• Nima uchun aynan shunday o`qitish kerak
  • Nutq o’stirish nazariyasi va metodikasi

    Download 0,77 Mb.
    bet2/7
    Sana04.01.2024
    Hajmi0,77 Mb.
    #130167
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Nutq o’stirish nazariyasi va metodikasi (2)

    Qanday o`qitish kerak degan pedagogik savolga javob beradi.
    Buning uchun maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning nutqini o‘stirish usul va usullarini qo`llash imkoniyati, o‘rni, qo`llangan usullar samarasi nazarda tutiladi, usul va usullarni takomillashtirishga zamonaviy texnologiyani joriy etishga alohida diqqat qilinadi.
    Nima uchun aynan shunday o`qitish kerak? savoliga fani nutq o‘stirishning nazariy va amaliy asoslangan omillari, vositalarini qo`llash zarurligini ifoda etadi.

    Nutq o‘stirish metodikasining mazmuni

    • Nutq o‘stirish metodikasining mazmuni maktabgacha ta'limda bolalar og‘zaki nutqini o‘stirish, bolalarda kattalar, tengdoshlari bilan nutqiy muloqot, muomala qilishni bilishga o‘rgatishdir. Maktabgacha ta'lim davrida bolalar 2-3 ming so‘z boyligiga ega bo‘lish va undan foydalanish, eshitganlarini aytib berish, ko`rganini gapirib berish, suratlarga qarab mazmun bo`yicha hikoya tuzish va uni aytib berish, asosiy tayanch so‘zlar yordamida hikoya tuzishga o‘rgatiladi.
    • Shuningdek, nutqning ifodaliligi, nutq tovushlarini to‘g‘ri, aniq talaffuz etish, tilning grammatik shakllaridan nutqda to‘g‘ri foydalanish, badiiy asarni tinglash, tushunish, mazmunni eslab qolish va so‘zlab berish, asar qahramonlari nutqi xususiyatlarini ajrata bilish, obrazli bayon etish kabi amaliy intellektga ega bo‘lishni rivojlantiradi, maktabga nutqiy jihatdan tayyorlaydi.

    Nutq o‘stirish metodikasi pedagogik fan sifatida rivojlantiruvchi vazifani bajaradi. Ya'ni bolalar nutqini o‘stirish orqali ularning nutq a'zolarini anatomik-gimnastik mashq qildirish orqali nutqning ravon tushunarli bo‘lishini ta'minlaydi: bolalar tafakkuri, aqliy faoliyatini rivojlantiradi, ularda nutq odobi, ma'naviy barkamollikni shakllantiradi. Chunki yaxshi rivojlangan nutq tushunarli ta'sirchan bo`ladi, bola o‘z nutqini to‘zatib boradi.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa

    Nutq o’stirish nazariyasi va metodikasi

    Download 0,77 Mb.