|
Maktabgacha ta’limda Bolalarning nutqini o’stirishfanining vazifalari quyidagilardan iborat
|
bet | 3/7 | Sana | 04.01.2024 | Hajmi | 0,77 Mb. | | #130167 |
Bog'liq Nutq o’stirish nazariyasi va metodikasi (2)Maktabgacha ta’limda Bolalarning nutqini o’stirishfanining vazifalari quyidagilardan iborat. - 1. Bolalar bog`lanishli nutqini o‘stirish.
- 2. Bolalar lug‘atini boyitish.
- 3.Nutqning grammatik tomonini tarbiyalash, so‘zlarning gapda o‘zaro birikishi va gap hosil
qilish uchun zarur bo`lgan turli grammatik shakllar, qo`shimcgalardan foydalanishni o‘rgatish. - 4. Nutqning tovush tomonini tarbiyalash, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda nutq
tovushlarini to‘g‘ri talaffuz qilish, ovoz-oqangni tushunish, nutqiy nafas olishni to‘g‘ri bajarishni shakllantirish. - 5. Maktabgacha ta'limda bolalarning nutqni tushunish, tinglash malakalarini shakllantirish,
kattalarga nutq orqali murojaat qilish, diologik va monologik nutqini o‘stirish, hikoya tuzishga o‘rgatish. - 6. Badiiy adabiyot bilan tanishtirish, badiiy asarlar, ertak, hikoyalarni o`rganish, kitobga
bo`lgan muhabbatni shakllantirish, asar mazmunini tushunish, obrazlar xususiyati, nutqini ajrata bilishga o‘rgatish. - 7. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash.
Bolalar bog`lanishli nutqini o‘stirish Har bir bola bog'chada o'z fikrini mazmunli, grammatik jihatdan to'g‘ri, bir mantiqan bog‘langan holda bayon qilishga mantiqiy tafakkuri, idrok qilganlari yuzasidan fikrlashi va mantiqiy nutqda uni to'g‘ri, aniq, ravon bayon etishi aks etadi. Bolalar lug‘atini boyitish - Lug’at ishining bosh vazifasi – lug’at zahirasini boyitish, kengaytirish va faollashtirishdan iboratdir
- Bolalar lug’atini boyitish asosini bolaning til ongiga mavzuga oid so‘zlar, sinonimik qatorlar, antonimik juftliklar, ko‘p ma’noli so‘zlarni kiritish tashkil qiladi. Bolalar bilan sinonimlar ustida ishlash (mazmuniga ko‘ra bir-biriga yaqin so‘zlarni tanlash) mavzuga oid so‘zlar guruhlarini (harakat fe’llari: yurmoq, qadam tashlamoq, sudralmoq va h.k. yoki nutqni belgilovchi fe’llar: aytdi, so‘radi, javob berdi, qichqirdi va boshq.) o‘zlashtirishga oid ishlar bilan uyg’unlashib ketishi lozim.
- Antonimlar ustidagi ishlar (qarama-qarshi ma’noga ega bo‘lgan so‘zlar) bolalar bilan so‘z birikmalari va gaplar tuzishda amalga oshirilishi kerak.
- So‘zlarning ko‘p ma’noliligini maktabgacha yoshdagi bolalarga ularga yaxshi tanish bo‘lgan aniq predmet ahamiyatiga ega bo‘lgan (ruchka, igna, yashin, gavdaning orqa tomoni, oyoq) so‘zlarda ko‘rsatish darkor.
|
| |