kundalik qoidasi bo`lishi kerak.”




Download 329,29 Kb.
bet2/10
Sana24.08.2024
Hajmi329,29 Kb.
#269820
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Impuls va raqamli avtomatik boshqarish sistemalari

kundalik qoidasi bo`lishi kerak.”
Sh.M.Mirziyoyev.
Kirish.
O‘zbekistоnning iqtisоdiy va ijtimоiy sоhalarda yuqоri natijalarga erishishi, jahоn iqtisоdiy tizimida to`laqоnli sheriklik o`rnini egallay bоrishi, insоn faоliyatining barcha jabhalarida zamоnaviy axbоrоt texnоlоgiyalaridan yuqоri darajada fоydalanishning ko`lamlari qanday bo`lishiga hamda bu texnоlogiyalar ijtimоiy mehnat samaradоrligining оshishida qanday ahamiyat kasb etishiga bоg`liq. Oliy ta’lim tizimini kelgusida yanada takomillashtirish va kompleks rivojlantirish bo‘yicha eng muhim vazifalar quyidagilar etib belgilandi:
Har bir oliy ta’lim muassasasi jahonning yetakchi ilmiy-ta’lim massasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatish, o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o‘quv dasturlari va o‘quv uslubiy materiallarini keng joriy qilish o‘quv-pedagogik faoliyatga, master-klasslar o‘tkazishga, malaka oshirish kurslariga xorijiy hamkor ta’lim muassasalaridan yuqori malakali o‘qituvchilar va olimlarni faol jalb qilish, ularni bazasida tizimli asosda respublikamiz oliy ta’lim muassasalari magistrant, yosh o‘qituvchi va ilmiy xodimlarning stajirovka o‘tashlarini, professor-o‘qituvchilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish;
Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlashning maqsadli parametrlarini shakllantirish, oliy ta’lim muassasalarida o‘qitish yo‘nalishlari va mataxassisliklarini istiqbolda mintaqalar va iqtisodiyot tarmoqlarini kompleks rivojlantirish, amalga oshirilayotgan hududiy va tarmoq dasturlarining talablarini inobatga olgan holda optimallashtirish;
Ta’lim jarayonini, oliy ta’limning o‘quv reja va dasturlarini yangi pedagogic texnologiyalar va o‘qitish usullarini keng joriy etish, bakalavr ilmiy ta’lim jarayonini sifat jihatdan yangilash va zamonaviy tashkiliy shakllarni joriy etish asosida yanada takomillashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonida ta’lim va ilm-fan sohalarini rivojlantirish borasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda sohadagi dolzarb hujjatda ta’lim muassasalarining moddiy texnik bazasini mustahkamlash yangi ta’lim muassasalarini qurish, ta’mirlash va kapital ta’mirlash barobarida ularni zamonaviy o‘quv va labaratoriya jihozlari, kompyuter texnikasi va o‘quv metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash nazarda tutilgan.
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Ravshanki, “Avtomatik boshqarish nazariyasi” kursining “Impuls va raqamli avtomatik boshqarish sistemalari” mavzusi bu fanning xilma-xil va qiziqarli amaliy tatbiqlariga ega bo‘lgan mavzusidir. So‘nggi yillarda oliy ta’lim tizimida bu fan, ayniqsa, bu bo‘limga ajratilgan soat birmuncha kamayib ketganligi sababli, bu nazariyani atroflicha va chuqur o‘rganishning imkoniyati cheklanib qolmoqda. Shu munosabat bilan mazkur kurs ishining mavzusini, ayniqsa, Impuls va raqamli avtomatik boshqarish sistemalarini o‘rganishga bag‘ishlangani bejiz emas. Garchi bu mavzuga oid yetarli materiallar turli xil adabiyotlarda turli darajada aks etgan bo‘lsada, uni sistemali tarzda bir joyga joylashtirib o‘rganishni talab darajasida deb bo‘lmaydi. Yuqoridagilarni hisobga olib, kurs ishi mavzusini dolzarb mavzular qatoriga kiritish mumkin.
Kurs ishi mavzusining asosiy vazifalari: Oliy ta’lim muassasalarida “Impuls va raqamli avtomatik boshqarish sistemalari” mavzusidagi darslarni tashkil etish.
Kurs ishi mavzusining mazmuni: Mazkur kurs ishi kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.

Download 329,29 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 329,29 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



kundalik qoidasi bo`lishi kerak.”

Download 329,29 Kb.