisqa gaplarni yozadi; daftardagi yozuv qatorlaarini anglay oladi; rasmlarni to‘g‘ri joylashtiradi; qo‘lni uzmasdan nuqtachiziqlarni birlashtirib rasm chizadi; matodagi rasmni to‘qiydi; “o‘ziga” va “o‘zidan” harakatlari yo‘nalishini tushunadi; turli materiallardan murakkab namunalarni qirqadi. Bolalarning mayda motorikasini rivojlantirish uchun ko‘plab mashg‘ulotlar, o‘yinlar va mashqlar mavjud. Ularni quyidagi guruhlarga ajratishimiz mumkin: barmoq o‘yinlari, mayda buyumlar bilan bog‘liq o‘yinlar, shakl yasash va rasm chizish, barmoqlarni massaj qilish. Mayda motorikani rivojlantirishning eng oddiy va samarali - 101 - usuli bu kaftlarni massaj qilishdir. Bu usul har qanday yosh uchun eng oddiy va universal usul hisoblanadi. Bunda bolaning kaftlarini silanadi va ularni massaj qilinadi. “Qog‘oz yirtish” usuli – bu mashq ko‘proq 7 oylik bollarga to‘g‘ri keladi.Bolaga birnecha varaq yumshoq rangli qog‘oz beriladi, bola uni bajonidil ushlab ko‘radi, qo‘llarida aylantiradi va yirtadi. Bu mashg‘ulot bolga juda katta zavq bag‘ishlaydi. “Sahifalarni varaqlash” – bu usul 1 yoshdan so‘ng qog‘oz yirtishni rasmlari ko‘p bo‘lgan kitobcha yoki jurnal sahifalarini varaqlashga almashtirish mumkin bo‘ladi. Albatta bunda bolani ehtiyotkorlik bilan bajarishga o‘rgatish lozim. “Munchoqlar bilan ishlash” – bolalarga bu mashg‘ulot ya’ni mayda buyumlarni ushlash yoqadi va bu juda foydali. Bunda bola turli o‘lcham va shakldagi munchoqlari bor taqinchoqni o‘ynashi natijasida uning qo‘l barmoqlari motorikasi rivojlanadi. Yormalarni bilan ishlash – bunda biz kosachaga istalgan yormani solamiz va uni bolaga beramiz. U yormani qo‘li bilan ushlab ko‘radi yoki barmoqlari orasidan to‘kadi. Ushbu o‘yin orqali bolalarning mayda motorika va taktil hissiyotlari yaxshi rivojlanadi. “Qumda rasm chizish” (pesochnaya terapiya) maxsus texnika vositasida bolalar maxsus idishda qum sepiladi va bolaning barmoqchasini o‘z qo‘limizga olib, uni qum bo‘ylab yuritamiz. Rasm chizishni dastlab chiziq, to‘g‘ri burchak, doira kabi oddiy shakllardan boshlab, ularni asta-sekinlik bilan murakkablashtirishimiz mumkin. Maxsus uskunadagi еtti xil rang bolalar chizmasini еtti xilda ko‘rish imkonini beradi.Ushbu jarayon balalar qo‘l matorikasi faoliyatini yaxshilash imkonini beradi.
    “Qopqoqlarni burab yopish” – bunda bolalarga turli o‘lchamdagi idishlar taklif etiladi, bankalar,butilkalarning qopqoqlarini burab ochib-yopish kabi oddiy mashg‘ulot barmoqlarning epchilligini rivojlantiradi. Bolalarning mayda motorikasini rivojlantirishda samarali usullardan yana biri bu – tugmani taqish,yechish,iplarni bog‘lashdir. Bunda bolani kiyintirish jarayoniga jalb etiladi va u tugmalari va bog‘ichlarini o‘zi taqsin va еchsin. Bu orqali nafaqat harakatlar rivojlantiriladi, balki bolani mustaqillikka ham o‘rgatiladi. Turli yoshdagi bolalarga mos keluvchi mashg‘ulotlardan biri bu – yumshoq narsalarga shakl berishdir. Ya’ni bunda bolalar plastilin, loy, xamirdan turli narsalarni yasashlari mumkin. Bu orqali bolaning mayda motorikasi bilan birgalikda uning bilish qobiliyalari,dunyoqarashi, fantaziyasi ham rivojlanadi. Bu kabi mashg‘ulotlarga biz applikatsiya,origami va sahnalashtirish faoliyatlarini ham kiritishimiz mumkin. Rasm chizish va bo‘yash – punktir chiziqlardan iborat rasmlarning konturlari ustidan chizib chiqish hamda turli shakldagi obyektlarni bo‘yash juda foydali. Shuningdek vertical yuzalar – devor,doska,oynada chizish ham foyda beradi.Mozaika va pazllarni yig‘ish orqali ham bolaning motorikasi ham uning tasavvurini mashq qildiriladi. Mayda motorikani rivojlantirish uchun mo‘ljallangan o‘yinlar faqat kattalarning nazorati ostida olib borilishi hamda bunday mashqlarni muntazam ravishda olib boorish orqali samarali natijaga erishishimiz mumkin. Ya’ni, bolaning harakatlari ravon, aniq va o‘zaro mutanosib bo‘ladi.
    Dizartrik bolalarda qo‘l harakatlarini rivojlantirar ekanmiz,bir necha metodikalardan kiritib o‘tishimiz mumkin.Ulardan eng keng tarqalgani-Applikatsiyalar bilan ishlash ham maqbul metodikalardan hisoblanib,ancha yillardan beri samarodorlik jihatidan yuqori usul hisoblanadi.

    Download 0,57 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




    Download 0,57 Mb.