|
Artikulyatsiya apparatini rivojlantirish
|
bet | 5/7 | Sana | 04.01.2024 | Hajmi | 0,77 Mb. | | #130167 |
Bog'liq Nutq o’stirish nazariyasi va metodikasi (2) Nutqiy tovushlar og’iz bo’shlig’ida shakllanadi, uning shakli va hajmi harakatchan a’zolar: lablar, til, pastki jag’, og’izning yumshoq yuqori qismi, qizilo’ngach holatiga bog’liq bo’ladi. Muayyan tovushni talaffuz qilish uchun zarur bo’lgan nutq organlarining to’g’ri holati va harakati artikulyatsiya deb ataladi. Artikulyatsiya apparati tuzilishidagi buzilishlar, masalan, qisqa tilosti tuguni, noto’g’ri tishlashish, og’iz yuqori qismining xaddan tashqari balandligi yoki pastligi va boshqa ayrim kamchiliklar tovushni noto’g’ri talaffuz qilishga odatlanishga olib keluvchi dastlabki omillar hisoblanadi. Biroq, agarda bolaning artikulyatsiya apparati organlari harakatchan bo’lsa, u yaxshi tinglash qobiliyatiga ega bo’lsa, bu holda ko’pchilik holatlarda uning o’zi tovush talaffuzidagi kamchiliklarni bartaraf etishga qodir. - Agarda bolaning artikulyatsiya apparati harakatida nuqsonlar mavjud bo’lsa (masalan, til kam harakatlansa), bu holda u tovushlarni noto’g’ri talaffuz qilish, sust, noaniq va tushunarsiz nutqqa olib kelishi mumkin.
- SHuning uchun tarbiyachining vazifalari quyidagilardan iborat: tilning harakatchanligini rivojlantirish; lablarning yetarli darajadagi harakatchanligini rivojlantirish; pastki jag’ni tovushlarni talaffuz qilish uchun muhim bo’lgan muayyan holatda tutib turishni o’rganish.
Nutqiy nafas olishni rivojlantirishga doir ishlar. - O’pkadan kekirdak, bo’g’iz, og’iz bo’shlig’i yoki burun orqali chiqayotgan havo oqimi tovush hosil qiluvchi manba hisoblanadi. Nutqiy nafas olish o’z-o’zidan ro’y beradigan nonutqiy nafas olishdan farqli ravishda ixtiyoriy nafas olish hisoblanadi. Nonutqiy nafas olishda nafas olish va nafas chiqarish burun orqali amalga oshiriladi, nafas olish o’zining davomiyligi bo’yicha nafas chiqarishga deyarli teng bo’ladi.
- Nutqiy nafas olish og’iz orqali amalga oshiriladi, nafas olish tez, nafas chiqarish esa sekinroq ro’y beradi. Nonutqiy nafas olishda nafas olishdan keyin darxol nafas chiqariladi, so’ngra pauza saqlanadi. Nutqiy nafas olishda esa nafas olinganidan keyin pauza saqlanadi, so’ngra asta-sekinlik bilan nafas chiqariladi.To’g’ri nutqiy nafas olish to’g’ri tovush hosil bo’lishini ta’minlaydi, nutqning tegishli balandlikda bo’lishini ta’minlash, pauzalarga aniq rioya qilish, nutqning asta-sekinligini va intonatsion ifodaliligini saqlash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi.
- Zaif nafas oladigan va nafas chiqaradigan maktabgacha yoshdagi bolalar odatda, past ovozda so’zlaydilar, uzun iboralarni talaffuz qilishda qiynaladilar. Nafas chiqarishda havodan nooqilona foydalanilganida nutqning izchilligi buziladi, chunki bolalar iboraning o’rtasida nafas olishga majbur bo’ladilar.
- Shuning uchun tarbiyachining vazifalari quyidagilardan iborat: maxsus o’yinli mashqlardan foydalangan holda erkin, bir tekis va uzaytirilgan nafas chiqarishni o’rgatish; pedagog nutqiga taqdid qilgan holda undan to’g’ri, oqilona foydalanishni (kichik iboralarni uzoq nafas chiqarish bilan talaffuz qilish) tarbiyalash.
|
| |