|
Nutqning grammatik tomonini tarbiyalash
|
bet | 4/7 | Sana | 04.01.2024 | Hajmi | 0,77 Mb. | | #130167 |
Bog'liq Nutq o’stirish nazariyasi va metodikasi (2) Maktabgacha yoshdagi bola nutqining grammatik tizimini shakllantirish morfologiya (so’zlarni rodlar, sonlar, kelishiklarga qarab o’zgartirish), so’z hosil qilish (maxsus vositalar yordamida bir so’z negizida boshqa so’zni hosil qilish), sintaksis (oddiy va qo’shma gapla) - Bolalarning grammatik rivojlanishi boshqarishni pedagog eng avvalo ham bolaning o’zi bilan (dialog shaklida), ham boshqa bolalar bilan birgalikdagi muloqot faoliyati vositasida amalga oshirishi lozim.
Morfologiya va so’z hosil qilishni o’zlashtirish uchun rag’batlantiruvchi til o’yinlari; sintaksisni rivojlantirish uchun esa, keng fikr bildirish uchun motivasiyani yaratish muhim ustidagi ishlarni o’z ichiga oladi. - Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash ona tilidagi tovushlarni aniq aytish, ularni to’g’ri talaffuz qilish, so’zlar va iboralarni aniq talaffuz qilish, to’g’ri nutqiy nafas olish, shuningdek ovoz kuchidan yetarli darajada foydalana olish qobiliyati, nutqning normal sur’ati va ifodalilikning turli intonatsion vositalari (nutq musiqasi, mantiqiy sukut, urg’ular, nutq sur’ati, ritmi va tembri) ni shakllantirishni o’z ichiga oladi. Nutqning tovush madaniyati yaxshi rivojlangan nutqni tinglay olish qobiliyati asosida shakllanadi va rivojlanadi.
Nutqni tinglash qobiliyatini rivojlantirish - Nutqni shakllantirishning dastlabki davrida nutqni tinglashga oid asosiy komponentlarni rivojlantirish bir tekisda bormaydi. Chunonchi, nutqni rivojlantirishning birinchi bosqichlarida tinglash e’tiboriga alohida ahamiyat beriladi. Vaxolanki, bunda asosiy mantiqiy vazifa yuqori tovush tinglash qobiliyati zimmasiga tushadi. Bolalar tovush balandligi o’zgarishini nutqning xis-xayajonli xususiyatiga (jaxd qilinsa unga javoban yig’laydilar hamda xushmuomala va mayin munosabatga javoban jilmayadilar) va tembriga (onasi va boshqa yaqinlarini ovozlaridan taniydi) muvofiq holda qarab tanib olishni biladilar, shuningdek so’zning ritmik suratini, ya’ni uning sheva-bo’g’in tarkibini (so’zning bo’g’inlar soni va asosiy urg’uning joyiga bog’liq bo’lgan tovush tuzilishi xususiyatlari) nutq sur’ati bilan birlikda to’g’ri qabul qiladilar.
- Kelgusida nutqni rivojlantirishda fonematik tinglash qobiliyatini, ya’ni bir tovushni boshqasidan aniq ajrata olish va buning natijasida ayrim so’zlarni tanish hamda tushunish qobiliyatini shakllantirish muhim o’rin tutadi.
|
| |