• Ishlab chiqarish sanitariyasi
  • Hujjat bilan quyidagi sanitariya-gigiyena talablari belgilandi




    Download 31,59 Kb.
    bet2/3
    Sana14.12.2023
    Hajmi31,59 Kb.
    #118381
    1   2   3
    Bog'liq
    nON ISHLAB CHIQARISHDA SANITARIYA GIGIYENA

    Hujjat bilan quyidagi sanitariya-gigiyena talablari belgilandi:
    korxona hududidagi barcha o‘tish joylari va yo‘laklar changni tarqalishini oldini olish uchun qattiq qoplamali (asfaltlangan va boshqalar) bo‘lishi kerak;
    ishlab chiqarish va korxona hududi kemiruvchilar, suvaraklar, it, mushuklar va boshqa jonzotlar kirishidan himoyalangan bo‘lishi kerak;
    uskunalar va anjomlarning yuzasi silliq, tozalash, yuvish va dezinfeksiya qilish uchun qulay bo‘lishi lozim;
    korxonaning ishlab chiqarish xonalari va sexlari texnologik jarayonlar oqimini, xom ashyo va tayyor mahsulotlarning qarshi va kesishgan oqimlarining oldini olgan holda joylashtirilishi kerak;
    ishlab chiqarish ob’ektlari xonalarining devorlari va pollari yuvish va zararsizlantirish ishlarini olib borishga chidamli qoplama materiallar bilan qoplangan bo‘lishi kerak;
    mahsulotlar bilan aloqada bo‘luvchi asbob-uskunalar va apparatlarning barcha qismlari oziq-ovqat sanoatida foydalanish uchun inson salomatligi uchun xavfsiz bo‘lgan materiallardan tayyorlanishi kerak.
    Shuningdek, non va qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalarida mahsulotlarni ishlab chiqarish vaqtida deratizatsiya va dezinseksiya jarayonlarini amalga oshirish taqiqlanadi.
    Ushbu hujjatda korxonalarning ishchi xodimlar shaxsiy gigiyenaga qat’iy rioya qilishlari, xususan:
    ochiq yaralar, tirnalgan, kesilgan yoki boshqa teri jarohati bo‘lganda, jarohatni plastir bilan berkitishi;
    ish joyida zargarlik buyumlari, soatlar va cho‘ntaklarda buyumlar bilan yurmasligi;
    ish joyida maxsus himoya kiyimlari, bosh kiyim, poyabzal va baxilalar kiyishi lozimligi keltirilgan.
    Ishlab chiqarish sanitariyasi – bu ishchilarga ta’sir etuvchi zararli omillarni bartaraf etishga qaratilgan tashkiliy, gigiyenik va sanitar-texnik tadbirlar hamda vositalar tizimidir.
    Ishlab chiqarish sanitariyasining asosiy vazifasi esa zararli moddalarning belgilangan ruxsat etilgan miqdori (REM) asosida sog‘lom va xavfsiz ish sharoitini yaratishdan iboratdir.
    Мa’lumki, xalq xo‘jaligining ауrim sohalarida, jumladan, qishloq хо‘jaligi, neft va gaz quduqlarini qazish va ulardan foydalanishda ko‘pgina ishlar ochiq havoda o‘tkaziladi. Bunday holda ishchilarga meteorologik sharoitlar, уa’ni havoning harorati, namligi, bosim, qor, yomg‘ir, quyosh radiatsiyasi va boshqa shu kabi omillar katta ta’sir etadi. Ushbu omillar ikki xil yo‘l, уa’ni, havo orqali yoki bevosita muloqotda bolish orqali ta’sir etishi mumkin.
    Наvо orqali ta’sir etuvchi zararli omillarga ish joyining mikroiqlim holatini belgilovchi ko‘rsatkichlar miqdori, chang, gaz, shovqin, infra va ultratovushlar, yoritilganlik darajasi elektromagnit maydon, infraqizil va ultrabinafsha nurlanishlar hamda boshqalarni misol qilishimiz mumkin.
    Ikkinchi уo‘l, bevosita muloqot orqali ta’sir etuvchi omillarga esa har xil qattiq va suyuq zararli moddalar, titrash bilan ishlovchi asbob va moslamalar kiradi.
    Yuqoridagi omillarni hisobga olgan holda, ularni inson sog‘ligiga ta’sirini o‘rganish hamda bu ta’sirni bartaraf etish tadbirlarini ishlab chiqish muhim va zarurdir. Bu masala esa mehnat gigiyenasining asosiy vazifasi hisoblanadi.

    Download 31,59 Kb.
    1   2   3




    Download 31,59 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Hujjat bilan quyidagi sanitariya-gigiyena talablari belgilandi

    Download 31,59 Kb.