Nizomiy nomidagi toshkent davlat




Download 0,57 Mb.
bet14/16
Sana13.05.2024
Hajmi0,57 Mb.
#228078
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Madina kurs ishi tayyorrrrr

Applikatsiya badiiy asarlarni yaratishning eng, sodda va oson usulidir, bunda tasvirning realistik asosi saqlanadi. Bu applikatsiyadan faqat bezash maqsadlardagina ko`rgazmali qurollar, turli o`yinlar uchun qo`llanmalar, o`yinchoqlar, bayroqlar, suvenirlar, devoriy gazetalar, stendlar, ko`rgazmalar va kostyumlarni tayyorlash emas, balki kartina, pano, naqshlarni va shu kabilarni yaratishda ham keng qo`llash imkonini beradi. O‘tkaziladigan mashg‘ulot jarayonidada applikatsiya mashg`ulotlarining, jumladan applikatsiya tayyorlashning noan’anaviy texnikalaridan foydalnishning ijobiy ahamiyati ilmiy isbotlangan. Pedagoglarning tajribalarini umumlashtirish natijasida applikatsiya bajarishning quyidagi ahamiyatlari aniqlangan:

- Borliqni estetik idrok qilishning rivojlanishi, badiiy didning shakllanishi;
- Badiiy grafik ko`nikma va malakalarning rivojlanishi;
- Fantaziya, ijodiy tafakkur va tasavvur, fazoviy idrokning rivojlanishi;
- Qo`lning aniq harakatlari va barmoqlarning nozik harakatqilishlarining rivojlanishi;
- Badiiy ijodni tashkil qilishning ayrim ko`nikmalarini egallash;
- Mahalliy va dunyo badiiy madaniyatlari haqidagi ma’lumotlarni egallash;
- Tamosha qilish madaniyatini tarbiyalash;
- Badiiy-tasviriy faoliyat kasbiga moyillikning ochilish imkoniyati.

Bajarilish texnikasiga ko`ra applikatsiyaning eng oddiy turlaridan biri geometrik shaklli applikatsiyalardir. Dizatrik bolalar geometrik shaklli applikatsiyalarni bajarishda quyidagi bilimlarni egallaydilar:


1. Geometrik shakllar: kvadrat, to`g`ri burchak, uch, aylana qog`oz bo`lagidan va o`lchov asboblariyordamida hosil bo`lishi haqidagi mavjud bilimlarini mustahkamlaydilar.
2. Badiiy didni o`stiradilar, rasm darslarida polosa, doira, kvadratda ornamentlar tuzish bo`yicha olingan bilimlarni chuqurlashtiradilar.
3. Ayrim predmetlarni detalma-detal tahlil qilib, geometrik shakllarni to`g`ri idrok etishni o`rganadilar. Masalan, archa bir-biriga kiygazilgan uchburchakka o`xshaydi yoki yuk mashinasi turli o`lchamdagi to`g`ri burchaklardan, g`ildiragi aylanadan tashkil topgan. Ko`pgina predmetlarni ana shunday razbor qilishva ularni geometrik shakllar yordamida qog`ozda tasvirlash mumkin.
4. Bolalarning «ko`p», «kam», «uzunasiga», «ko`ndalangiga», «qism» va «qatlam», «ikki qismga qirqish»,«to`rt qismga», «teng qismlarga» kabi tushunchalari mustahkamlanadi.
5. Bolalar ranglar uyg`unligini to`g`ri tanlashni o`rganadilar.
Ularda estetik did tarbiyalanadi. Geometrik shaklli apilikatsiyalarni ham dekorativ-ornament, predmet, sujetli applikatsiyalarga ajratish mumkin.
Bolalar bajaradigan birinchi ish — bu qog`oz bo`lagi, kvadrat, doira, to`g`ri burchak hamda,ovaldan turli geometrik shakllarni yasay olishdir. Bu ishni bajarish uchun o`quvchilar rangli varaqdan bo`lakni qirqib oladilar. Buning uchun ular varaqning har ikkala tomoniga bir xil masofada nuqtalar qo`yadilar va ularni chizg`ich bilan birlashtirib, qog`oz polosasini shu belgilangan chiziq bo`yicha qirqib oladilar. Qirqib olingan qog`oz chetlarini bukish bilan kvadratlar olinadi.
Applikatsiya yopishtiriladigan qog`oz ikkiga buklanadi va buklangan joyini silab iz tushiriladi. Qog`ozni ochib, detallar iz bo`ylab yopishtiriladi. Avval kvadrat yopishtiriladi, so`ngra keyingi kvadratdan taxlash yo`li bilan 4 ta kvadrat olinadi va ular ham yopishtiriladi, keyingi kvadratdan uchburchaklar qirqib yopishtiriladi. Navbatdagi darsda o`quvchilar geometrik shakllardan ornament yasashlari mumkin.Bolalar har xil rangdagi 2 ta qog`ozdan 6 ta kvadrat qirqadilar. Ornament yelimlanadigan qog`ozni tayyorlab, o`rtasiga chiziq tushirib kvadratlarni shu chiziq bo`ylab joylashtiradilar. Ish ijodiy bo`lishi mumkin.Logoped doskada kvadratlardan yasalishi mumkin bo`lgan ornamentning bir necha variantlarini ko`rsatadi va o`z ornamentlarini topishni bolalarga havola qiladi.
Dizartrik bolalar bilan applikatsiyalardan foydalanib ularning ichki nutqini to‘g‘ri konstruksiyalashga erishish mumkin.Ish bosiqchi soddadan murakkabga qarab ketgan bo‘lishi lozim ya’ni avval geometrik shakllardan bir so‘z bilan ta’riflanadigan narsalar yasalmog‘i kerak.Bunda logoped bolaga mustaqillikni berishi kerak.

Mashg‘ulotlar davomida bolaga o‘zi yoqtirgan narsalarni yasash bilan birga u yoqtirgan ranglardan foydalanish kerak.

Asta sekinlik bilan bolalarga mavzulashtirilgan applikatsiyalar yasash,ular yasalgan rasmlarga nom berishi,matn tuzishlariga erishish mumkin.
Bunda logoped bolaning qiynalgan holatlarida yordam berishi,bolaga tanish mavzularni tanlay olishi, lug‘at boyligini oshirishda ijobiy samara beradigan,diqqatini torta oladigan,qiziqishini saqlab qoladigan,umuman ham motorikaga,ham bilish faoliyatining barcha jarayonlarini qamrab oladigan usul bo‘lishi lozim.



Download 0,57 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Download 0,57 Mb.