Nutq o’stirish nazariyasi va metodikasi




Download 0,77 Mb.
bet1/7
Sana04.01.2024
Hajmi0,77 Mb.
#130167
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Nutq o’stirish nazariyasi va metodikasi (2)

Bolalar nutqini o’stirish fanining predmeti maqsad va vazifalari

REJA:

  • Bolalar nutqini o‘stirish fanining asosiy mazmuni.
  • Bolalar nutqini o‘stirish fanining maqsadi.
  • Bolalar nutqini o‘stirish fanining vazifalari.
  • Bolalar nutqini o‘stirish fanining predmeti.

Nutq o‘stirish metodikasi fanining obyekti - yaxlit maktabgacha ta’lim jarayon.
Nutq о‘stirish metodikasi fanining predmeti - maktabgacha ta’lim-tarbiya jarayoni, mazmuni, qonuniyatlari, shakl, metod va vositalari.
Nutq o‘stirish metodikasi fanining maqsadi - maktabgacha yoshdagi bolalarda og‘zaki nutqni rivojlantirish tamoyillari, unga qo‘yilgan talablar, usullari, shakllari, nutqni rivojlantirish muammolari, barkamol avlod tarbiyasida nutqni to‘g‘ri shakllantirish yo‘llari va ish samaradorligi. Zamonaviy pedagogik texnologiya. Ta’lim-tarbiya jarayonini ilmiy asosda
tashkil etish, va uning tamoyillari, qonuniyatlari. Maktabgacha yoshda bo‘lgan bolalarda og‘zaki nutqni rivojlantirish ishiga tayyorlashdan iboratdir.
Nutq o‘stirish metodikasi pedagogik fan sifatida bolalar nutqini o‘stirishning pedagogik qonuniyatlari, pedagogik faoliyatning shakllanishi va talablarini o`rganadi, nutq o‘stirishning eng samarali omillari, vositalarini, usul va usullarini hozirgi zamon pedagogikasining yutuqlari, ilmiy pedagogik talablari asosida ishlab chiqadi, ta'limga, fanga tavsiya etadi.
Nutq o‘stirish metodikasi ana shu pedagogik vazifadan kelib chiqqan holda pedagogikaning quyidagi asosiy savollariga javob beradi.
  • Nimani o‘rgatish kerak?
  • Qanday o‘rgatish kerak?
  • Nima uchun aynan shunday o‘rgatish kerak?

Nimani o‘rgatish kerak? Bunda maktabgacha ta'lim ishidagi bolalarda qanday nutqiy malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish lozimligini nazarda tutiladi. Bu vazifa O‘zbekiston Respublikasining ta'lim mazmunini zaruriy o‘zagi hisoblangan ta'lim standarti asosida amalga oshiriladi, bunda ta'limning barqaror darajasini ta'minlash sharti bajariladi. O‘quv yuklamalari meyyorga keltiriladi, tarbiyachi bolalarning o‘quv faoliyati darajasi, shaxs sifatlari rivojlanishi, uning nutqiy faoliyatini nazarda tutgan holda ta'lim jarayonini tashkil etadi.

Download 0,77 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7




Download 0,77 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Nutq o’stirish nazariyasi va metodikasi

Download 0,77 Mb.