|
Non ishlab chiqarishda korxonaning sanitariya gigiyena holatlari Reja
|
bet | 3/3 | Sana | 14.12.2023 | Hajmi | 31,59 Kb. | | #118381 |
Bog'liq nON ISHLAB CHIQARISHDA SANITARIYA GIGIYENAMehnat gigiyenasi – tibbiyot fanining bir qismi bo‘lib, ish sharoitlarining inson sog‘ligiga va ish qobiliyatiga ta’sirini o‘rganadi, shuningdek, mehnat sharoitlarini sog‘lomlashtirish hamda ishlab chiqarishni yuksaltirishga уo‘naltirilgan sanitariya-gigiyena, oldini olish va davolash tadbirlarini ishlab chiqadi.
Mehnat sharoitlari mehnat qilish jarayonini, уa’ni bajarilayotgan ishlarning jadalligini ish davomida kishi gavdasining holati, asablarning psixologik zo‘riqish darajasi, organizmdagi ba’zi organlar zo‘riqishini belgilovchi kishi harakatining xususiyati va atrof-muhitning ahvoliga qarab aniqlanadi.
Mehnat sharoitlarini asosan to‘rt guruh omillarga ajratish mumkin:
Birinchi guruh omillar – atrof-muhitning sanitariyagigiyena holati. Bunga havo harorati, atrof-muhitning tozaligi (toza, changlangan, boshqa zararli moddalar bilan ifloslangan va b.), yorug‘lik hamda shovqin darajasi va boshqalar kiradi.
Ikkinchi guruh omillarga – mehnat vositalari: ishlab chiqarishda foydalaniladigan mashina-mexanizmlar, asbobuskunalar va moslamalar kiradi.
Uchinchi guruh omillarga – tashkiliy tadbirlar, уa’ni ish va dam olish rejimini to‘g‘ri tashkil etish, mehnat taqsimoti, mehnat intizomi kabilar kiradi.
Тo‘rtinchi guruh – odamlarning o‘zaro munosabatlari, ishchining ish joyi va mehnat natijalariga bo‘lgan munosabatlari bilan bog‘liq ijtimoiy omillarni o‘z ichiga oladi.
Mehnatni to‘g‘ri tashkil etish kishi organizmiga ijobiy ta’sir etib, unda yengillik va kuch-quvvatni oshiradi. Inson fiziologiyasini o‘rganish esa normal ish rejimini tashkil qilishga, mehnat qobiliyatini oshirishga va turli ishlarni bajarayotganda ishchi qanday holatda bo‘lishi zarurligini aniqlashga yordam beradi.
Mehnat qilish jarayonida kishi organizmiga salbiy ta’sir etadigan ishlab chiqarishning nomaqbul omillari natijasida yuzaga keladigan inson sog‘lig‘idagi o‘zgarishlar kasb kasalligi deb ataladi. Ishlab chiqarishda kasb kasalliklari ish joylaridagi havoning changlanishi, gaz, shovqin va tebranishlar ta’siridan hamda havo harorati, bosimi, namligini o‘zgarib turishi natijasida paydo bo‘ladi. Ishlab chiqarishdagi nomaqbul omillarning kishi organizmiga uzoq muddat ta’sir etishi oqibatida ishchi kasb kasalligiga chalinishi, natijada ish qobiliyatini vaqtincha yoki butunlay yo‘qotishi mumkin.
Ishchilarning doimo sog‘lom yurishlari va mehnat qobiliyatlarini уo‘qotmasliklarida shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish katta rol o‘ynaydi. Tana va qo‘lni toza bo‘lishi, ovqatlanishdan oldin qo‘1ni doimo sovunlab yuvish, o‘zini va kiyimlarini ozoda tutish, vaqtida ovqatlanish va ish bilan dam olishni to‘g‘ri tashkil qilish – shaxsiy gigiyenaning asosiy talablari hisoblanadi.
Yirik changlar nafas olganda burun bo‘shlig‘ida qolib, o‘pkaga kirmaydi. Mayda changlar esa (asosan, o‘1сhami 10 mk.dan kichik bo‘lgan changlar) nafas orqali burun bo‘shlig‘idan o‘tib, о‘pkaga o‘rnashadi va vaqt o‘tishi bilan turli xil kasalliklarni keltirib chiqaradi. Ayniqsa, diametri 0,3 mk.dan kichik changlar qonga tushishi ham mumkin. Changlar o‘z zarrachalari yuzasida turli xil zararli moddalar (mshyak, berilliy, kadmiy, nikel, qo‘rg‘oshin, xrom, mis, asbest, vanadiy va b.) bilan bog‘lanib insonni kuchli zaharlanishiga sabab bo‘ladi.
Yuqorida keltirilgan chang turlari ichida, ayniqsa, metall changlari, jumladan, qo‘rg‘oshin changlari inson uchun juda xavflidir. Qo‘rg‘oshin changlarining havo tarkibidagi juda oz konsentratsiyasi ham inson sog‘lig‘iga salbiy ta’sir etadi. Masalan, 100 ml qon tarkibida 35 mkg qo‘rg‘oshin bo‘lishi insonning bosh miyasi funksiyasining buzilishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari qo‘rg‘oshin qonda gemoglobin sintezining buzilishiga, muskul tizimlarini susayishidan tortib shal bo‘lishigacha, jigar, buyrak va miya faoliyatini buzilishiga olib keladi. Hozirgi vaqtda jahon bo‘yicha 3,3 mln. tonna qo‘rg‘oshin ishlab chiqarilmoqda. Faqatgina avtomobillardan chiqadigan gazlar bilan havoga har yili 250 ming tonna qo‘rg‘oshin chiqarilmoqda. Amerikalik olimlar tomonidan bundan 1600 yil oldin yashagan janubiy Amerika tub aholisining suyak skeleti tarkibidagi qo‘rg‘oshin miqdori bilan hozirgi zamondagi odamlarning suyak skeletidagi qo‘rg‘oshin miqdori taqqoslanganda, bu miqdor hozirgi zamon odamlarida 700–1200 marta ko‘р ekanligi aniqlangan.
Bundan tashqari qora metallurgiya, qurilish materiallarini ishlab chiqarish sanoati, neftni qayta ishlash sanoati, energetika sanoati va qishloq xo‘jaligidagi ishlab chiqarish jarayonlarida ajralib chiqadigan turli xil organik va noorganik changlar ham inson hayoti uchun xavfli hisoblanadi.
|
| |